21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 05:39
Salomatlik 👁 902

UYShINLIK TADBIRKOR MAHALLASIDA TIBBIY PUNKT QURILIShIGA HOMIYLIK QILADIGAN BOʻLDI

UYShINLIK TADBIRKOR MAHALLASIDA TIBBIY PUNKT QURILIShIGA HOMIYLIK QILADIGAN BOʻLDI

Xalqimizning oʻz hayotidan rozi yashashini taʼminlash, ayniqsa, ularga tibbiy xizmat koʻrsatishni yaxshilash, eng chekka hududlardagi aholini ham zamonaviy tibbiy xizmat bilan qamrab olish borasidagi saʼy-harakatlar tufayli mamlakatimizning barcha hududlarida, shu barobarida Amudaryo tumanida ham yangi-yangi tibbiyot muassasalari qad rostlab, aholining tibbiy xizmatga boʻlgan ehtiyoji qondirilishi uchun zarur sharoitlar yaratib berilayotgani quvonarli holat.

Uyshin mahallasi Amudaryo tumanining qardosh Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh, olis va eng chekka hududida joylashgan. Mahalla aholisiga Qipchoq shaharcha fuqarolar yigʻini hududidagi 1-sonli oilaviy poliklinikasi tomonidan birlamchi tibbiy xizmat koʻrsatiladi. Mahalla bilan oilaviy poliklinika orasidagi masofa 8-9 chaqirim boʻlib, aholi muntazam ravishda avtotransport qatnovidagi muammolar tufayli tibbiy xizmatdan foydalanishda qiyinchiliklarga duch kelib kelayotgan edi. Chunki qishning qor-yomgʻirli, izgʻirinli kunlarida, yozning jazirama issigʻida transport vositasini kutish yoki yayov yoʻl bosib, poliklinikaga qatnash aholi, ayniqsa keksalarga qiyinchilik tugʻdirardi.

Mavjud qiyinchilikni bartaraf etish, aholining hech qanday toʻsiqlarsiz tibbiy xizmatdan samarali foydalanishlarini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻlikni saqlash Vazirligiga Uyshin mahallasi hududida mahalla tibbiy punktini tashkil etish orqali aholiga namunali tibbiy xizmat koʻrsatishni yaxshilash boʻyicha taklif bildirilgan va ushbu taklif inobatga olinib, uyshinliklar uchun mahalla tibbiy punkti binosi qurilishi rejalashtirilgan edi.

Yaqinda mana shu binoning tamal toshi qoʻyilib, qurilish ishlari boshlanishi munosabati bilan tadbir oʻtkazildi. Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri Murad Qurbanov, Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov, tuman Tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Faxriddin Abdullayev, mahalla fuqarolar yigʻinlari masʼullari va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Xalqimizga xos boʻlgan saxovatpeshalik, elparvarlik xislatlari hamisha qadrlanadi. Qolaversa, haqiqiy saxovatpesha inson oʻz eli, Vatani uchun qilayotgan xayrli ishlarini hech qachon koʻz-koʻzlamaydi, maqtanmaydi. Yaqinda ism-sharifini oshkor etishni istamagan uyshinlik saxovatpesha, elparvar tadbirkor mahalla ahliga qulaylik yaratish maqsadida mahalla tibbiy punkti binosi qurilishiga homiylik qilish istagini bildirdi.

Mazkur bino qurilishi yakunlangach, uyshinliklar birlamchi tibbiy xizmatdan foydalanish uchun Qipchoq shaharchasi markazida joylashgan, 8-9 chaqirim masofa olisdagi oilaviy poliklinikaga qatnamaydigan boʻlishadi va Uyshin mahallasining oʻzida namunali birlamchi tibbiy xizmatlardan foydalana boshlaydilar.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026