Taʼlim sohasi ilğorlari “VETERAN” faxriy baynalmilal jangçilar Uyuşmasi tomonidan mukofotlandi
Ösib kelayotgan yoş avlodni vatanparvarlik, mustaqillik ğoyalari asosida tarbiyalaş, ular ongida milliy-maʼnaviy immunitetni şakllantirişda nafaqat öqituvçi va murabbiylar, balki barça sohalarda faoliyat olib borayotgan, ustoz-şogird anʼanalari asosida yoşlarning öz sohalari böyiça yetuk mutaxassislar bölib kamolga yetişişlarida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan barça kasb egalarining xizmatlari katta. Ayniqsa, zaxiradagi harbiy zobitlar, taʼlim-tarbiya sohasi rahbarlari, sobiq baynalmilal jangçilar, kutubxonaçilarning yoş avlod taʼlim-tarbiyasiga qöşayotgan hissalari alohida eʼtibor va eʼtirofga munosib.
Öqituvçi va murabbiylar kuni – umumxalq bayrami munosabati bilan Amudaryo tumanining turli sohalarida işlayotgan, öz mehnat faoliyatlari davomida yoşlarni har tomonlama yetuk va barkamol insonlar qilib tarbiyalaşdek masʼuliyatli vazifani ado etişga munosib hissalarini qöşayotgan fidoyi insonlardan bir guruhi Özbekiston Respublikasi “VETERAN” faxriy baynalmilal jangçilar Uyuşmasi tomonidan taqdirlandilar. Mazkur Uyuşma tomonidan taqdirlanganlar orasida Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Yalğaşboy Şomurodov hamda uşbu bölim tasarrufidagi 12-sonli maktab kutubxonaçisi Muborak Mahmudovalar ham bor.
Yaqinda Özbekiston Respublikasi “VETERAN” faxriy baynalmilal jangçilar Uyuşmasining Qoraqalpoğiston Respublikasi Amudaryo tuman bölimi rahbari Bahodir Jumaniyozov hamda uyuşma aʼzosi Hamro Safarboyevlar mukofotlarni öz egalariga topşirdilar.
Taqdirlaş marosimida bir guruh sobiq faxriy baynalmilalçi jangçilar ham iştirok etişib, Yalğaşboy Şomurodovning yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş borasida amalga oşirayotgan katta xizmatlarini mamnuniyat bilan eʼtirof etişdi va unga “VETERAN” faxriy baynalmilal jangçilar Uyuşmasi oldidagi şarafli xizmatlari uçun “VETERAN” medalini topşirişdi.
Şuningdek, 12-sonli umumtaʼlim maktabining kutubxonaçisi Muborak Mahmudovaga ham Uyuşma tomonidan “Yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş uçun” medali topşirildi.
Darvoqe, inson qaysi sohada işlaşidan qatʼiy nazar, ösib kelayotgan yoş avlod taʼlim-tarbiyasiga masʼuliyat bilan yondaşib, özlari tanlagan yönalişlar böyiça zarur könikmalarga ega bölişlari uçun öz bilim va tajribalarini örgatsa, ularning el-yurt fidoyilari safidan joy olişlariga yaqin kömakdoş bölsa u haqiqiy ustozdir.
Şu bois, Öqituvçi va murabbiylar kuni – umumxalq bayrami munosabati bilan öz sohalarining bilimdonlari va yoşlarni vatanparvarlik, istiqlol ğoyalariga sadoqat ruhida, öz kasbining fidoyilari qilib tarbiyalaşga qöşgan hissalari uçun barça sohalarning fidoyilariga şogirdlari va davlatimiz tomonidan alohida hurmat va ehtirom körsatiladi.
Yalğaşboy Şomurodov va Muborak Mahmudovalar ana şunday hurmat, eʼtibor va ehtiromga munosib körilgani mamlakatimizda ustozlik eʼtibor va eʼzozga, yuksak ehtiromga munosib körilganining yaqqol isbotidir.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶