21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 09:01
Fan va taʼlim 👁 413

“Biznes asoslari” fanini oʻqitishda yangicha yondashuv: taʼlim jarayonida innovatsion metod va texnologiyalarning ahamiyati

“Biznes asoslari” fanini oʻqitishda yangicha yondashuv: taʼlim jarayonida innovatsion metod va texnologiyalarning ahamiyati

Bugungi kunda taʼlim tizimida innovatsion yondashuv va zamonaviy metodlarni qoʻllash muhim ahamiyatga ega boʻlib, ayniqsa, biznes asoslari kabi amaliy fanlarni oʻqitishda bu yanada dolzarb masala sanaladi. Oʻquvchilarni bozor iqtisodiyotining tamoyillari, tadbirkorlik koʻnikmalari va moliyaviy savodxonlikka oʻrgatish uchun yangi va samarali pedagogik metodlarni joriy qilish muhimdir.

2024-2025 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Germaniya jamgʻarma kassalari fondi (German Sparkassenstiftung) hamkorligida ishlab chiqilgan yangi dastur asosida biznes asoslari fani professional taʼlim muassasalarida oʻqitilmoqda. Ushbu dastur nazariy bilimlarni berish bilan cheklanib qolmasdan, oʻquvchilarda real biznes koʻnikmalarini ham shakllantirishga xizmat qiladi.

2025-yilning 3-yanvar kuni Amudaryo tumanidagi 2-son politexnikumda “Jamgʻarma oʻyini stimulyatsiyasi” moduli asosida moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan keng qamrovli seminar oʻtkazildi. Ushbu seminar oʻquvchilarning tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan boʻlib, unda politexnikumning oʻqituvchilari va ishlab chiqarish ustalari ishtirok etdi. Seminar davomida oʻqituvchilar kichik guruhlarda ishlash, rolli oʻyinlar, muhokamalar orqali interfaol yondashuv metodikasini oʻrganishdi va amaliyotda sinab koʻrishdi.

Darslarni stimulyatsiya oʻyinlari asosida tashkil etish oʻquvchilarni jarayonga jalb qilish va ularning qiziqishini oshirish bilan birga noanʼanaviy fikrlash va muammolarni hal qilish koʻnikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Oʻquvchilar hayotiy holatlar asosida bilimlarni qoʻllashni oʻrganadi va real hayotga moslashish uchun zarur tajriba hosil qiladi. Stimulyatsiya oʻyinlari jarayonida oʻquvchilarning jamoaviy ish koʻnikmalari, muloqot qilish qobiliyatlari va oʻzaro yordamni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratiladi. Ushbu yondashuv har bir oʻquvchining qobiliyatlariga mos vazifalarni bajarish imkonini yaratadi va bilim olish jarayonini yanada qiziqarli qiladi.

Seminarda ishtirokchilar mazkur oʻyinni dars jarayonida samarali qoʻllash boʻyicha amaliy tavsiyalarga yega boʻlishdi. Oʻyin jarayonida oʻquvchilarga yordam berish, ularga muammolarni hal qilish strategiyalarini tushuntirish va natijalarni tahlil qilish boʻyicha batafsil koʻrsatmalar berildi. Shu bilan birga, oʻyin davomida oʻquvchilarning bilim darajasi va zaif tomonlarini aniqlash imkoniyati yaratiladi. Bu yondashuv muvaffaqiyatga erishish hissini oshiradi va taʼlim jarayonini samarali hamda ijodiy ruhda tashkil yetishga yordam beradi.

Zamonaviy texnologiyalar va interfaol metodlarning taʼlim jarayoniga joriy qilinishi yosh avlodni iqtisodiy erkinlikka, ijodiy fikrlashga va tadbirkorlikka ragʻbatlantirishda muhim qadam boʻlib xizmat qiladi. Shu kabi loyihalar nafaqat oʻquvchilarning shaxsiy muvaffaqiyatiga, balki jamiyatning iqtisodiy oʻsishiga ham ulkan hissa qoʻshadi. 

Gulara Jumaniyazova, Amudaryo tuman 2-son politexnikumi biznes asoslari fani oʻqituvchisi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026