21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 22:39
Jamiyat 👁 2,277

DORILOMON KUNLAR ShUKRONASI

DORILOMON KUNLAR ShUKRONASI

Keksalarimiz duoga qoʻl ochganlarida eng avvalo elda tinchlik-xotirjamlik boʻlgay, deya tilak aytishlari bejiz emas. Boisi ular notinch, qahatchilik zamonlarni, urushlarni koʻrgan, har bir tongni Allohdan frontdagi yaqinlarining omonligini soʻrab qarshi olishgan, shahid boʻldi, bedarak ketdi, degan xabarlardan yuraklari bezillab qolgan. Ha, ular tinchlikning qadrini bizdan koʻra chuqurroq anglashadi, qadrlashadi.

Mangʻit shahrining "Doʻstlik” mahallasida istiqomat qiluvchi Rajab ota Kazakov el osoyishtaligi uchun Ikkinchi jahon urushida jonini ayamay jang qilgan jasur oʻgʻlonlardan biri.

U ayni kuch-quvvatga toʻlgan navqiron 22 yoshida, hozirgi "Oʻrta qalʼa” ovuli hududidagi xoʻjalikda tabelchi, hisobchi yordamchisi boʻlib ishlab yurganida urush boshlanganligi toʻgʻrisida mudhish xabar tarqaldi. Hammaning koʻngliga gʻulgʻula solgan xabardan hafta oʻtmayoq zabardast, intiluvchan va jasur yigitlar birin-ketin harbiy xizmatga chaqirila boshladi. U 1942-yilning 18-iyun kuni armiyaga yoʻl oldi. Qisqa muddatli tayyorgarlik mashqlarining oʻzidayoq urush dahshatlarini yurak-yurakdan his etdi. Janggohlar esa... beayov, beomon edi. Voronejni, Ukrainani dushmanlardan ozod qilishda qatnashgan Rajab Kazakov 1944-yilda yarador boʻlib, safga yaroqsiz boʻlib qolgani uchun Mangʻitga qaytdi. Qaytib kelgach, ancha muolajalardan soʻng yana avvalgi ishini davom ettirdi. Biri biridan mehribon va oqil 7 nafar oʻgʻil, ikki nafar qizning otasi boʻldi.

- Nevara, chevaralarim sanogʻidan adashib ketaman, baʼzan. Buyam Yaratganning bir inoyati. Shularni berganiga shukr, tinch-osoyishta kunlarimizga shukr.

Otaxonning tilidan shukronasi tushmaydi. Atrofida zurriyotlari parvona boʻlib, el-yurtning shunchalik hurmat-ehtirom koʻrsatayotganidan, eʼzozlayotganidan, Amudaryo xizmat koʻrsatish va servis kasb-hunar kolleji oʻqituvchilar va oʻquvchilar jamoalarining doimiy xabar olib turganidan jismiga quvvat kirganday boʻladi, 96 yoshga kirsa-da choʻzilib yotgisi kelmaydi.

Elchilikda, toʻy maʼraka koʻp. Qolaversa, otaxon jismonan va ruhan charchogʻini yozadigan tomorqasi, hovlisi atrofini oʻrab turgan mevali, manzarali daraxtlari bor. Ularga qarash, ishlov berish – eng sevimli mashgʻuloti. Biz otaxon bilan – iloyo shu gʻayratingizga koʻz tegmasin, yana uzoq umr koʻring, - deya tilak tilab xayrlashdik.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026