21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 07:30
Iqtisodiyot 👁 564

BOʻSh ISh OʻRINLARI YaRMARKASIDA 26 NAFAR FUQARO DOIMIY IShGA JOYLAShTIRILDI

BOʻSh ISh OʻRINLARI YaRMARKASIDA 26 NAFAR FUQARO DOIMIY IShGA JOYLAShTIRILDI

Ijtimoiy faol inson jamiyat hayotidagi oʻzgarishlar va yangilanishlarga oʻzini daxldor deb biladi, qilayotgan har bir ishidan maʼno-mazmunlar topib yashashga intiladi. Jahon Sogʻlikni saqlash tashkiloti ekspertlarining xulosalariga koʻra, doimiy mehnat, oʻqish-izlanish bilan band boʻlgan kishilarda qarish jarayoni sekinlashib, yashash, mehnat qilish ishtiyoqi baland boʻlarkan. Demak, inson oʻz hayotining maʼlum qismini mehnat maydonida, yaratuvchanlik kayfiyatida oʻtkazishi uning nafaqat moddiy manfaatdorligi, balki uzoq va sermazmun hayot kechirishining birdan-bir muhim omili hisoblanadi. Dunyodagi barcha mamlakatlarda, shu jumladan, Oʻzbekistonda ham xalqimizning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning doimiy va barqaror ish oʻrinlariga ega boʻlishlarini taʼminlashga hamisha eng ustuvor masala sifatida qaraladi.

Aholining bandligini taʼminlash, yangi-yangi ish oʻrinlarini yaratish, har bir ishga yaroqli insonning intilish va qiziqishlarini inobatga olgan holda, oʻzini-oʻzi band qilish tamoyili asosida maʼlum bir faoliyat turi bilan shugʻullanishlari uchun sharoit va imkoniyatlar yaratish hududlardagi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari xodimlari zimmasidagi masʼuliyatli vazifalar sirasiga kiradi. Bu borada Amudaryo tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ham eʼtiborga munosib.

Boʻlim xodimlarining tumandagi mavjud korxona va tashkilotlar masʼullari bilan hamkorlikdagi saʼy-harakatlari tufayli tez-tez tashkil etilayotgan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalari orqali koʻplab fuqarolar doimiy va mavsumiy ishlarga joylashtirilib, qiziqish va iqtidorlariga munosib ravishda kasb-korga oʻqishlari uchun sharoit yaratilib, bandligi taʼminlanmoqda.

Joriy yilning 2-dekabr kuni Amudaryo tuman Madaniyat boʻlimi binosida boʻlib oʻtgan mehnat yarmarkasida ham koʻplab fuqarolar ish bilan taʼminlandilar.

Yarmarkada Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi oʻrinbosari Niyatbay Nurjanov, Amudaryo tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Faxriddin Yusupov, Amudaryo tuman prokurori yordamchisi Sanjar Abdullayev, Amudaryo tumani Adliya boʻlimi boshligʻi Mansur Sodiqov, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman hokimi yordamchilari hamda boshqada hamkor tashkilotlar, tijorat banklari vakillari, shuningdek, 74 nafar ishsiz fuqarolar, aliment toʻlovchilar, nogironligi boʻlgan shaxslar, turli OTMlar, kollej va texnikumlarning bitiruvchi yoshlari qatnashdilar.

Hamjihatlik va hamkorlik, shaffoflik tamoyillari asosida oʻtkazilgan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasida tumandagi 58 ta korxona va tashkilotlar vakillari 195 ta boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etishdi.

Yarmarkani Amudaryo tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi Rashid Salayev ochdi va olib bordi. Yarmarka ishtirokchilariga boʻlim xodimlari tomonidan boʻsh ish oʻrinlari va ularga aholini ishga joylashtirish, ishsiz aholini kasb-hunarga oʻqitish, xohlovchilarni xorijiy davlatlarga ishga joylashtirish, aholining mehnat huquqlari va mehnat muhofazasini taʼminlash masalalari boʻyicha huquqiy maslahat va maʼlumotlar olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilib, videoroliklar, bannerlar, broshyuralar, reklama varaqalari taqdim qilindi.

Yarmarka davomida 26 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi. Shundan 12 nafari xotin-qizlar, 8 nafari yoshlar boʻlib, 6 nafar oliy taʼlim muassasasi bitiruvchisining doimiy ish bilan bandligi taʼminlandi. Shuningdek, 12 nafar fuqaro kasb-hunarga oʻqitishga jalb qilindi.

Yarmarka davomida boʻlim xodimlari tomonidan boʻsh ish oʻrinlari, ularga aholini ishga joylashtirish boʻyicha 21 nafar, ishsiz aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha 28 nafar, xorijiy davlatlarda ishga joylashtirish boʻyicha 22 nafar, aholining mehnat huquqlari va mehnat muhofazasini taʼminlash boʻyicha 16 nafar fuqarolarga huquqiy maslahatlar, kerakli maʼlumot va tavsiyalar berildi. Chet davlatlarda ishlash istagini bildirgan fuqarolarga ZOOM platformasi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri ish beruvchilar bilan suhbatlarda qatnashish imkoniyatlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etildi.

Aholining ijtimoiy faolligini oshirish, oʻzlari uchun maʼqul boʻlgan kasb-korlarni egallab, oʻzi va oilasining doimiy daromadga ega boʻlishlarini taʼminlash borasidagi intilishlarini qoʻllab-quvvatlash, pirovardida ularning hayotdan rozi yashashlariga koʻmaklashish borasidagi bu kabi xayrli ishlar Amudaryo tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tomonidan yangi, 2025-yilda ham tizimli ravishda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Robiya Yoʻldosheva

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026