22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 01:30
Jamiyat 👁 344

Har bir mahallada xavfsiz muhit yaratish – ustuvor vazifa

Har bir mahallada xavfsiz muhit yaratish – ustuvor vazifa

Mamlakatimizda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda, 2025-yil 3-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilingan edi.

Ushbu qaror ijrosini taʼminlash va tizim samaradorligini oshirish maqsadida 27-mart kuni Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi majlislar zalida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari, polkovnik Jasurbek Atayev, tuman IIB boshligʻi Muxammedali Xojamuratov, sohaviy xizmat rahbarlari, profilaktika inspektorlari va shaxsiy tarkib ishtirok etdi. Yigʻilishda mazkur qaror ijrosi tahlil qilinib, mavjud kamchiliklar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda xavfsizlikni taʼminlashning mutlaqo yangi mexanizmlari joriy etildi. Jumladan, jinoyatchilikka sabab boʻlayotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni bartaraf etish, aholida shaxsiy xavfsizlik hissini shakllantirish va mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida samarali choralar koʻrilmoqda. Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishning tashkiliy-profilaktik asoslarini zamon talablariga moslashtirish, jinoyatchilikning asl omillarini aniqlab, kompleks choralar bilan bartaraf etish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biriga aylandi.

Prezident Qaroriga muvofiq, 2025-yilda “Har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish” ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Xususan, jinoyatchilik koʻp sodir etiladigan mahallalar aniqlanib, ularning holati ilmiy-amaliy yondashuv asosida oʻrganiladi. Huquqbuzarliklarning asl sabablarini aniqlash va bartaraf etish boʻyicha tashkiliy-huquqiy choralar koʻriladi. Shuningdek, mahallalarda “mahalla yettiligi” har bir vakilining aniq masʼuliyati belgilab beriladi, yoshlar, ayollar va ishsizlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ish uslublari takomillashtiriladi.

Shu bilan birga, aholida huquqiy ong va ijtimoiy faollikni oshirish maqsadida jamoatchilik vakillari, nuroniylar va mahalla faollari keng jalb qilinadi. Jinoyatchilikni kamaytirish uchun zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalardan foydalanish mexanizmi yoʻlga qoʻyiladi. Har bir masʼul idora va muassasaning ish faoliyati qatʼiy nazoratga olinib, jinoyatchilikka qarshi kurashda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan rahbarlarga taʼsir choralari koʻriladi.

Amudaryo tumanida 8 ta ovul va mahalla “qizil” toifaga kiritilgan boʻlib, ularni “yashil” toifaga oʻtkazish uchun tegishli topshiriqlar berildi. Huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida “Xavfsiz hudud” tadbirlari oʻtkazilib, joylarda xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda. Shu bilan birga, huquqbuzarlik sodir etgan 5 nafar xotin-qiz maʼmuriy javobgarlikka tortildi, soʻnggi ikki oyda tazyiq va zoʻravonlikka uchragan 95 nafar xotin-qizga himoya orderlari berildi.

Ozodlikni cheklash bilan bogʻliq jazo choralari qoʻllanilgan shaxslarning bandligini taʼminlash maqsadida shu kuni tuman IIB va tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi hamkorligida mehnat yarmarkasi ham tashkil etildi. Unda ishtirok shaxslardan 6 nafari ish bilan taʼminlandi. Bu esa ularning qayta jinoyat sodir etish ehtimolini kamaytiradi.

Tinch va xavfsiz hayotni taʼminlash nafaqat huquq-tartibot idoralari, balki keng jamoatchilikning hamjihatlikdagi saʼy-harakatlariga bogʻliq. Har bir fuqaro oʻz mahallasida huquqbuzarliklarning oldini olishda faol ishtirok etishi, jamoatchilik nazoratini kuchaytirishi muhim ahamiyatga ega. Davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan chora-tadbirlar ham aynan shu maqsadlarga xizmat qiladi.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026