21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 04:08
Jamiyat 👁 3,415

QIZ BOLA – ELNING KÖRKI

QIZ BOLA – ELNING KÖRKI

Baxtli oila quriş, soğlom farzandlarni tarbiyalaş va ularning kamolini körişdek ezgu niyat xalqimizning orzu-intilişi, hayotiy maqsadlarining uzviy bir bölagi hisoblanadi. Ota-bobolarimiz azal-azaldan öğilni uylantirib, qizni turmuşga berişni özlarining zimmasidagi vazifalardan biri sifatida bilişadi. Ammo, har narsaning öz vaqti bölganidek, oila qurişning ham öz vaqti-soati bor. Özbekiston Respublikasi Oila kodeksining 15-moddasiga köra, nikoh yoşi erkaklar uçun ön sakkiz yoş, ayollar uçun ön yetti yoş etib belgilangan. Albatta, bu öğil yoki qiz şu yoşda oila qurişi şart, degani emas. Afsuski, oramizda şunday ota-onalar uçramoqdaki, ular öğlining boşini ertaroq ikki qilib, qizini ertaroq turmuşga berişga harakat qilib, farzandlari baxtiga zomin bölişmoqda.

Hayot tajribasi va mutaxassislar fikriça, qizlarning turmuş quriş yoşi oila mustahkamligiga taʼsir körsatuvçi asosiy omillardan biridir.Hali oq-qorani tanimagan, hayotning, turmuşning nima ekanligini töliq anglab yetmagan, ham jismoniy, ham aqliy, ham psixologik jihatdan hayotga tayyor bölmagan qizlarni turmuşga beriş oilaning mustahkam bölişiga, bölajak farzandlarning soğlom bölişiga özining salbiy taʼsirini körsatmasdan qolmaydi.

Ayniqsa, yoşlarning oilaviy hayotga maʼnaviy va iqtisodiy tayyorlik darajasi oila mustahkamligining muhim garovi hisoblanadi. Hali kasb-hunar yetukligiga erişmagan, bir kasb-korning boşini tutmagan, oila masʼuliyatining nima ekanligini anglab yetmagan yoşlar turmuş qurişgaç, hayot taşvişlari oldida dovdirab qolişadi, bir-biridan ayb izlaşga kirişadi. Bu işga ota-ona, qaynota-qaynonalar ham qöşilişadi. Bu holat köpinça bölğusi onaning salomatligiga, qolaversa, tuğilajak farzandning soğlomligiga salbiy taʼsir körsatadi. Natijada yoş onada ruhiyat buzilişi kelib çiqib, bu oila mustahkamligiga putur yetkazadi. Tumanimizda ham hali kasb-hunar kollejini bitirmagan qizlarni turmuşga beriş holatlari uçramoqda.

Ayrim ota-onalar köpinça qizining kelajak taqdiri, baxt-saodati haqida öylamay, hali voyaga yetmagan qizini uzatiş, "bir taşvişdan qutuliş”fikriga tuşadi. Bunday holatlarga köpinça yoşlarning "aqlsizlik” qilib qöyganligini sabab qilib, majburiyat bilan töy qilişimiz kerak, degan ota-onalar ham uçraydi. Tilimizda maʼnaviy tubanlik degan ibora bor. Ana şu "aqlsizlik qilgan” yoşlarning maʼnaviy tarbiyasini kim bergan? Albatta birinçi navbatda ota-ona va boşqa yaqinlari. Qizlarning yengil-yelpi harakatlarining hammasi vaqtida ota-ona tomonidan yetarliça eʼtibor berilmasligi, ustini but qilayapman, yedirib-içirayapman, böldi-da, degan öyga borib, ular tarbiyasi bilan jiddiy şuğullanmaganlikdan yuzaga keladi. Vaholanki moddiy taʼminotning özi yetarlimikin?

Qiz bolani yoşlikdan oilaviy hayotga tayyorlaş haqida gap borganda, avvalo uning xulq-atvori, ibo-hayosi, içki dunyosining gözalligi, hayotda ayol qilişi kerak bölgan rözğor yumuşlarini örganişi, biror kasb-hunar egallaşi nazarda tutilişi lozim.

Sohibqiron Amir Temur bobomiz bilan boğliq şunday naql bor: jangu-jadaldan keyin Sohibqiron bobomiz dam olib ötirganlarida unga bir qiz qabuliga kiriş uçun janjal qilayotganligini aytişadi. Amir Temur kirişga ijozat beradi. Şunda qiz ayuhannos solib kirib keladi: "Siz qanday odil podşohdirsizki, askarlaringiz bu qadar quturişsa, askarlaringiz qilayotgan tajovuzkorlikdan xabaringiz yöq. Ulardan bittasi mening nomusimni toptadi. Endi men nima qilaman?”

Temur şu askarni topib kelişni buyuribdi. Askardan şu gap rost-yolğonligini sörabdi. Askar qörqa-pisa rostligini aytibdi. Lekin qizga ğazab bilan qarab, özing rozi böldingku, debdi. Amir Temur qizga ön tillo berişni buyuribdi. Qiz umrida bunday katta pulni körmagan, xursand bölişni ham eʼtiroz bildirişni ham bilmay hoqonning oyoği ostiga özini taşlabdi. Amir Temur uning holatini kuzatibdi. Qizçodirdan çiqib ketibdi. Sohibqiron haligi askarga borib qizdan şu pulni tortib olib kelişni buyuribdi. Askar çopib çiqib ketibdi. Birozdan keyin soqçilar ularni hoqon huzuriga olib kelişibdi. Askar yigit oltinni ololmagan, tirnalgan yuzidan qon oqardi. Qiz: "Bu askarni qarang, şunça qilgan nomussizligiga qaramay siz bergan oltinni ham tortib olmoqçi” debdi qölidagi oltinni köksiga bosgança. Şunda Buyuk bobomiz qizga qarab: "Ha-a ana endi özingga kelding, qizim, agar sen nomusingi ham şu oltinni himoya qilganday himoya qilganingda edi, bunday köngilsizliklar bölmas edi”. Hoqon yigitga qarab şunday debdi: "Nafsini tiygan yigit sulton bölur”. Qissadan hissa şuki agar qizlarimiz iboli, hayoli, andişali bölsalar, yigitlarimiz mard, or-nomusli, ğururli, halol bölsalar heç kim ularni nomussizlikka majbur qila olmas edilar.

Darhaqiqat, agar qizlarimiz ibo-hayoli, andişali bölsa, özining oriyatini asraşi bu - barça yaqinlarining, qolaversa el-yurtning oriyatini asraşi deb tuşunsa, milliy urf-odat va qadriyatlarimizga hurmat bilan munosabatda bölsa, albatta baxtli oila qurişi şubhasiz.

Qizlarning erta turmuş qurişi tibbiy jihatdan ham xatarli holat hisoblanadi. Yoş turmuş quriş va erta ona böliş ayolning juda köp imkoniyatlarini çeklaşi bilan birga, salomatligiga ham jiddiy xavf solişi mumkin. Şuningdek, yoş kelinçakning bir muhitdan ikkinçi muhitga könikişi öta murakkab jarayon. Şunday paytda uning organizmida fiziologik, ruhiyatida psixologik özgarişlar yuz beradi. Şunday ekan, soğlom oilani şakllantirişning asosiy şartlaridan biri - ayolning biologik va maʼnaviy yetuk yoşda turmuş qurişidir. Qizlarning fiziologik töliq rivojlanişi 20-21 yoşga töğri keladi.

Qolaversa, ularning oilaviy hayotga ruhiy, jismoniy, tibbiy, maʼnaviy jihatdan tayyor emasligi bir qator salbiy oqibatlarga sabab böladi. Jumladan, farzandni tarbiyalaş, turmuş örtoği va oila aʼzolari bilan munosabatlarni örnatiş, rözğor işlarini yuritişda yoş kelin qiyinçiliklarga duç keladi.

Tuğilajak bolaning soğlom bölişida ham ota-ona, ayniqsa, onaning yoşi asosiy örin egallaydi. Psixologik nuqtai nazardan olganda, har qanday yoşda ona bölişning ijobiy va salbiy jihatlari bor. Maʼlumki, 21 yoşda boş miya deyarli rivojlanib böladi, insonning jismoniy va psixologik holati barqarorlaşadi. Şuning uçun 21-25 yoşdagi ayollarning farzandlari durkun va soğlom bölib tuğiladi. Erta turmuş qurgan yoşlarning oilasida tuğilgan bolalar bilan har tomonlama baloğatga yetib, hayotda öz örnini topgandan söng nikoh riştasini boğlagan yigit-qizlarning oilasida dunyoga kelgan farzandlarning salomatligi, intellektual darajasi va boşqa körsatkiçlarida katta farq böladi.

Xulosa örnida aytiş kerakki, erta turmuş quriş nafaqat yoş ayolning salomatligiga salbiy taʼsir körsatadi, balki uning taʼlim olişida, jamiyatdagi öz örnini topişida ham tösiq böladi. Şunday ekan, hurmatli ota-onalar, farzandingizni bila turib muammolar girdobiga taşlamang, ularning baxtsiz bölişlariga sababçi bölmang!

Aziz yoşlar, Siz – mustaqil Özbekistonimizning kelajagi, umid çiroğisiz! Sizning barkamol insonlar bölib voyaga yetişlaringiz uçun mamlakatimizda barça şaroitlar yaratilgan: 12 yillik uzluksiz bepul taʼlim tizimi joriy qilingan, yurtimizning barça göşalarida zamonaviy körinişdagi maktablar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, sport majmualari barpo qilingan, turli tögaraklar faoliyat yuritmoqda. Şunday ekan, yoşlik şijoatingizni öqib-örganib, ilm va hunar egallaşga sarflang! Erta turmuş qurib, rözğor yukini yelkangizga olişga aslo şoşilmang!

Maryam AHMEDOVA,

Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati, tuman hokimining örinbosari, Xotin-qizlar qömitasi raisi.

(Foto - http://uza.uz)

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026