21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 08:27
Iqtisodiyot 👁 353

Amudaryo tumanida paxta yigʻim-terimi mavsumi boshlandi

Amudaryo tumanida paxta yigʻim-terimi mavsumi boshlandi

Amudaryo tumanida 2024-yil hosili uchun yetishtirilgan paxta xomashyosini yigʻib-terib olish mavsumining ramziy boshlanishi sifatida “Paxta karvoni” tadbiri oʻtkazildi.

Tumandagi Qipchoq paxta qabul qilish maskanida boʻlib oʻtgan tadbirda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, qishloq xoʻjaligi sohasi masʼullari, fermerlar ishtirok etdilar. Tadbirni tuman hokimi Sobir Xoʻjametov ochib berdi va barchani joriy yilgi paxta hosilini yigʻib-terib olish mavsumining boshlangani bilan tabriklab, fermer xoʻjaliklari masʼullari va terimchilarni hosilni nest-nobud qilmasdan yigʻib-terib olish, mavsumni uyushqoqlik bilan oʻtkazish hamda kontraktatsiya shartnomalarini ortigʻi bilan bajarishga chaqirdi.

Tadbirida qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari hamda ilgʻor fermer xoʻjaliklari rahbarlari soʻzga chiqib, paxtakorlarni mavsum davomida gʻoʻzani parvarishlash borasida mashaqqatli mehnat qilganining, agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarganining natijasi, yaʼni hosilni yigʻib olishdek masʼuliyatli mavsumga yetib kelganliklari bilan tabrikladi.

Soʻzga chiqqanlar dehqonlarning peshona teri evaziga yetishtirilgan hosilning qisqa muddatlarda sifatli terib olinishida barcha paxtakorlarga kuch-gʻayrat tiladi. Shuningdek, barchani hosilni nest-nobud qilmay yigʻib-terib olishga bor imkoniyatni safarbar qilishga chaqirdi. Tadbirga yigʻilganlar yuqori kayfiyatda boshlangan terim mavsumida Amudaryo tumani eng ilgʻorlar qatorida boʻlishini tilab duoga qoʻl ochdilar.

Tadbir mobaynida “Qipchoq” paxta qabul qilish maskanining darvozalari ochilib, ilk paxta xomashyosi qabul qilinishi boshlandi. Mavsumni faollik bilan boshlagan va paxta karvoniga karvonboshilik qilgan 3ta fermer xoʻjaliklari rahbarlariga tuman hokimi Sobir Xoʻjametov tomonidan qimmatbaho sovgʻalar topshirildi. Jumladan, Qipchoq ovuli hududidagi “Umida Tursunboyeva” fermer xoʻjaligi birinchi boʻlib paxta topshirgan xoʻjalik sifatida qayd etilib, 15 tonnadan ortiq paxta xomashyosini, “Fayz bargida” fermer xoʻjaligi 10 tonnaga yaqin paxta xomashyosini, Amir Temur ovuli hududidagi “Qurbaniyazov Latifboy” fermer xoʻjaligi 5 tonnadan ortiq paxta xomashyosini ilgʻorlar qatorida topshirdilar ham esdalik sovgʻalari bilan ragʻbatlantirildilar.

Shu kabi tadbir tumanning Ayoqchi mahallasidagi paxta qabul qilish maskanida ham oʻtkazildi. Qilichboy ovulidagi fermer xoʻjaliklari dalalarida ham bu yil moʻl hosil toʻplandi. Hududda joylashgan fermer xoʻjaliklarining barchasida paxta yigʻim-terimiga uyushqoqlik bilan kirishildi va hosilni toʻliq qabul maskanlariga topshirib, “oq oltin”dan yuqori daromad olish koʻzlanmoqda.

Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, tumandagi jami 13 ming 900ga ekin maydonlarida paxta chigiti ekilgan boʻlib, 352 ta fermer xoʻjaliklari tomonidan gʻoʻzani parvarishlash, agrotexnik tadbirlarini amalga oshirish ishlari oʻz vaqtida tashkil etilib, paxta yetishtirildi. Tumandagi fermer xoʻjaliklari klasterlar bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq joriy yilgi mavsum mobaynida jami 48 ming 500 tonna xom-ashyo yetishtirish majburiyatini olgan. 13-sentyabr holatiga fermer xoʻjaliklari tomonidan jami 842 tonna hosil yigʻib-terib olingan. Shundan 1-sektor hududidagi paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari 215 tonna, 2-sektor hududidagi paxtakorlar 275 tonna, 3-sektor hududidagi xoʻjaliklar 249 tonna va 4-sektor hududidagi fermer xoʻjaliklari jami 103 tonna paxta hosilini topshirgan.

“Paxta karvoni” tadbiri mobaynida yetishtirilgan paxta xomashyosini qisqa muddatlarda, sovuq kunlarga qoldirmasdan yigʻib-terib olish borasida oldinda turgan vazifalar xususida soʻz yuritildi. Otryad rahbarlari tomonidan terim jarayonlarini belgilangan tartibga muvofiq tashkil etish, dala boshida terimchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish zarurligi alohida qayd etilib, tegishli masʼullarga taklif va koʻrsatmalar berildi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026