22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 04:57
Jamiyat 👁 395

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi koʻchat ekish tadbirlarida deputatlar, mahalla faollari, keng jamoatchilik vakillari uyushqoqlik bilan ishtirok etishmoqda

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi koʻchat ekish tadbirlarida deputatlar, mahalla faollari, keng jamoatchilik vakillari uyushqoqlik bilan ishtirok etishmoqda

Bugungi kunda dunyo miqyosida ekologik falokatlar tobora keng quloch yozib, baʼzi hududlarda insoniyat, oʻsimlik va hayvonot dunyosi uchun xatarli koʻrinishga yaqinlashmoqda. Havoning ifloslanishi, ozon qatlamining yemirilishi, global isish, choʻllanish, dengiz va daryolarning ifloslanishi kabi muammolar shular jumlasidandir. Bu falokatlarning asosiy sababchisi ham insondir. Daraxtlarning ommaviy kesilishi, zavod va fabrikalardan, avtomobillardan chiqadigan zararli gazlar miqdorining muttasil ortib borishi va boshqa salbiy holatlar aynan insoniyatning tabiat va atrof-muhitga nisbatan befarqligi natijasida kelib chiqmoqda.

Ekologik muammolarni hal qilish va uning salbiy oqibatlarini yumshatish, oldini olish uchun esa tabiat bilan hamohang yashash nihoyatda muhimdir. Shu nuqtai nazardan yashil maydonlarni koʻpaytirish va daraxtlar ekish tabiatni asrashda juda katta ahamiyatga ega. Sababi, daraxtlar havoni zararli gazlardan tozalaydi, iqlimni yumshatadi, tuproq eroziyasining oldini oladi va insonlarga sogʻlom muhit yaratadi.

Oʻzbekistonda ekologik muammolarni hal qilish va atrof-muhit musaffoligini asrash maqsadida 2021-yildan boshlab “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirila boshlandi. Bu loyiha doirasida har yili millionlab tup daraxt va butalar koʻchatlari ekilmoqda. Hududlarni koʻkalamzorlashtirish, yangi bogʻlar va yashil maydonlar yaratish orqali ekologik barqarorlikni taʼminlashga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Joriy yilda ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekish va koʻkalamzorlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan davom ettirilmoqda. Loyiha doirasida Amudaryo tumanining Choykoʻl ovuli hududida – fuqarolar yigʻini binosi yonida ham mahalla tizimi faollari, fuqarolar yigʻinlari raislari va masʼullari hamda “Mahalla yettiliklari” ishtirokida koʻchat ekish tadbiri boʻlib oʻtdi. Yaxshi niyatlar bilan fuqarolar yigʻini binosi qoshidagi bogʻga daraxt koʻchatlarini ekkan faollar kelgusida bu hudud yashil maskanga aylanishini, mevali daraxtlar hosili va manzarali butalarning soyasidan koʻplab insonlar bahramand boʻlishini tilab, duoga qoʻl ochdilar.

“Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida tumanning Farovon mahallasi hududida joylashgan ochiq maydonga ham xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari hamda siyosiy partiyalar faollari tomonidan koʻchatlar oʻtqazildi.

Darhaqiqat, kuz fasli daraxt koʻchatlarini ekish uchun eng maqbul vaqtlardan biri hisoblanadi. Bu davrda havo namligi yuqori, yer qovushoq boʻladi va yomgʻirlar koʻchatlarning ildiz otishiga yordam beradi. Koʻchatlarni kuzda ekish uchun oktyabr va noyabr oylari eng qulay davr hisoblanadi. Bu vaqtda tuproq nam va unda issiqlik moʻʼtadil boʻladi.

Tumanning boshqa hududlarida ham iqlim va tuproq sharoitiga mos keladigan daraxt turlarini ekishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Mangʻit shahridagi Gulzor mahallasi ahli ham koʻchat ekish va yashil maskanlarni barpo qilish ishlariga uyushqoqlik bilan kirishganlar. Mahalla faollari, koʻchaboshchi ayollar va nuroniy otaxonlar hamda onaxonlar hasharga chiqib, ezgu niyatlar bilan mahalla fuqarolar yigʻini binosi yaqinida barpo qilinayotgan yangi bogʻga mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini ekdilar.

Oʻzbek xalqining boy madaniy merosi va urf-odatlari oʻzida tabiatga boʻlgan alohida hurmat va eʼtiborni aks ettiradi. Bu qadriyatlar orasida daraxt ekish anʼanasi ham bor boʻlib, u tabiatni asrash va kelajak avlodga munosib muhit qoldirish gʻoyasiga asoslangan. Koʻchat ekish faqatgina ekologik ahamiyatga ega ish emas, balki bu xalqimiz maʼnaviyati va maʼrifatining ham ajralmas qismidir. Tarixdan maʼlumki, ajdodlarimiz bogʻ va mevali daraxtzorlar yaratish orqali nafaqat tabiatga hurmat koʻrsatgan, balki uni milliy qadriyat darajasiga koʻtargan. Har bir ota-ona farzandi tugʻilishi bilan unga atab kamida 40 tup daraxt ekkan. Ekilgan daraxtlar bir necha avlodlarga oʻz mevasi va soyasi bilan manfaat keltirgan. Muqaddas islom dinimizda ham daraxt ekish xayru-saxovatning muhim koʻrinishi sifatida baholanadi. Hadislarda: “Kimki daraxt ekadigan boʻlsa, uning mevalaridan nafaqat odamlar, balki qushlar va jonivorlar foydalansa, bundan daraxt ekkan odamga savob yoziladi”, degan mazmunda rivoyatlar bor. 

Koʻchat ekish nafaqat milliy qadriyatimiz, balki har bir insonning jamiyat va tabiat oldidagi burchidir. Keling, ajdodlarimiz anʼanasini davom ettiraylik va kelajak uchun yashil makon yaratishda faol ishtirok etaylik! Har birimiz oʻz hududimizda daraxt ekib “Yashil makon” umummilliy aktsiyasi doirasida faol ishtirok etaylik, kelajak avlod uchun sogʻlom muhit yaraylik!

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026