ABDULLA BOBO – BARÇAMIZNING BOBOMIZ
Azal-azaldan keksalarning holidan xabar oliş, ularga qöldan kelgança yordam beriş savobli işlarning biri sanaladi. Biz ham mana şunday savobli işga qöl urdik, desam mubolağa bölmaydi. Maktabimiz öquvçilari bilan birgalikda Jumur ovul mahallasida yaşovçi uruş faxriysi, 95 yoşli Abdulla bobo Otajonovni körgani, uy işlariga yordam berib, duolarini olgani çoğlandik.
Suhbatimiz mobaynida Abdulla bobo bizlarga doim Vatanga munosib farzand bölib, uning har qariç yerini köz qoraçiğidek asraşni, aʼlo baholarga öqib Vatanga munosib xizmat qilişni nasihat qildilar.
Biz ham doimo mana şu nasihatlarga amal qilgan holda, kelajakda el-yurt koriga yaraydigan munosib farzandlar bölişga intilayotganimizni aytganimizda, boboning közida quvonç yoşlari balqidi.
Suhbatimiz yakunida Abdulla bobo bizga oq fotiha berib,öqişlarimizda omad yor bölişini tiladi.
Dinora KARIMBOYeVA, 48-sonli maktabning 9-sinf öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶