21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 05:40
Sport 👁 858

Tafakkur va kasbiy tajriba uygʻunligi: tuman Tibbiyot birlashmasi xodimlari oʻrtasida shaxmat musobaqalari oʻtkazildi

Tafakkur va kasbiy tajriba uygʻunligi: tuman Tibbiyot birlashmasi xodimlari oʻrtasida shaxmat musobaqalari oʻtkazildi

Shaxmat – aql va strategik tafakkurni rivojlantiruvchi eng goʻzal sport turlaridan biri hisoblanadi. Bu oʻyin nafaqat bolalar va yoshlar, balki kattalar, turli kasb egalari uchun ham foydalidir. Ayniqsa, shifokorlar uchun shaxmat eʼtibor, xotira va tahliliy fikrlash qobiliyatlarini shakllantiruvchi muhim vosita sanaladi. Shu sababli, yaqinda Amudaryo tumani Tibbiyot birlashmasi bosh shifokori kubogi uchun tibbiyot xodimlari oʻrtasida shaxmat boʻyicha musobaqalar tashkil etildi.

Tadbirda Joʻqorgʻi Kenges raisining shaxmat sporti boʻyicha maslahatchisi Muftulla Qutibayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi shaxmat federatsiyasi ijrochi direktori Ziyadulla Abipov, FIDE arbitri Rustam Davlatov va tibbiyot xodimlari ishtirok etishdi. Musobaqani tuman sport maktabi shaxmat murabbiyi Zafar Qurbonov boshqarib bordi.

Tadbir davomida Rustam Davlatov va Muftulla Qutibayevlar soʻzga chiqib, mamlakatimizda shaxmat sportiga qaratilayotgan eʼtibor, sportchilar uchun yaratilayotgan zamonaviy sharoitlar hamda yurtimiz shaxmatchilarining xalqaro maydondagi yutuqlari haqida soʻz yuritdi. Ayniqsa, amudaryolik yosh shaxmatchi Shohjahon Mamatsoliyevning muvaffaqiyatlari alohida eʼtirof etildi. U joriy yil yanvar oyida maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida 15 yosh toifasida blits yoʻnalishida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, sport ustaligiga nomzod koʻrsatkichini bajargan edi. Bundan tashqari, tuman Tibbiyot birlashmasi shifokori Jahongir Erimbetov 2024-yilda shaxmat boʻyicha tibbiyot xodimlari oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqada mamlakat miqyosida 2-oʻrinni egallagan edi.

Bugungi kunda shaxmat sportini ommalashtirish boʻyicha mahallalar va taʼlim muassasalarida, shuningdek, turli tashkilotlarda ham keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Shaxmat insonning aqliy va psixologik holatini mustahkamlovchi samarali mashgʻulot hisoblanadi. Ayniqsa, shifokorlar doimiy ravishda katta hajmdagi tibbiy maʼlumotlarni yodda saqlashi, murakkab vaziyatlarni tahlil qilishi va aniq tashxis qoʻyishi talab etiladi. Shaxmat esa xotirani mustahkamlab, tahliliy fikrlashni rivojlantiradi.

Shaxmat oʻyinida har bir yurish oldindan puxta rejalashtirilishi zarur boʻlgani kabi, tibbiy muolaja va jarrohlik amaliyotlarida ham diqqat-eʼtibor va muvofiqlashtirish muhim ahamiyatga ega. Shifokorlar muvaffaqiyatga erishish uchun bemorlar va hamkasblar bilan samarali muloqot oʻrnatishi, muammolarni sabr bilan hal qilishi lozim. Tibbiyot sohasidagi mutaxassislarning shaxmat bilan shugʻullanishi ularning shaxsiy rivoji va kasbiy samaradorligiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Shaxmat tibbiyot xodimlari uchun hordiq chiqarish vositasi, shu bilan birga, kasbiy mahorat va aqliy salohiyatni oshirishga xizmat qiluvchi samarali sport turi hamdir.

21-fevral kuni tuman Tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Faxriddin Abdullayev ishtirokida musobaqada yuqori natijalarni qayd etgan xodimlarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda soha masʼullari, boʻlim shifokorlari va boshqa ishchi xodimlar qatnashdi. Bosh shifokor Faxriddin Abdullayev musobaqa yuqori saviyada oʻtkazilganligi uchun tashkilotchilar va barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirib, shaxmatning tibbiyot xodimlari faoliyatidagi ahamiyatini taʼkidladi.

Shundan soʻng, tuman Tibbiyot birlashmasi sport targʻibotchisi Ibodulla Nurimbetov musobaqaning yakuniy natijalarini eʼlon qildi. Faxrli oʻrinlarni egallagan ishtirokchilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi shaxmat federatsiyasi va tuman Tibbiyot birlashmasi tomonidan kubok, medal va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026