BAXT OSTONASI
Qiz bola palaxmonning toşi, taqdir otgan joyga tuşadi, degan iboraning, garçi, 23 yoşga kirib, oliy maʼlumotli bölib, esxuşingni yiğib olgan bölsang-da, öz boşingga tuşmagunça mağzini anglab yetmagan ekansan-ov, qizgina. Mana bugun sening töying: kim dasturxonning kam-köstini tuzatiş bilan, kim mehmonlarni kutib oliş bilan, kimdir sening sandiğingga seplaringni joylaştiriş bilan ovora. Sen... sen... sen xiyol kalovlanib, xiyol öz ota-onang bağridan uzilib ketayotganingga öksigannamo ön-ön beş çoğli qizlar içida öyçan ötiribsan. Sening örningga soçlaringni turmaklab, uzatib olib ketişga hozirlik körayotgan yaqin dugonalaring mehmon qizlarga mulozamat qiladi:
- Qizlar, yeb-içib ötiringlar, qani, dasturxonga qaranglar.
- Çoylaringiz bormi? Issiq çoy olib kelayinmi?
Bularning heç birining senga daxli yöqday, göyo tuş körayotganday jimsan.
Şu payt mehmonlarga xizmat qilib yurgan kelinçaklar tipirçilab qolişdi:
- Hoy kim bor, qudalar kelişyapti. Çiqinglar, qudalar kelişyapti.
Ularning xabari bilan içkari uyda ötirgan ovulning uç-tört katta yoşli ayollari darrov taşqariga yönalişdi. Dasturxon kötarib kelayotgan ikki ayolga peşvoz çiqişdi.
- Kelinglar, xuş kelibsizlar.
Ayollardan biri yarimlatib un, un ustiga qand-qurs solingan kosadan un olib quda tarafdan kelgan ayollarning manglayiga surdi. Taomil şunaqa – quda andaçiligimizda murosa bölsin, kelin-kuyovning baxti oçilsin, turmuşi unday oq, qandday şirin bölsin, degan niyatda qilinadi bu odat.
Quda tarafning vakil ayollari, erkaklari alohida-alohida xonalarda mehmon qilindi. Navbat qiz uzatib ketarga keldi.
Ovulning barça öğil-qizlari joniday yaxşi köradigan, oddiy sözniyam maqol-matal qöşib qiziqarli qilib gapiradigan quvnoq va mehribon kayvoni momo qizlar xonasiga kirdi.
- Qani, qizjonlarim, tayyormisizlar? Borar joyga ertaroq borgan maʼqul. U yoqdagilar ham kelinimiz qaçon kelarkan, deb mahtal bölib ötirişgandir, endi yölga tuşaqolaylik,- dedi.
Qizlar itoatkorona örinlaridan turişdi. Onang, onaginang ne-ne orzu-umidlar bilan tikkan, quroqlar bilan bezatilgan, bir burçiga kişi sezmas közmunçoq qadalgan çimildiqni olib kelib boşingga yopişdi.
Çimildiq ostiga kirib yelkalaringni silaganiça momo yor-yor boşladi:
Avval boşdan xudoni
Yod etayin yor-yor.
Payğambarlar ruhini
Şod etayin yor-yor.
Payğambarning bir qizin
Ali olgan yor-yor,
Qiz olib, qiz berişmak
Şundan qolgan yor-yor.
Bu ne sinoat? Momo yor-yor boşlaşi bilan karaxtliging yöqolib, göyo uyqudan uyğongan odamday sergak tortding. Nahot ajdodlar yölini davom ettiriş uçun özga xonadonga yölga çiqayapsan? Yetti yot begona xonadonga-ya? Qanday bölarkan? Özi yemay yedirib, asrab-avaylab bir niholday ardoqlab voyaga yetkazgan otang-onangning örnini u yerda kim bosa oladi?
Momoning yelkalaringni, soçlaringni silab aytayotgan aytimlari ham xuddi sening köngling keçinmalaridek:
Öz otangning eşigi
Oltin eşik yor-yor,
Kirsang, çiqsang boşingni
Siypar eşik yor-yor.
Qaynotangning eşigi
Sinovlidir yor-yor.
Söylaganda sözlaring
Sanovlidir yor-yor.
Endi momoning hazin ovozini eşitsang ham, nimalar deyotganini yana idrok etolmay qolding. Kipriklaringdan tomgan marjonday tomçilar qiz bolaning bunday yozuğiga isyonmidi, qiz bölib tuğilganingga, onang bağridan uzilib ketayotganingga alammidi? Buni özing ham anglolmasding. Şu ovul adoğida yakka-yu yolğiz öğlini öqitib, ilmli qilib, endi boşini ikkita qilib, qöşa farzandlar mehri oğuşida ularning yaxşi kunlarini körib yaşaş umidida murod etib, elga dasturxon yozib töy berayotgan, seni intiq kutayotgan, şodligidan özlarini qöyarga joy topolmayotgan ota-ona holini ham bilmasding, yölingga ilhaq bölib köz tikib turişganini öylamasding. Senga qolsa, momoning yor-yori tugamasa-da, sen örningdan jilmasang...
Töyning sasi tört tomonga
Taraladi yor-yor.
Qizni olib çiqonlari
Otlanadi yor-yor.
Qizni olib çiqonlari
Şoşmay tursin yor-yor.
Oq sut bergan onasi
Patya bersin (duo qilsin) yor-yor.
Momoning yoniga soyaday sassiz yurib, onang, onaizoring keldi. Tili kalimaga kelmay, jovdirab momoga qaradi. Momo qöllarini duoga oçdi:
- Qani ahli jamoat, iloyo omin deng!
Yiğilganlar baravar qöllarini oçib "omin” dedi. Momo davom etdi:
- Şu qizimizning borgan joyida baxti bölsin, tangri qöşgani bilan qöşa qarisin, serfarzand, serdavlat bölsin, el-yurtda obrö-eʼtiborli, ahil oila bölsin, qaynyurtiga xizmatlari buyursin!
- Omin! – barça jör böldi momoga.
Dugonalaring qöltiğingdan tutib, yasatiğlik maşina tomon yurdi. Endi öz uyingning ostonasidan hatlaganingda, butunlay yot bölib ketayotganingni yurak-yurakdan his qilding. Keçinmalaring böğzingdan yiği bölib otilib çiqdi. Yiğilganlarning ham közlarida yoş qalqib turardi.
- Qöy, yiğlama, yangi oilangga yaxşi niyat bilan otlan, bolam. Ana, qara, çiroyli bezatilgan mögadak maşina seni kutib turibdi. Bizning davrimizda kelinlar eşak aravada olib borilardi. Toleingdan örgilay, qizim.
Yor-yorçi momoning gapiga hamma közida yoşi bilan kulib yubordi.
Ming talaşib tortişsa ham jonini uzib berguday böladigan akang seni avaylabgina maşinaga ötqazdi. Bir söz demasa-da, senga maşina eşigini oçayotirib qattiq bağriga bosdi. Bu bilan ehtimol, baxtli böl, borgan joyingda tinib-tinçib ket, yaxşi beka böl, yuzimni yerga qaratma, demoqçi bölgandir balki?
Bir-birini sözsiz tuşunişga örgangan tuğişganlarga ehtimol, söz ortiqçadek tuyulgandir? Axir or-nomusli yigitlar singillar tarbiyasiga, yaxşi turmuş keçirişiga javobgar bölişini, elimiz oilalaridagi qadriyat darajasiga kötarilgan bu urfni akajoning juda-juda qadrlaşini bilasan-ku!
Buni kelgusida bir lahzada unutmasligingni, borgan joyingda baxtli bölişingni men ham juda-juda xohlardim.
Oygul RAJABOVA.
(Foto: infocom.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶