21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 13:09
Siyosat 👁 2,836

Oʻtganlarni xotirlash, keksalarni eʼzozlash - insoniy burchimizdir

Oʻtganlarni xotirlash, keksalarni eʼzozlash - insoniy burchimizdir

9-may kuni tumanimizdagi Xotira bogʻi har qachongidan ham gavjum boʻldi. Bu yerga urush va mehnat faxriylari, tuman hokimligi, muassasa, korxona va tashkilotlar rahbarlari, deputatlar, harbiylar va keng jamoatchilik vakillari tashrif buyurdilar.

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirda soʻz olganlar taʼkidlaganidek, kishilik tarixidagi eng qonli, eng katta yoʻqotish va mislsiz qurbonlarga, el-yurtimiz oʻrtasida qancha-qancha musibat va ofatlar, gʻam-alamlarga, beva-bechoralar va yetimlarning paydo boʻlishiga sabab boʻlgan beshafqat urush tugaganidan buyon oradan 70-yil oʻtdi. Lekin yurtimizda birorta xonadon yoʻqki, bu mashʼum urushni esidan, xayolidan chiqargan boʻlsa.

Agar urushdan oldin mamlakatimizda 6,5 millionga yaqin aholi yashagan boʻlsa, shundan 1,5 milliondan koʻprogʻi janglarda qatnashgan. Yoki oʻsha paytdagi xalqimizning taxminan uchdan bir qismi qoʻliga qurol olib, jangu jadallarda ishtirok etgan, qonini toʻkkan.

Oʻsha yovuz urushda 500 mingga yaqin yurtdoshlarimiz halok boʻlgan, qancha odam bedarak ketgan, qancha-qancha insonlar mayib-majruh boʻlib qaytgan.

Ikkinchi jahon urushida tumanimizdan 4 ming 344 nafar nafar askarlar qatnashgan boʻlsa, shularning 2724 nafar nafari ona yurtiga qaytib kelmagan. Bu raqamlar xalqimizning fashizm ustidan gʻalaba qozonishga qanday ulkan, hech unutilmas hissa qoʻshganini koʻrsatadi va buni birortamiz ham esimizdan chiqarmasligimiz darkor.

Ha, Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, olovli janggohlardan omon qaytgan bobolarimizga, ogʻir kunlarni sabr-bardosh bilan yenggan, mashaqqatli daqiqalarda ham oʻzligini yoʻqotmagan, imoni butun yurtdoshlarimizga hurmat-ehtirom koʻrsatish tom maʼnoda milliy qadriyatga aylandi.

 

2015-yilning "Keksalarni eʼzozlash yili” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan keksalarga, jumladan, urush qatnashchilari va nogironlarga koʻrsatilayotgan chuqur hurmat va ehtirom ham ularning farovon hayoti uchun keng shart-sharoit va imkoniyatlar yaratishda namoyon boʻlmoqda.

Tadbir soʻngida maydon uzra mahzun musiqa sadolari taraldi. Davlat va jamoat tashkilotlari, kasaba uyushmalari harbiy orkestr sadolari ostida mangu yoniq olov monumenti poyiga gulchambarlar qoʻydi.

Soʻngra urush va mehnat fronti faxriylari uchun "Oʻzbegim" kafesida dasturxon yozilib, kontsert dasturi namoyish qilindi. Shu kuni tumanimizda faoliyat yuritayotgan "Mangʻit taksi", "Lyuks taksi", "Barakat taksi" nomli yoʻnalishsiz taksi xizmatini koʻrsatuvchi kompaniyalarning yengil avtomashinalari nuroniylar xizmatida boʻldi.

Quyida sana munosabati bilan tashkil qilingan tadbirlardan fotolavhalar aks ettirilgan.

Ushbu manzilda esa mavzuga doir videolavha joylashtirildi.

Gʻ.Yeshniyozov.


 























Suratlar muallifi: M.Shomurodov.
🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026