22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 01:30
Jamiyat 👁 408

“Vatan tayanchi” otryadi aʼzolari oʻrtasida “Vatanparvarlik” harbiy-sport musobaqasining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi

“Vatan tayanchi” otryadi aʼzolari oʻrtasida “Vatanparvarlik” harbiy-sport musobaqasining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi

Harbiy-sport musobaqalari orqali yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jismoniy va aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida mamlakatimizda umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Vatanparvarlik” harbiy-sport musobaqalari anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinmoqda.

Bu musobaqalar nafaqat yoshlarning jismoniy va maʼnaviy tayyorgarligini oshirish, balki ularning harbiy sohaga boʻlgan qiziqishini kuchaytirishda ham muhim oʻrin tutadi. Ishtirokchilar mashgʻulotlar orqali birdamlik, masʼuliyat va fidoyilik kabi fazilatlarni shakllantirish imkoniga ega boʻladilar.

Yaqinda Amudaryo tumanining Doʻstlik mahallasidagi bolalar va oʻsmirlar markaziy oʻyingohida “Vatan tayanchi” otryadi aʼzolari oʻrtasida “Vatanparvarlik” harbiy-sport musobaqasining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan 6 jamoa gʻoliblik uchun bellashdi.

Tadbirni tuman hokimi oʻrinbosari Bahodir Yernazarov ochib, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi. Tadbirda tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi, mayor Shuhrat Mamatov yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ahamiyati va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar xususida toʻxtaldi.

Musobaqa Nizomda belgilangan shartlar asosida tashkil etildi. Dastlab, jamoalar saf yurish va harbiy-vatanparvarlik qoʻshiqlari ijrosini namoyish qildi. Boʻlajak harbiylar shaxdam qadam tashlab, birgalikda ijro etgan qoʻshiqlari orqali intizom va jamoaviy harakat qilish mahoratlarini namoyish etishdi.

Keyingi sinov ­– harbiylashtirilgan estafetada jamoalar tezkorlik va tayyorgarlik darajasini sinovdan oʻtkazishdi. Ishtirokchilar harbiy qurolni notoʻliq qismlarga ajratish va yigʻish, gazga qarshi niqob kiyish hamda belgilangan yukni koʻtarib yugurish kabi vazifalarni bajarib, jismoniy chaqqonlik va taktik koʻnikmalarini namoyon qilishdi.

Bundan tashqari, musobaqa davomida yoshlar jangovar vaziyatlarda tez va aniq qaror qabul qilish, jismoniy mustahkamlikni saqlash va stress holatida samarali harakat qilish koʻnikmalariga ham ega boʻlishdi. Bu kabi mashgʻulotlar ularning kelajakda turli sinovlarga tayyor turishlariga xizmat qiladi.

Shundan soʻng, stadion boʻylab yugurish shartiga navbat berildi. Belgilangan masofani toʻxtovsiz bosib oʻtish talab etilgan bu sinov yoshlarning chidamliligi, tezligi va jismoniy bardoshini sinovdan oʻtkazdi.

Yakuniy bellashuv — arqon tortish shartida jamoalar kuch, hamjihatlik va oʻzaro ishonch asosida gʻoliblik uchun kurashdi. Bu sinov ishtirokchilarning jamoaviy hamkorlik va ruhiy mustahkamlik koʻnikmalarini oshirishga xizmat qildi.

Musobaqa yakunida gʻoliblar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Tuman bosqichida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan jamoa keyingi bosqichda ishtirok etish huquqiga ega boʻldi. “Vatanparvarlik” harbiy-sport musobaqalari yoshlarni jismoniy chiniqtirish, harbiy kasbga qiziqishni kuchaytirish va vatan himoyachisi sifatida masʼuliyatini his etishiga muhim hissa qoʻshdi.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026