21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 07:04
Salomatlik 👁 593

AMUGA EL BOʻLGAN QORAQALPOQ QIZI

AMUGA EL BOʻLGAN QORAQALPOQ QIZI

Yaratganning xohish-irodasi bilan inson umri, hayot yoʻli qanday kechishi uning oʻzi dunyoga kelgan kunidanoq taqdiriga bitilgan, deyishadi. Shuning uchundirki, olamjahon orzular bilan yashashga odatlangan har bir inson oʻz hayotini goʻzal va nurli tomonga oʻzgartirish ishtiyoqida umid qilishdan aslo charchamaydi. Taqdiriga bitilgan nurli kunlar orzusi uni goʻyo oʻz bagʻriga chorlayotgan kabi oldinga intilaveradi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasining eng chekka, shimoliy hududidagi Kegayli tumanida tugʻilib-oʻsgan, Alloh rahmat qilsin Xoʻjanbergan ogʻa bilan Ulboʻsin opalar ham vaqtlar oʻtib, ikki oʻgʻli va bir qizi Nukus shahriga, sevimli qizi Gulchehraxon esa Amudaryo tumaniga el boʻladi, deb oʻylash tugul xayollariga ham keltirmagan boʻlsalar kerak. Xoʻjanbergan ogʻaning ish faoliyati tufayli Nukus shahrida qoʻnim topgan oilada birin-ketin dunyoga kelgan ikki oʻgʻil va ikki qizning uch nafari kasbiy taqozosiga koʻra, turmush tarzini shahar hayoti bilan bogʻlashdi.

Bolaligidan shifokor boʻlishni orzu qilgan Gulchehraxon umumtaʼlim maktabini aʼlo baholarga tugatgach, 2-sonli Nukus tibbiyot bilim yurtida tahsil oldi. 2001-yilda mazkur bilim yurtini muvaffaqiyatli tamomlab, Nukus shahridagi 2-sonli poliklinikada hamshira-laborant sifatida ilk mehnat faoliyatini boshladi. U ish faoliyati davomida kasbiy mahoratini doimiy ravishda oshirib borish, oʻz yoʻnalishi boʻyicha sohaga oid yangiliklar, oʻzgarishlar mazmun-mohiyatini chuqur anglashga intildi. Natijada intiluvchan va kasbiy jihatdan bilim va salohiyati yuqori boʻlgan Gulchehraxon Menglimuratova oʻzi ishlaydigan jamoada tajribali hamshira-laborant sifatida eʼtirof etiladigan boʻldi. Yosh boʻlsa-da, tibbiyot bilim yurtlarining amaliyotchi-talabalariga kasb sirlarini oʻrgatdi. Koʻplab yosh mutaxassislarga ustozlik qildi.

U 2005-2012-yillarda Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasi huzuridagi Qon-diagnostika markazi klinik laboratoriyasida laborant vazifasida faoliyat olib bordi. Doimiy ravishda oʻz ustida oʻqib-izlanishi tufayli oliy toifali laborant darajasiga erishgan Gulchehraxon Menglimuratova 2012-yildan buyon klinik laboratoriyaning katta hamshira-laboranti sifatida faoliyat olib bormoqda.

Shifo ahli uchun yozilmagan bir qoida bor: qahraton sovuqmi, yarim tunmi, kasalxonaning qaysi boʻlimiga yangi kasal olib kelinsa, bemorning ahvoli-ruhiyatidan kelib chiqib, albatta, tor doiradagi shifokorlar nazoratidan oʻtkaziladi. Agar bemorning ahvoli ogʻir boʻlsa, barcha birday oyoqqa turadi. Ayniqsa, bunda klinik laboratoriya hamshira-laborantlarining tezkor va faol harakatlari muhim ahamiyatga ega. Bunday vaziyatlarda, garchi ish vaqti tugagan boʻlsa-da, hech kim oʻz xizmat postini tashlab ketmaydi, barcha hamjihatlik bilan bemorni hayotga qaytarish uchun tunni-tongga ulab mehnat qilishadi.

Gulchehra Menglimuratovaning ish faoliyatida bunday beorom kechgan onlar juda koʻp boʻldi. Bemorning ahvoli yaxshi tomonga oʻzgarishi, uning qisqa fursatlarda sogʻligi tiklanib, oilasi bagʻriga qaytishi, avvalo, klinik laboratoriya hamshirasining qon tahlilini aniq va toʻgʻri tashxislashiga bogʻliq. Buni yaxshi bilgan Gulchehra bunday vaziyatlarda tezroq uyiga ketishni emas, balki bemorning ahvoli yaxshilanishi uchun jon kuydirayotgan shifokorlar safida boʻlishni hamisha oʻzining zimmasidagi burchi deb bilganidan hayotining asosiy qismi shifoxonada oʻtadi.

Klinik laboratoriyaning katta hamshira-laboranti sifatida uning bajaradigan ishlari koʻlami ham nihoyatda keng. Laboratoriya xodimlarining kundalik ish jarayonini qatʼiy nazorat asosida tashkil etish, yuqori kasbiy malakaga ega boʻlgan hamshira-laborantlarning tajribalarini ustoz-shogird anʼanasi asosida yosh mutaxassislarga oʻrgatish tizimini joriy qilish, klinik laboratoriyada faoliyat yurituvchi barcha hamshira-laborantlar, kichik tibbiy xodimlar va xoʻjalik bekalari uchun OIV infektsiyasi, oʻta xavfli yuqumli infektsiyalar, etika-deontologiya, shifoxona ichki infektsiyalarining oldini olish, shifokor odob-axloqi mavzularida oʻquv-seminarlari tashkil etishdan tortib, atrof-muhit tozaligi va obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlarigacha Gulchehraxon Menglimuratovaning qatʼiy nazorati, qolaversa, fidoyiligi asosida amalga oshiriladi.

Fidoyi mehnat esa hamisha eʼtibor va eʼtirofga munosib. Gulchehraxonning fidoyi va kamtarin mehnati bir necha marta Tibbiyot birlashmasi maʼmuriyati va Amudaryo tuman hokimligi tomonidan ragʻbatlantirilib, Faxriy yorliqlar, tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. Yuqorida taʼkidlaganimizday, taqdir taqozosiga koʻra, oʻz hayotini amudaryolik Sirojiddin Nuranov bilan bogʻlagan qoraqalpoq qizi Gulchehraxon Menglimuratova nafaqat kasbiy faoliyati, balki oilasiga, Amu eliga boʻlgan samimiy mehr-muhabbati bilan Amudaryo tumanini oʻziga mangu Vatan qilganidan mamnun. Mamnun boʻlmasinmi? Axir ana shu goʻzal yurtdan u oʻz baxtini topdi, umr yoʻldoshi, Tibbiyot birlashmasining “Tez tibbiy yordam” boʻlimida haydovchi boʻlib ishlovchi Sirojiddin Nuranov bilan biri-biridan shirin bir oʻgʻil, bir qizni tarbiyalab voyaga yetkazishmoqda.

U oʻzi yashaydigan mahalladagina emas, Mangʻit shahrida oilaparvar ayol sifatida koʻpchilikka namuna. Ishxonasiga: “qon tahlilimni oʻzingiz qilib bering”, deb tumanning olis qishloqlaridan uni yoʻqlab kelguvchilar bisyor. Aslida insonning qadri ham ana shunday oddiygina eʼtiborda, el-yurt eʼtirofi va ishonchida namoyon boʻladi. Gulchehraxon Menglimuratova ham kasbiy faoliyati, ham insoniy mehr-muhabbati bilan el aro qadr topganlardan.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026