KEKSALARI AZIZ DIYoR
Havolari özgaça makon
Qiliçboy - hududi ança keng, tuproği serhosil, odamlari mehnatga hamdam, suvi, tabiatida hikmatlar jamul-jam elat. Bir çeti qöşniXorazm viloyati, bir çeti qardoş Turkmaniston Respublikasi yerlariga tutaş bu möʼjizakor zaminda bir bora bölgan odamning dilida hayratlar, havaslar uyğonadi. "Nega?”, deysizmi? Boisi, bu zaminda tumanimizning heç bir ovulida uçramaydigan, tarovati, mahobati özgaça boğ-roğlar, biri-biridan obod ovullar, osmonlarni quçib yotgan azim terakzorlar bor. Şinam, ozoda köçalar, el-yurt farovonligidan darak berib, hosil töplayotgan poliz-u sabzavot paykallarining barq urib turgani-çi!
Qiliçboy elining har bir qariç yerida rizq-röz, nasiba uruğlari tuproqda ildiz otib, quyoşga böy çözgan ajib bir haroratli kunda bu zaminda böldik. Qaçonlardir mustabid tuzumning xalqimizni "ruslaştiriş siyosati” tufayli Qiliçboy degan bepoyon va öz tarixiy nomlariga ega yaxlit xudud M.Gorkiy nomi bilan, uning tarkibidagi ovullar "Birinçi Moskva”, "Ikkinçi Moskva”, "Kuybişev” kabi nomlar bilan atala boşlagan kezlarni qiliçboyliklar hamon dillarida oğriniş bilan eslaşadi. Xotira va qadrlaş kuni arafasidagi Qiliçboy eliga ijodiy safarimiz jarayonida şuni his etdikki, bugun bu gözal elatda öz tarixiy ildizidan kuç olgan, ajdodlari anʼanasiga sodiq, elim, yurtim, deb hayotini, umrini şu el, ona Vatan obodligiga, farovonligiga baxşida etişga har lahzada tayyor insonlar yaşaşadi. Ular –özlarini faxr-u iftixor bilan "qiliçboylikman”, deb bilguvçi bu insonlar "Xizr eli”, "Beş ovul”, "Toş qalʼa”, "Yuqori qişloq ”, "Ayoqçi”, "Qoramon”, "Böz solma” nomlari bilan Qiliçboy, Dörman hamda Xolimbeg ovullari tarkibidagi obod mahallalarda yaşab, mehnat qilişadi.
Yuz bilan yuzlaşgan momo
- Qiliçboy zaminining har bir qariç yerining, kanal-u ariqlarining öz tarixi bor, -deydi Qiliçboy OFY tarkibidagi "Xizr eli” mahallasida yaşovçi 100 bahorni körgan onaxon Parda momo Bekniyozova. - Elimizning odamlari esa, şajarasini suriştirsangiz, barçasi "Qiliçniyozboy hazratlarining ildizidanman”, -deyişadi.
– Rostdan ham şundaymi, momo? –hayratimizni yaşirmadik. –Qiliçniyozboy hazratlarining avlodlari unib-ösib Dörman-u, Xolimbeg ovullariga palak yozgan ekan-da.
– Bunisi Allohga ayon, bolam, lekin Xolimbeg ovulidami, Dörman ovulidami, qaysi ovulda yaşaşidan qatʼiy nazar, eldoşlarimiz özlarini: "men Qiliçboyning Dörmanidanman, Qiliçboyning Xolimbegidanman” yoki "Xizr eli”, "Qoramon” idanman, -deb taniştirişlarini, faxrlanişlarini yaxşi bilaman-da...
Momoning fikrlari teran, xotirasi tiniq. Hazil - mutoyibani xuş köruvçi feʼli keng. Huzuriga kelgan har bir kişi bilan alohida-alohida, nihoyatda şirin, samimiy söraşişlari, hatto örnidan turib, kelguvçiga peşvoz çiqişlarini körib, havasimiz keldi, töğrisi.
- 1915-yilda tuğilganman, -deydi momo. – Esimni taniganimdan beri mehnat qilaman. Hozir ham yoş bölib qolsam-u töyib-töyib işlasam, deyman. Bundayin inson va mehnat qadr topgan zamonni men umrimda körganim yöq. Har oyda davlat nafaqa berib turibdi. Ovul-elda, mahallada öz örnim bor. Birov töy boşladim, deb, yana birov töy qildim, deb, hayit va bayram, deb savğa-salom olib kelişadi. Olis ötmişni eslasam, el-yurtdagi tökinçilik, farovonlikdan yuragim toşib ketadi, bolam. Yurtboşimizga rahmat, biz qariyalarga körsatilayotgan hurmat va eʼtiborni men öz umrim davomida faqat mustaqillikdan söng kördim.
Parda momo hikoya qilişdan, bugungi dorilomon kunlarga şukrona aytişdan çarçamaydilar. Umrining azob-uqubatga töla ötmiş sahifalarini eslarkan, 30-yillardagi qatağon siyosati tufayli darbadarlikda keçgan yillari, oçarçilik, ikkinçi jahon uruşi davridagi front orti mehnat maşaqqatlari tufayli tortgan zahmatlari evaziga yetişgan "bu zamonamiz közimga surma”, deydi onaxon.
-Tört nafar öğil-qizim unib-ösib, Qiliçboyga el bölib ketişdi. – Quvonib-quvonib nevara-çevara-yu, evara-duvara-larini sanab, sanoğidan adaşgan momo hazil-mutoyiba aralaş qöşib qöyadilar. -Xudo hoxlasa, Parda momongiz 100 yoşdan, şox-u butoqlari 110 dan oşayotir.
-Bu yoğini sörasangiz, -deydi momoning kelinlaridan biri Gulçehraxon opa, -yaqinda enamizning yotliği, yaʼni sakkizinçi avlodi ham dunyoga keldi. Bunisi begona böladi, deyişadi.
-Hay, bolam, bizning özbek millatida begona bölmaydi, uni men yotliq yoki begona emas, nevaram deyaveraman. Öşa gödakning qölidan sariyoğ içdim-a!
- Bunda ham hikmat bormi, momo, -qiziqdik.
-Bu –sariyoğday elga yoqsin, palagi toza, tomiri mayin bölsin, degani-da!
Momo bilan xayrlaşarkanmiz, yoşiga nisbatan ança tetik va bardam Parda momo uzundan-uzoq duo qildilar.
-El-yurt tinç, oilalarimiz obod bölsin, farzandlarimiz aslo zavol körmasin, xalqimiz obodlik, ozodlik, hurlik, farovonlik neʼmatlaridan xamişa bahramand bölsin!
Xolimbeglik Tlav bobo
Qiliçboy elining oğir kunida ham, farovonlikka yetişgan damlarida ham doimo kamarbasta bölgan insonlardan biri xolimbeglik Tlav bobo Matnazarov 9-may –Xotira va qadrlaş kunida 100 yoşga qadam qöyadilar. 1916-yilda tavallud topgan otaxon ikkinçi jahon uruşining eng qaynoq nuqtasi –Voronej frontida ilk uruşga kirgan kunini hamon yuragida uruşga qarşi çeksiz nafrat bilan eslaydi:
-Eslasam, yuragim örtanaveradi, kuyaveradi, bolam, -yillar öz izini solgan serajin yuzi köz yoşlari bilan namlanadi boboning. -1942-yilning bahori edi. Qisqa tayyorgarlikdan söng qölimizga qurol olib, uruşga kirdik. Köz öngimda yonib, kultepaga aylangan qişloqlar, jon talaşayotgan begunoh keksalar, ayollar, bolalar... Qirğinbarot uruş edi bu, bolam.
Tlav bobo 1942 yildan 1945-yilning mart oyigaça Voronej va 1-Ukraina frontlarida faşizmga qarşi ayovsiz janglarda iştirok etdi. Bir neça marta yaralandi, gospitalda davolanib, yana jangga kirdi. Janglarda körsatgan jasorati uçun "Qizil yulduz” ordeni va bir neça jangovar medallar bilan taqdirlandi. 1945-yilning mart oyida Germaniyaning Gubin şahrini faşizm asoratidan qutqariş uçun bölgan janglarning birida kuçli portlaş oqibatida oğir yaralanib, gospitalga tuşdi. Uzoq davolanişdan söng ona yurtiga qaytgan Tlav bobo Matnazarov uruşdan keyingi tiklaniş yillarida Qiliçboy elining har bir qariç yerini obod etiş, el-yurt farovonligini taʼminlaşdek hayrli işlarda, tumanimiz qişloq xöjaligini yuksaltirişda fidoyilik körsatdi. Umrining 40-yilini Qiliçboy elida dehqonçilik madaniyatini yuksaltirişga bağişladi. Beş öğil, beş qizni el-yurtga sodiq farzandlar qilib tarbiyaladi. Bugun umrining yuzinçi bahorini qarşilayotgan Tlav bobo Matnazarovning farzandlari nevara-çevara-evara-kuvara-sevara-duvaralari-yu yuz yoşli xamyurti Parda momo aytganlariday, öz farzandidan ham suyumliroq sakkizinçi avlodlari bir joyga yiğilsalar, 150 nafardan oşib ketar ekan. Boboning rus millatiga mansub kelini Galya opaning qiliçboylik onaxonlarnikidan qolişmaydigan muomala –madaniyati, mehr-oqibatidan könglimiz toğday yuksaldi.
Yurt tuproğin tumor etib...
- Men uruşga ketayotganimda Qiliçboy arnaga yuzimni yuvib, tuproğini tumor qilib olib ketganman, - deydi Qiliçboy ovulida tuğilib-ösgan, butun ongli hayotini şu ovul farovonligiga baxş etib yaşagan Rajab bobo Yusupov. – Balki ana şu yurt tuproği menga kuç-quvvat berganmikan, deb öylab qolaman, baʼzan. Xudoga şukur, uruşdan eson-omon qaytib, to nafaqaga çiqqunimça dalada, kolxozning yonilği quyiş şoxobçasida işladim.
Rajab Yusupov 1943-yilning yanvar oyidan 1944-yilning oxirigaça Kalinin frontida duşmanga qarşi jang qildi. 1944-yilning dekabrida oğir yaralangan Rajab Yusupov 1945 yilning boşida ona qişloğiga qaytib keldi. Janglardagi jasorati uçun "Qizil yulduz” ordeni va bir neça jangovar medallar bilan taqdirlandi.
- Ovuldagi hayot uruşdagidan kam emasdi, - olis yillar xotiralaridan sözlaydi bobo. – Işonsang, bolam, xalq borini frontga jönatib, oçlik girdobida qolgandi. Kunjarani oğzimizga solib, şimirdik. Suv ötining donini tegirmonda ezib, yer edik. Hatto bahorda oğoçning qobiğini çaynab, örik daraxtining tomirini quritib, kelida tuyib ovqat örnida tanovul qilganmiz. Qahatçilik köplab hamqişloqlarimizni hayotdan olib ketdi.
Oçarçilik, uruş jarohatlari, yetar-yetmaslikdan ezilgan xalqni bir tuyğu – kindik qoni tomgan yerga çeksiz mehr, fidoyilik tuyğusi birlaştirib turar, ana şu tuyğuni diliga jo etib, oldinga intilib, kelajakka işonç bilan yaşaşga odatlangan qiliçboyliklar bilan birga betinim mehnat qilgan Rajab bobo Yusupov 92 yillik umri davomida halolligi, fidoyi insonligi uçun izzat-obrö topdi. 11 nafar farzandni tarbiyalab, mustahkam oila qörğonini yaratdiki, bugungi kunda bu oila qörğoni biri-biridan aqlli, mehnatkaş farzandlar, nevara-çevaralar bilan yanada fayzli.
-Otamiz – uyimizning fariştasi,- deydi nevara-çevaralari boboning yelkalaridan quçib.
Uruş jarohati bilan...
Maşʼum uruş boşlanganida Bobojon Ortiqov Xolimbeg ovulida hisobçilik qilib, el nazariga tuşgan 20 yaşar navqiron yigit edi. Haliyam esida: uruşga jönaydigan kuni faqat Xolimbeg ovuli emas, butun Qiliçboy eli ularni kuzatgani çiqişgan. Çunki öşa maşʼum kunda Qiliçboyning Dörmanidan, Xolimbegi-yu, "Xizr eli”, "Qoramon”-u "Beş ovul”laridan bir neça ön çoğli yigitlar safar xaltalarini olib, yölga çiqişgan edi. Kim öğlini, kim umr yöldoşini, yana kimdir aka-ukasini yiği-siği bilan kuzatib qolişgan.
- Öşa ketganlardan qaytganlar kam böldi, - oğir xörsiniş bilan eslaydi bobo. – Qaytganlarning ham köpçiligi yarimjon, nogiron bölib qaytişdi.
Bobojon ota Ortiqovning özi ham mana 70-yildan oşdiki, hamon uruş jarohatlari azobini totib keladi. 1941-yilda Ukraina fronti tarkibidagi harbiy qismlardan birida jangga kirib, hayotining salkam uç yilini olovli uruş okoplarida ötkazgan Bobojon Ortiqov uruş dahşatlari haqida umuman sözlagilari kelmaydi.
– Uruşning nomi öçsin, bolalarim, - deydi u ötmiş xotiralaridan köz yumib, - ötmişda qolgan qiynoqlar, azoblarni qözğamaylik. Şahid ketgan uruş jangçilarining, gödakligida xalok bölgan uruş bolalarining, Vatan, deb jon bergan keksa-yu ayollarning ruhini şod etmoq uçun tinçlikning qadriga yetib yaşang. Bundayin dorilomon zamon insoniyat tarixida bölgan emas. Men Yaratganga şukrlar aytaman, sababi, dahşatlar iskanjasidan omon qaytib, 40-yildan ziyod el-yurt xizmatini qilib yaşaşga muyassar böldim. Inson uçun bundan ortiq baxt bölmaydi, bolalarim.
Mehnatni yaxşi köradigan Rajab bobo
Bobojon bobo Ortiqov, Tlav bobo Matnazarov, Rajab bobo Yusupovlarning olovli yillar xotiralari taʼsirida Rajab bobo Eşmanov xonadoniga kirib borarkanmiz, ostonadayoq boboning: -Kiraveringlar, men uydaman, -degan çorlovini eşitib, bobo huzuriga oşiqdik.
92 yoşli Rajab bobo yoşiga nisbatan ançayin tetik körinar, öz hayotiga oid yil va oy sanalari bilan boğliq xotiralarini heç yangilişmasdan hikoya qilardi.
- Inson könglini xotirjam qiluvçi narsa nima, bilasizlarmi? – deydi bobo mamnuniyat bilan. – Bu – inson qadr-qimmati haqida ğamxörlik. Töğrisini aytsam, bizning Özbekistonda inson qadri, mehnatining qadri juda baland. Yurtboşimizga ming rahmat. Biz keksalarni bir lahza ham unutganlari yöq. Eʼzoz va eʼtibor qurşovidamiz. Har kuni eşigimizdan:
- Rajab bobo, - deb kimdir kirib keladi. Biri Prezident sovğasini, biri tuman hokimining sovğasini, yana biri mudofaaga kömaklaşuvçi "Vatanparvar” taşkilotidan sovğa-salomlar keltirişadi. Gap sovğada emas, eʼtiborda! Biz qariyalarni esdan çiqarmay, eşigimizni taqillatib kelişlarining özi insonparvarlikning eng oliy belgisi.
Uruş va mehnat faxriysi, biri-biridan solih farzandlarning ardoqli otasi Rajab bobo Eşmanov har ikki gapining birida:
- Mehnat - mening sirdoşim, - deydilar kulib. – Tomorqaga çiqib, kampirimga qaraşib turaman. Maryamjon enangiz ham heç tinib-tinçimaydiganlardan.
Boboning tomorqasida ertagi kartoşka yaqindagina çopiq qilinibdi, boğdagi daraxtlar meva tukkan.
– 17 nafar kelinimiz bor, - deydi bobo. – Biri-biridan yaxşi, - kelinlarining ismlarini adaşmay aytib beradilar, – nevaralarim juda köp, - deb qöyadi mamnuniyat bilan.
Rajab bobo bilan xayrlaşarkanmiz, qöllarini duoga oçdilar:
- Qani, iloho omin, bolalarim, heç qaçon inson zoti uruş körmasin! Uruş oçganlarning jazosini Xudoyimning özi bersin. Elimiz tinç, Yurtboşimiz rahnamoligida Vatanimizning ertasi yanada obod, farzandlarimiz omon bölişsin!
- Aytganingiz kelsin, bobo!
Qiliçboy zaminining huzurbaxş havosidan bahra olib, el-yurt ardoğiga munosib insonlar huzuridan qaytarkanmiz, ijodiy safardagi hamrohlarim – suratçi-muxbir Mahmudjon Şomurodov va Mansur Tojiboyevlar öylaşib olganday bir gapni aytişdi:
- Qiliçboyning yer-suvida, tabiatida bir hikmat bor-a, Robiya opa. Odamlari ham juda boşqaça, mehmondöst, samimiy, irodali...
Şunday, bu elni uluğ qilgan ham qiliçboyliklarga xos mehnatkaşlik, yurtga fidoyilik, özaro mehr-oqibat. Ana şu tuy-ğular bois, bu zaminda 100 bilan yuzlaşayotgan feʼli keng, köngli oçiq insonlar yaşaşadi. Ana şunday pir-u badavlat insonlar borligi uçun Qiliçniyozboy hazratlarining bugungi avlodlari obod etgan bu elatning odamni öziga tortadigan ohanrabosi, fariştasi bor.
Robiya YÖLDOŞEVA.
M.Şomurodov olgan suratlar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶