21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 00:27
Siyosat 👁 358

Muştarak maqsadlar: yagona tarixdan umumiy kelajak sari

Muştarak maqsadlar: yagona tarixdan umumiy kelajak sari

Mustaqil Özbekiston uçun 2024-yilning avgust oyi ijtimoiy-siyosiy, madaniy-gumanitar hamda iqtisodiy sohalarda keskin evriliş­lar bilan boşlandi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Ostona şahrida bölib ötgan oltinçi Maslahat uçraşuvi doirasidagi kelişuvlar millatlararo totuvlik, döstlik va tinçlik ğoyalarini yanada mustahkamladi va yagona tarix, til-u din birligi, hamkorlikdagi yagona kelajak haqidagi xalqlarimiz orzu-niyatlarining röyobi uçun qöyilgan yana bir zalvorli qadam böldi.

Agar yaqin tariximizga nazar taşlaydigan bölsak, bundan yetti yillar avval mintaqadagi beşta qöşni davlat bilan çegaralarimiz mutlaqo yopiq edi. Bir-birlari bilan misoli et va tirnoq kabi çatişib ketgan özbek, qozoq, qirğiz, turkman va tojik xalqlari yillar davomida yaqinlari diydoriga zor yaşaganlariga, çegara hududlaridagi mojarolar, hatto minalaştirilgan maydonlar, logistika tizimidagi blokadalar, savdo-iqtisodiy sohalardagi ötib bölmas tösiqlardan aziyat çekkan xalqlarimiz azoblariga guvohmiz.

Nazarimda, 2016-yilda Özbekiston davlati rahbarligiga saylangan amaldagi Prezidentimiz Ş. Mirziyoyev Prezidentligining ilk kunlaridanoq öşa yili Parlamentga yöllagan Murojaatnomasida aynan ana şu tösiqlarni bartaraf etiş borasidagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Eng avvalo Markaziy Osiyo davlatlari bilan siyosiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar munosabatlarni örniga qöydi. Yaqin qöşnilar bilan "oçiq, döstona va pragmatik siyosat olib borişga sodiq"ligini amalda namoyon etdi.

Prezidentimiz 2017-yilning sentyabr oyida mustaqil Özbekiston taşqi siyosatining ustuvor yönalişi “tinç, osoyişta, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan Markaziy Osiyo ekanini, davlatimizning barça saʼy-harakatlari özaro muloqot, amaliy hamkorlik va yaxşi qöşniçilikni mustahkamlaşga qaratilişini” BMT Boş Assambleyasining 72-sessiyasi Oliy minbaridan turib baralla taʼkidladilar.

Uşbu saʼy-harakatlarning deboçasi sifatida öşa yilning noyabr oyida Prezidentimiz taşabbusi bilan Samarqand şahrida “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlaniş va taraqqiyot yölidagi hamkorlik” mavzusidagi Xalqaro konferentsiya bölib ötdi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarini bir stol atrofida jamlagan Oltinçi Maslahat uçraşuvi doirasidagi kelişuvlar esa mintaqa davlatlari örtasida köp qirrali hamkorlikni yanada kengaytiriş, davlatlararo siyosiy muloqotlarni rivojlantiriş, inves­titsiya, logistika, energetika, sanoat, qişloq xöjaligi va ekologiya sohalarida qöşma dastur va loyihalarni ilgari suriş, madaniy-gumanitar almaşinuvlarni yanada faollaştiriş, zamonaviy tahdid va xatarlarga birgalikda çora köriş masalalarini hal etişga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Kun tartibidagi dolzarb masalalar böyiça nutq sözlagan davlatimiz rahbari Markaziy Osiyoning integratsiyalaşuvidagi öta muhim omillar haqida batafsil töxtalib, mintaqada birdamlik va hamjihatlikni mustahkamlaş, köp qirrali hamkorlikni yanada kengaytiriş, mintaqaviy integratsiyani çuqurlaştiriş hamda uzoq muddatli şeriklik tartibini amaliy saʼy-harakatlar orqali boyitiş yuzasidan istiqbolli taşabbus va takliflarni ilgari surdi.

Xususan, geosiyosiy joylaşuvi jihatidan taşqi taʼsirlar tufayli global işonç va kes­kinlaşuvning barça salbiy oqibatlarini boşidan keçirayotgan Markaziy Osiyo uçun birinçi navbatda “Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlaş kontseptsiyasini işlab çiqiş” taklifini bildirdi. “Bunday iqtisodiy şeriklik Markaziy Osiyoni rivojlantirib, integratsiya va milliy iqtisodiyot bir-birini töldirişini” taʼkidladi.

Şuningdek, Prezidentimiz gumanitar sohadagi hamkorlikda madaniy-tarixiy meros umumiyligini hisobga olgan holda “Markaziy Osiyo tarixi va madaniyati: yagona ötmiş va umumiy kelajak” Xalqaro media platformasini işga tuşiriş taşabbusini ilgari surib, “bu media platforma xalqlarning Markaziy Osiyo kelajagi uçun birday daxldorligi, birdamligi bilan boğliq umumiy masʼuliyatni anglaşda drayver vazifasini ötaşini” işonç bilan qayd etarkan, “Markaziy Osiyo yoşlari – 2030” taşabbusining Maslahat uçraşuvi iştirokçilari tomonidan qizğin olqişlanganini alohida eʼtirof etdi. Uşbu taşabbusning ilgari surilişi mintaqada innovatsion ğoya va loyihalarni amalga oşirişga xizmat qilişini mamnuniyat bilan taʼkidladi.

Şu bilan birga, Prezidentimiz “Markaziy Osiyo taʼlim forumi”ni ötkaziş taklifini bildirdi va mazkur forum 2024-yil oktyabr oyida döstlik va tinçlik ramzi — Toşkent şahrida ötkaziladigan böldi.
Prezidentimizning Markaziy Osiyo xalqlari tinçligi, özaro bordi-keldilarni soddalaştiriş borasidagi qimmatli takliflaridan yana biri mintaqaviy şeriklikning yangi drayveri sifatida turizm sohasining belgilanişi uçraşuv iştirokçilari tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi.

Unga köra, turizm almaşinuvini kengaytiriş maqsadida ID kartalarini özaro tan oliş masalasini örganiş va “bitta tur — butun mintaqa” tamoyili asosida ommaviy turizm mahsulotlarini işlab çiqariş amalga oşiriladigan böldi.
Davlatimiz rahbari özining sermazmun, munozarali, ijobiy taşabbus va takliflarga boy nutqini yakunlar ekan, mintaqaviy hamkorlikni rivoj­lantirişning 2040-yilgaça möljallangan kontseptsiyasini qabul qilişni qöllab-quvvatladi va “Markaziy Osiyoda strategik şeriklik va hamkorlik töğrisida”gi köp tomonlama bitimni tayyorlaş zarurligini taklif etdi.

Bir söz bilan aytganda, Özbekiston rahbari özining qimmatli taklif va taşabbuslari bilan tarixiy adolat tamo­yillari asosidagi tarixiy birlik — Turon zaminni qayta gullab-yaşnatiş sari yalovbardor sifatida dadil qadamlar taşladi. Bu qadamlar Markaziy Osiyo davlatlari xalqlarining umriboqiy qadriyatlari manguligi, bu xalqlarning bobomeros qadriyatlariga, bir­­ga­likdagi orzu-niyatlariga heç qaçon tösiq va çegara qöyib böl­mas­ligining isbotidir.

Zero, Mustaqillik bayrami arafasida Özbekiston davlati olam uzra baland kötargan “Bir bölsak — yagona xalqmiz, birlaşsak — Vatanmiz!” şio­rining mazmun-mohiyati ham millatlararo totuvlik, döstlik va tinçlik ğoyalarini yanada uluğlaşga qaratilgan.

MARKAZIY OSIYo — VATANIM MANIM!

Kunday çaraqladi zamin, samolar,
Hurlik şavqin olib esdi sabolar.
Qaytib kelgan kabi jadid bobolar,
Turonni çulğadi sölim havolar.
Çunonam bezandi qarang, maʼvolar!

Yagona xalq bölib, bir Vatan bölib,
Mehr-u oqibatda jon-u tan bölib.
Til-u dil yagona – bir öron bölib,
Qaytdi özaniga hur Turon bölib –
Köngillarni quçdi boqiy navolar!

Markaziy Osiyo qoq markazida
Ötovlar tikildi döstlik bazmiga.
Tabarruk zaminni bosib köksiga,
Tinçlik qasrin qurib öğil-qiziga –
Kelajakka qadam qöydi daholar!

Toşkentdan boşlandi birlikka qadam,
Birga jarang soçdi madhiyalar ham.
Tinçlik neʼmatidan dillarda bayram,
Qozoq döstlar tuzgan gulgun davradan
Olamga taraldi ajib sadolar!
Pomirdan to Orol tomon yöllarda,
Orzular gul oçdi sohir dillarda.
Hatto jaziragan sahro – çöllarda,
Buyuk evriliş bor öng-u söllarda –
Totuvlik Vatanga berdi orolar!

Har bitta özbekning bor bir qozoği,
Hamda qirğizi bor, qoraqalpoği.
Juft quşlar kabi qöngan butoği,
Yo tojik çamani, yo turkman boği –
Bordi-keldilarda tengsiz maʼnolar!
Olisdan izlamam, özimdan qiyos –
Qirğiz döstlarim bor, Guljuzum, Ğiyos.
Turkmanim – Oybölak, Öğilnur, Parvoz,
Tojikda Sadbarga hamda Mirğiyos.
Örtada oqibat bölmas adolar!

Yengilmas birlik bu – hurlik mevasi,
Bitta yaylovdadir çorva, tevasi.
Qadlarin bukolmas ğanim hiylasi,
Tillardan tuşmagay mehr şevasi –
Har yondan yoğildi hamd-u sanolar!

Istiqlol şukuhin bayram qilgali,
Qirdan oşib keldi qirğizim. Balli!
Turkman aydimlari biram jilvali,
Qozoq, tojik döstlar jöşib kuyladi –
Samolarni quçdi boqiy navolar!

Markaziy Osiyo – Vatanim manim,
Beş buyuk qörğonim – çamanim manim.
Kuç-qudratda tengsiz. Tengsiz samanim,
Ildizlari teran buyuk Turonim –
Sen uçun Robiya bölgay fidolar!

Robiya Yöldoşeva, Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist.

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026