21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 11:25
Fan va taʼlim 👁 409

36-SONLI MAKTABDA “MARDLAR QOʻRIQLAYDI ONA VATANNI!” MAVZUSIDA BAYRAM TADBIRI OʻTKAZILDI

36-SONLI MAKTABDA “MARDLAR QOʻRIQLAYDI ONA VATANNI!” MAVZUSIDA BAYRAM TADBIRI OʻTKAZILDI

Oʻsib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular ongida milliy oʻzlikni anglash tuygʻularini uygʻotish, kelajagi buyuk Vatanimizni chuqur muhabbat bilan sevib-ardoqlashga oʻrgatish, avvalo oilada, qolaversa, maktab taʼlimi orqali uzviylik asosida amalga oshiriladi. Bu borada umumtaʼlim maktablarining boshlangʻich sinflar oʻqituvchilari tomonidan amalga oshiriladigan maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyaviy darslar, ayniqsa, turli bayramlar munosabati bilan oʻtkaziladigan tadbirlarning ahamiyati katta. Chunki aynan ana shunday tadbirlar orqali oʻsib kelayotgan yosh avlod qalbida ona Vatanga mehr-muhabbat tuygʻulari shakllanadi, oʻz kelajagi, ota-onasi va oilasi taqdiri ona Vatan taqdiri bilan chambarchas bogʻliqligini chin yurakdan anglashga odatlanadi.

Qurolli Kuchlarimizning 33 yilligi va 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 36-sonli umumtaʼlim maktabining 3-“A” sinf oʻquvchilari ishtirokida oʻtkazilgan “Mardlar qoʻriqlaydi ona Vatanni!” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ham yosh avlod qalbida ana shunday milliy oʻzlikni anglash, ona Vatanga cheksiz mehr-muhabbat tuygʻularini yanada mustahkamlashga xizmat qilgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, 3-“A” sinf rahbari Nasiba Bobojonova tomonidan mazkur sinf oʻquvchilari ishtirokida tashkillashtirilgan bayram tadbirini maktab direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari Vahobjon Davletov ochib, bayram ishtirokchilarini Qurolli Kuchlarimizning 33 yiilligi bilan samimiy tabrikladi. Shu bilan birga u Yangi Oʻzbekistonimizning Qurolli Kuchlari qudrati, dunyodagi rivojlangan davlatlar armiyalari orasida tutgan oʻrni haqida oʻquvchilarga batafsil maʼlumotlar berib, ona Vatan himoyachisi boʻlishdek sharafli kasbning masʼuliyati, Vatanimiz sarhadlarini himoya qilish voyaga yetgan har bir yigitning ona Yurt oldidagi muqaddas burchi ekanligini taʼkidladi.

Tadbir davomida oʻquvchilar oʻz ustozlari Nasiba Bobojonova rahbarligida Vatanni, doʻstlik va tinchlikni, ona Vatan posbonlari – mard va jasur askarlarni sharaflovchi sheʼrlar aytishdi. Oʻgʻil bolalar joʻrvozligida ijro etilgan “Bizlar kichik askarlarmiz” qoʻshigʻi bayramga yanada joʻshqinlik baxsh etdi. “Jasur askar” qoʻshigʻiga oʻgʻil bolalar tomonidan maromiga yetkazib ijro etilgan raqs, shuningdek, qiz bolalar ijrosidagi “Vatan”, “Katyusha”, “Yoronlar” qoʻshiqlari joʻrligidagi raqslar bayramga fayz, ishtirokchilar qalbiga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

Tadbir davomida endi 8-9 yoshga toʻlgan bolajonlar qalblarida ona Vatanga cheksiz mehr-muhabbat, kelajakka ishonch bilan Qurolli Kuchlarimizni sharaflovchi sheʼrlar aytib, kuy-qoʻshiqlar va raqslarni mahorat bilan ijro qilganlaridan bayram ishtirokchilari, ayniqsa, ustozlari mamnun boʻldilar. Bayram munosabati bilan 3-“A” sinfning barcha oʻgʻil bolalariga – boʻlgʻusi ona Vatan himoyachilariga bayram sovgʻalari taqdim etildi.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026