21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 11:34
Jamiyat 👁 418

AHOLI TURAR JOYLARI KUZ-QISh MAVSUMIGA TAYYoRMI? TUMAN FVB XODIMLARI HUDUDLARDAGI XONADONLAR HOLATINI OʻRGANMOQDA

AHOLI TURAR JOYLARI KUZ-QISh MAVSUMIGA TAYYoRMI? TUMAN FVB XODIMLARI HUDUDLARDAGI XONADONLAR HOLATINI OʻRGANMOQDA

Xalqimiz “falokat oyoq ostida”, “ yuz bergan mushkulotga egasi sababchi” qabilidagi iboralarni bekorga yaratmagan. Chunki koʻpchilik holatlarda yongʻinlar xonadon egalarining ehtiyotsizliklari, yosh bolalarning qarovsiz qoldirilishi, isitish tarmoqlari va elektr energiyasi asboblaridan notoʻgʻri foydalanish oqibatida sodir boʻlgani kuzatiladi. Shuningdek, yoʻl-transport hodisalari ham avto- va mototransport vositalaridan mavjud qoidalarga amal qilmasdan foydalanish tufayli yuz berayotgani hech kimga sir emas. Inson osoyishta yashash qoidalariga amal qilmas ekan, bu kabi falokatlarga barham berish qiyin boʻlib boraveradi.

Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari tumandagi tegishli soha vakillari bilan birgalikda koʻp qavatli uylar, ijtimoiy soha obʼektlari hamda xonadonlarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, mavsumni talofatsiz oʻtkazish orqali aholining osoyishtaligini taʼminlash maqsadida hududlarda oʻrganishlar olib borishmoqda. Ushbu dolzarb masalaga kim qanday yondashayotgani, xonadon egalari tomonidan isitish tizimlaridan foydalanish borasidagi ishlar qay darajada tashkil etilgani, umuman olganda, aholi turar joylarining mavsumga tayyorgarlik holatlari koʻzdan kechirilib, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar joyida bartaraf etilmoqda.

Ayni kunlarda nafaqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, xususan, Amudaryo tumanida ham bu boradagi ishlarga jiddiy kirishildi. Tuman hududidagi barcha korxonalar, ishlab chiqarish tashkilotlari qatorida aholi yashash xonadonlari va koʻp qavatli uylar ham Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari va masʼul tashkilotlar mutaxassislari tomonidan belgilangan rejaga muvofiq qatʼiy nazorat asosida birma-bir oʻrganilmoqda. Buning sababi ayrim holatlarda isitish qozonxonalariga notoʻgʻri ulanishdan tashqari, qozonxonalarga elektr anjomlari oʻrnatish holatlarining ham kuzatilayotganidir. Shuningdek, oʻtgan qishki mavsumda fuqarolarimiz oʻrtasida is gazidan zaxarlanish bilan bogʻliq holatlarning oldini olish yuzasidan targʻibot ishlari kuchaytirilganiga qaramay, Respublikamiz hududida aholi xonadonlari va koʻp qavatli uylarning xonadonlarida dudburonlar tozalanmagani va isitish qozonlariga tabiiy gazni taʼqiqlangan rezina shlanglarda ulab olingani natijasida bunday noxush holatlar bir necha marta qayd qilingan edi.

Joriy mavsumda bu kabi koʻngilsiz holatlar qayta sodir boʻlmasligi uchun Amudaryo tumani favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari aholi gavjum maskanlarda targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish orqali is gazidan saqlanish, dudburonlarni tez-tez tozalab turish, isitish qozonxonalarini tabiiy gaz tarmogʻiga ulashda rezina shlanglardan foydalanmaslik boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini olib borishmoqda. Shuningdek, har bir xonadonga eslatma materiallari ham tarqatilmoqda.

Kunning keskin sovib ketishidan oldin dudburonlarni yana bir bor tozalash boʻyicha olib borilayotgan profilaktik tadbirlar bilan birgalikda ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlar egalarining ham kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati oʻrganilib, bunday oilalarga amaliy yordamlar koʻrsatilmoqda.

Yuqorida aytganimizday, hayotimizning osoyishta, xotirjamlikda oʻtishi, koʻp jihatdan oʻzimizga, ishning koʻzini bilib qilgan saʼy-harakatimizga bogʻliq. Modomiki, shunday ekan, xonadonlarimizdagi elektr anjomlaridan foydalanishda, isitish qozonxonalarini tabiiy gaz tarmogʻiga ulashda mavjud qoidalarga amal qilish nafaqat oʻzimiz, balki butun oila aʼzolarimiz tinchligi va salomatligi, osoyishta turmushimiz garovi ekanligini unutmaylik.

Robiya Yoʻldosheva

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026