TUMAN YaNGILIKLARI
Ğözani birinçi oziqlantiriş boşlandi
Tumanimizda 260 ta fermer xöjaliklari tomonidan 15 ming 950 gektar yerga öz muddatida baraka uruği qadalib, ayni kunlarda çigit unib çiqqan maydonlarda ğözani birinçi oziqlantiriş, ğöza qator oralarini kultivatsiya qiliş işlari boşlab yuborildi.
"Yaşil çiroq” tanlovi
18-aprel kuni 16-sonli maktabda "Yaşil çiroq” tanlovining tuman bosqiçi bölib ötdi. Öquvçilarga yöl harakati qoidalarini çuqurroq örgatiş, yöl-transport hodisalarining oldini oliş, öquvçilarning şu hodisalar sababçilariga aylanib qolmasliklari uçun ularning yöl harakati qoidalari darslaridan olgan bilim, könikma va malakalarini sinovdan ötkazişmaqsadida ötkazilgan tanlov yakunida 20-sonli maktab jamoasi 1-örinni, 28- va 42-maktablar jamoalari 2-örinni hamda 11-maktab öquvçilari 3-örinni egallaşdi.
Xayriya kontserti
21-aprel kuni 3-sonli Bolalar va ösmirlar sport maktabi maydonçasida Özbekiston Respublikasi Içki işlar Vazirligining aşula va raqs dastasi qatnaşçilari iştirokida xayriya kontserti ötkazildi.
Dasturga muvofiq ijro etilgan har bir kuy, qöşiq, raqs tomoşabinlarga manzur böldi. Ayniqsa, söz ustasi Valijon Şamsiyevning içakuzdi hangomalarini tinglab, tomoşabinlar miriqib dam oldilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶