ZIMMAMIZDAGI MUQADDAS BURÇ
Alloh taoloning yaratgan maxluqotlari içida eng aziz va mukarrami inson zoti ekan, uning yoşi ham, qarisi ham, ayoli ham, erkagi ham birdek qadr-qimmatga egadir. Islom dini inson qadrini şu darajada yuqori kötarganki, hatto uning tirigi bilan öligining hurmati birdek qadrlanadi.
Alloh taologa beadad hamdu sanolar aytamizki, mana bugun uluğ ajdodlarimiz orzu qilgan buyuk neʼmat - Vatan ozodligi va mustaqilligiga erişilgan nurli kunlarga yetib keldik. Istiqlol yillarida uluğ ajdodlar xotirasini qadrlaş, mamlakat taraqqiyoti, yurt ozodligi yölida jonbozlik körsatgan fidoyi yurtdoşlarimiz ruhini şod etmoq uçun ezgu amallarga bel boğlaşdek savob yumuş dilimizdagi yoruğ niyatlardan biriga aylandi.
Davlatimiz rahbarining taşabbuslari va ğoyalari asosida, mana bir neça yildirki, 9-may - Xotira va qadrlaş kuni sifatida keng nişonlanmoqda. Bu kun nafaqat jang maydonlarida şahid bölganlarni xotirlaş, balki front ortida fidokorona mehnat qilgan tabarruk yoşdagi otalarimiz va onalarimizga ham çeksiz izzat va ehtirom körsatiş ayyomidir. Şuningdek, ona Vatanimizningtaraqqiyotiga munosib uluşlar qöşgan barça faxriylarimizni eʼzozlaş, qadrlaş bayramidir.
Albatta, biz hamişa marhumlarimizni yodga olib, ularning ruhlarini şod qiliş uçun savobli amallarni bajaramiz, şu jumladan Qurʼoni karim oyatlaridan tilovatlar qilib, ularning ruhlariga bağişlaymiz. Zero, ötganlarni eslaş va ularga istiğfor aytiş, qabrlarini ziyorat qiliş va ularning haqlariga duolar qiliş barçamizning insoniy burçimizdir.
Agar biz musulmonlar ajdodlarimiz ruhlarini şod etiş maqsadida ularni qançalik köp xotirlasak, farzandlarimiz ham bundan yaxşi ibrat oladilar. Zero, ular ham bizlarni şunday xotirlab, duoyi xayrlarda bölişadi. Payğambarimiz (s.a.v) bunday deganlar: "Agar bir inson vafot qilsa, uning amali töxtaydi. Faqatgina uçta narsadan unga foyda yetib turadi: (qoldirib ketgan) sadaqai joriya yoki foydali ilm yoxud haqiga duo qilib turadigan solih farzandlaridan”.
Davlatimiz doim uruş qatnaşçilari, keksa yoşdagi otaxonlarimiz, onaxonlarimizga katta eʼtibor bilan ğamxörlik qilib kelmoqda. Hukumatimiz keksalarning moddiy farovonliklarini yanada yaxşilaş maqsadida bir qator qarorlar qabul qildiki, bu barçani xursand etdi. Prezidentimizning "1941-1945-yillardagi uruş qatnaşçilarini rağbatlantiriş töğrisida”gi Farmoni hamda muhtaram Yurtboşimizning: "Xotira - nafaqat ötmişni unutmaslik, balki bugungi hayotimizning qadriga yetiş, ertangi kunni töğri tasavvur etiş, demakdir. Xotira - insonni kelajakka oçiq köz bilan qaraşga örgatadi. Şu bois, bugungi yoşlar otalarimizning yurtimiz erki va ozodligi, millatimiz ravnaqi yölida çekkan zahmatlari, körsatgan jasoratlarini unutmasligi darkor. Qadrlaş esa, xonadonlarimizga fayz-baraka bağişlab, qilayotgan ezgu işlarimizga oq fotiha tilab ötirgan qariyalarimizning hurmatini joyiga qöyişdir. Zero, möʼtabar otaxon va onaxonlarimizni hayotligida qadrlaş barçamizning muqaddas burçimizdir”, - degan purmaʼno sözlari barçaning qalbiga quvonç bağişladi.
Alloh taolo barça marhum ajdodlarimizni özining rahmatiga olib, ularning haqlariga qilayotgan duolarimizni ijobat qilib, tiriklarga farovon hayot, tinçlik-xotirjamlik ato etişini sörab qolamiz!.
Abdurahmon Matsapoyev,
"Yusuf eşon bobo”
jomeʼ masjidi imom-xatibi.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶