22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 04:04
Jamiyat 👁 406

TUMAN OILA VA XOTIN-QIZLAR BOʻLIMI FAOLIYaTIGA BIR NAZAR

TUMAN OILA VA XOTIN-QIZLAR BOʻLIMI FAOLIYaTIGA BIR NAZAR

Ayol bilan olam munavvar, degan iborani juda koʻp ishlatamiz. Ayolga, onaga mehr va ehtiromimizni ifodalash uchun soʻzlar xazinasidan eng goʻzal marjonlar tizishga harakat qilamiz. Baribir koʻnglimiz toʻlmaydi, axir balandparvoz gaplar bilan uni baxtiyor qilishning iloji ham yoʻq-da. Baribir ayolning hayotini yaxshi va nurli tomonga oʻzgartirish maqsadida uning ogʻirini yengil, mushkulini oson qilgimiz kelaveradi. Buning uddasidan goho chiqsak, goho ayolni qiynayotgan muammolar yechimini topishda davlatimiz gʻamxoʻrligiga suyanamiz.

Amudaryo tumanida istiqomat qiluvchi 215 ming nafardan ziyod aholining deyarli teng yarmini — 104 ming 534 nafarini ayol-qizlar tashkil etadi. Tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi faoliyatining mazmun-mohiyatida ham ana shu ayollar uchun yengilliklar yaratish, muammolarini joyiga chiqqan holda tizimli hal etish, sektorlar rahbarlarining takliflari asosida mahallabay ishlash, ayollarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar mujassam.

Oʻtgan 2024-yil davomida 5-bosqich “Ayollar daftari” roʻyxatiga jami 5 ming 600 nafar xotin-qizlar kiritilib, ulardan 5 ming 525 nafari turli toifadagi ijtimoiy yordamlar bilan qamrab olindi.

Prezidentimizning 2024-yil 7-mart kungi “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori asosida aprel oyida barcha mahalla va ovullarda xatlov oʻtkazildi. Xatlov natijasiga koʻra, 5 ming 841 nafar xotin-qizlar ishsizligi aniqlandi. Olib borilgan amaliy chora-tadbirlar tufayli hozirgi kunga qadar 5 ming 778 nafar xotin-qizlarning bandligi taʼminlandi.

Oila, deb atalmish moʻʼjaz vatanning har tomonlama gullab-yashnashi, oila aʼzolarining oʻzaro mehr-oqibatli, totuvlikda yashashlari koʻp jihatdan oila bekalariga bogʻliq.

Shu bois, tumanda oilaviy qadriyatlarni yanada mustahkamlash, ayolning jamiyatdagi nufuzini oshirish, el-yurtda katta hurmat va eʼtiborga munosib oilalar bekalarining katta hayotiy tajribalarini yosh oilalar oʻrtasida keng ommalashtirish maqsadida “Oila va xotin-qizlar maskani” faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Donishmand xalqimiz zakosi tufayli yaralgan durdona hikmatlardan biri ayol-qizlarni bilimli, kasb-korli qilishning jamiyat ravnaqi uchun mislsiz ahamiyatiga qaratilgani ayolga eʼti­bor va ehtiromning yorqin ifodasidir. Unga koʻra, “Bir yigitning bilim olishi bitta oila­ning, bir ayol-qizning ilmli boʻlishi — butun jamiyatning oʻqimishli va maʼnan boy boʻlishining kafolatidir.” Bu borada Amudaryo tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ibratga, eʼtiborga munosib. Xususan, oʻtgan 2024-yil davomida Prezident Farmonlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Qaroriga koʻra, jami 260 nafar xotin-qizlarga OTMga kirish uchun tavsiyanomalar berildi.

Tumanda oilalar mustahkamligini taʼminlash, oilaviy kelishmovchiliklarning oldini olish, begunoh bolalarning arzimagan sabablar bilan yarim yetim boʻlib qolishlarining oldini olishga qaratilgan saʼy-harakatlar tufayli 2024-yil davomida “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash” komissiyalari tomonidan ajrashish yoqasiga kelib qolgan 113ta oila yarashtirilishiga erishildi.

Ayni paytda Amudaryo tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi tomonidan 2025-yil uchun belgilangan ulugʻvor rejalarni bajarish borasidagi ishlarga dadillik bilan kirishilmoqda. Unga koʻra, 2025-yilda 4073 nafar xotin-qizlarning bandligini taʼminlashga koʻmaklashiladi.

Sayhunobod tajribasi boʻyicha 1065 nafar xotin-qizlar asalarichilik, parrandachilik, issiqxona, baliqchilik va boshqa yoʻnalishlarda kasb-hunarga oʻqitiladi. Shuningdek, lider tadbirkor ayollarga 385 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni biriktirish orqali daromad topishga oʻrgatiladi.

Biznesini kengaytirishga koʻmaklashish orqali 1295 nafar xotin-qizlar tomonidan 2590ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi. Yil davomida 20ta xonadonda meva, sabzavotlar, sut mahsulotlarini qayta ishlash, mato toʻqish, tikish va boshqa yoʻnalishlardagi kichik ishlab chiqarish tsexlarini tashkil etish, mehnat muhojirligidan qaytgan 140 nafar xotin-qizlarning bandligini taʼminlash choralari koʻriladi. Shuningdek, ipakchilik sohasida 6210 nafar xotin-qizlar band qilinib, oʻrmon xoʻjaligi mutaxassislari koʻmagida daraxt, gul koʻchatlari yetishtirish boʻyicha 70 nafar xotin-qizlar kasb-hunarga oʻqitiladi.

Boquvchisini yoʻqotgan 950 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarga ijtimoiy koʻmak koʻrsatiladi. Bundan tashqari, 3ta mahallada boʻsh bino yoki 3 sotixli yer maydonida “Xotin-qizlar bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlari” tashkil etilib, nizoli 5ta oila bilan manzilli ishlash, 4ta mahallada “Sogʻlom oila maslahat markazi” faoliyatini yoʻlga qoʻyish orqali oilani ixtiyoriy rejalashtirish, sogʻlom ovqatlanish, sogʻlom turmush tarzi talablari boʻyicha oʻqitish ishlari tashkil etiladi va profilaktik hisobda turgan 125 nafar xotin-qizlar bilan alohida ishlar olib boriladi.

Tumanda xotin-qizlar tadbirkorligini yanada rivojlantirish maqsadida 455 nafar ayol-qizlarni tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish orqali isteʼmol bozorida xaridorgir boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarish va ushbu yoʻnalishda savdo-sotiq faoliyatini rivojlantirish koʻzda tutilgan.

Tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi tomonidan 2025-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan keng koʻlamli chora-tadbirlarning barchasi oila institutini yanada rivojlantirish, ayollarning ijtimoiy faolligini yuksaltirish, ularning nafaqat oilada, balki jamiyatdagi nufuzini mustahkamlashga qaratilgan. Chunki ayolning koʻngli xotirjam boʻlsa, oila baxtli, jamiyatimiz tinch, osuda, mamlakatimiz tobora farovonlashib boraveradi. Zotan, ayol mehri-muhabbati bilan nainki oila, butun olam munavvar!

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026