21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 00:17
Salomatlik 👁 661

“Xayr, betoblik – salom, şifo!..”: Yakunlangan yilning tibbiyotdagi sarhisobi

“Xayr, betoblik – salom, şifo!..”: Yakunlangan yilning tibbiyotdagi sarhisobi

Dunyoga kelayotganimizda ham, ketayotganimizda ham tibbiyotga işimiz tuşadi. Embriologiya, travmatologiya, jarrohlik, ginekologiya... Xullas, bu “...logiya”larning, yaʼni tibbiyot sohalarining har birining öz örni va ahamiyati bor. Hayotimiz mobaynida tibbiy mutaxassislarning kamida beş-oltitasiga işimiz tuşişi tabiiy. Yil davomida goh u yerimiz, goh bu yerimiz oğrib şifokorga murojaat qilamiz, biroq kuzatuvçan bemor sifatida tibbiyot birlaşmasi zinasidan kötarilayotib, atrofingizda nima özgarişlar bölayotganini, siz körinayotgan qaysidir tibbiy uskuna yangidan olib kelinganini, umuman, bu sohada qanday özgarişlar va yangilanişlar röy berayotganini heç kuzatganmisiz? Keling, diqqatingizni aynan uşbu sohaga oid raqamlar va faktlarga qaratamiz.

Maʼlumot uçun, Amudaryo tuman tibbiyot birlaşmasi tarkibida 415-örinli Tuman markaziy şifoxonasi, uning içida 36-örinli xöjalik hisobidagi reabilitatsiya bölimi, joylarda 14ta, umumiy quvvati 1455 nafar aholiga xizmat körsatiş möljallangan ambulatoriya-poliklinika muassasalari, 1 ta Köp tarmoqli markaziy poliklinika, 9 ta Oilaviy poliklinikalar va 4 ta Oilaviy şifokorlik punkti hamda 11 ta mahalla tibbiyot punktlari faoliyat körsatadi.

Oilaviy poliklinikalar va oilaviy şifokorlik punktlariga biriktirilgan 38 ming 680 ta xonadonda yaşovçi 209 ming 212 nafar aholiga 93 nafar umumiy amaliyot şifokorlari va 359 nafar örta tibbiyot xodimlari, 212 nafar patronaj hamşiralari, 93 nafar amaliyotçi hamşiralar, 54 nafar tibbiy brigada doyasi tibbiy xizmat körsatadi. Köp tarmoqli markaziy poliklinika esa unga biriktirilgan 12 ming 669ta xonadonda yaşovçi 71 ming 366 nafar şahar aholisiga tibbiy xizmat körsatadi. Bu yerda jami 102 nafar şifokorlar, 34 nafar umumiy amaliyot şifokorlari va 183 nafar örta tibbiyot xodimlari, 68 nafar patronaj hamşiralari faoliyat yuritadi.

Ayollar salomatligi va tuğiliş körsatkiçi.

Tibbiy muassasalar tomonidan ona va bola salomatligini muhofaza qiliş, ayol-qizlarga sifatli tibbiy xizmat körsatiş masalasiga alohida eʼtibor qaratiladi. Çunki bu avlodlar davomiyligini taʼminlovçi birlamçi omildir. 2024-yilning ötgan 10 oyi davomida tuğiş yoşidagi 53 ming 241nafar ayol-qizlar tibbiy körikdan ötkazildi. Şulardan homiladorlikka nisbiy moneligi bor ayollar 26 ming 877 nafarni, mutlaq moneligi bor ayollar esa 648 nafarni taşkil qiladi. Tibbiy köriklar natijasida ularning 3 ming 910 nafarida turli ekstragenital kasalliklar aniqlangan. Şifokorlarning saʼy-harakatlari natijasida kasallik aniqlangan ayollarning 22 ming 550 nafari soğlomlaştirilgan. Tuman böyiça 2024-yilning 10 oyi davomida 3 ming 664 nafar çaqaloqlar tirik tuğilgan va ular soğlom, öz onalari bağrida parvariş qilinmoqda.

Statsionar xizmat.

Tumanda statsionar tibbiy xizmat 421-öringa möljallangan tuman markaziy şifoxonasi orqali körsatiladi. Tuman böyiça joriy yilning 10 oyi davomida 13 ming 240 nafar bemorlarni davolaş rejalaştirilgan bölib, amalda 21 ming 423 nafar bemor davolanib çiqqan, davolaş rejasi 161,8 foizga bajarilgan. Şuningdek, Tuman markaziy şifoxonasida uşbu davr oraliğida 2 ming 686ta jarrohlik amaliyoti ötkazilgan. Bu örtaça har kuni 9-10 nafar bemorda jarrohlik amaliyoti ötkazilib, soğlom hayotga qaytarildi, deganidir.

Moddiy-texnik baza.

Davlatimiz tomonidan tibbiyot sohasiga berilayotgan eʼtibor natijasida tibbiy muassasalarning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib bormoqda. Bu esa öz navbatida xizmat körsatiş sifati va hajmining ortişiga xizmat qilmoqda. Yangidan qurilib, 1-sentyabrdan iş boşlagan tuğruq majmuasi binosi joriy yilda tumanda tibbiyot sohasida amalga oşirilgan eng yirik loyiha böldi. Qiymati 14,4 mlrd. sömlik 90-örinli, 4 qavatli uşbu majmua amudaryolik ayollar, onalar va bolalarga uzoq yillar davomida xizmat qilişi şubhasiz. Eng muhimi, Tuğruq majmuasi turli xildagi 10 dona zamonaviy tibbiy uskunalar bilan taʼminlandi.

Şu bilan birga, joriy yilning avgust-sentyabr oylarida tumandagi 6-sonli oilaviy poliklinika binosi davlat tomonidan ajratilgan 750 mln söm mablağ hisobiga “Manğit ideal quriliş” MÇJ tomonidan mukammal taʼmirlandi hamda binoga quvvati 10 kVt bölgan quyoş panellari örnatildi. Binoning taşqi fasad qismi termoizolyatsiya qilinib, bazalt qoplamasi bilan qoplandi. Binoda normal haroratni taʼminlaş maqsadida 2 dona isitiş qozonlari va 4ta konditsioner örnatildi.

Şuningdek, investitsiya dasturi doirasida Kuyuk köpir ovuli hududida joylaşgan 5-sonli oilaviy poliklinika binosi 3 mlrd 251 million sömga yangidan qurilib, ayni kunlarda işga tuşiriliş arafasida.

Kelgusida birlamçi tibbiy xizmatni aholiga yanada yaqinlaştiriş maqsadida maqbullaştirilgan Örta qalʼa qişloq vraçlik punktini yangidan oilaviy şifokorlik punkti qilib taşkil etiş rejalaştirilgan. Tumanimizning Jumurtov şaharçasi, Yuqori qişloq, Qoramon, Beştom, Boğ va Qumyop mahallalari, Amir Temur, Nazarxon, Böz yop ovullari kabi 11ta olis va çekka hududlariga maxsus konteynerlar örnatilib, mahalla tibbiyot punktlari taşkil etilgani ham şu maqsadlarga xizmat qilmoqda.

Tibbiyot muassasalarini barqaror elektr va issiqlik energiyasi bilan taʼminlaş maqsadida Dörman ovuli hududida joylaşgan 2-sonli oilaviy poliklinika binosiga 14 kVt, Oq oltin ovulidagi 3-sonli oilaviy poliklinika binosiga 18 kVt, Bobur nomli ovuldagi 4-sonli oilaviy poliklinika binosiga 17 kVt, Kuyuk köpir ovuli hududida joylaşgan 5-sonli oilaviy poliklinika binosiga 10 kVt, Xitoy ovulidagi 6-sonli oilaviy poliklinika binosiga 10 kVt quvvatli quyoş panellari örnatilgan bölsa, Tölqin ovuli hududida joylaşgan oilaviy şifokorlik punkti binosining isitiş tizimi kömirga moslaştirilib, 2 ta kömir qozonlari örnatildi.

“Soğlik hayotning şunday neʼmatidirki, çindan ham betob podşodan köra soğlom gado ming karra baxtiyordir” degan edi olmon faylasufi Artur Şopengauyer. Çindan-da, baxt ham, quvonç ham, töy-tomoşa ham salomatlik mustahkam bölsagina tatiydi. Ruhiy va jismoniy soğlomlik insonning çinakam boyligidir. Yakunlanayotgan yilda Amudaryo tumanining tibbiyot sohasida amalga oşirilgan işlarni sarhisob qilar ekanmiz, erişilgan yutuqlar dillarga faxr, qalblarga iftixor baxş etadi. 2024-yilni kasbiy faoliyatidagi muvaffaqiyatlar bilan yakunlayotgan soha vakillarining kelgusidagi işlarida ham omad yor bölişini tilaymiz.

Aziza Madrahimova, jurnalist.

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026