21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 08:28
Fan va taʼlim 👁 464

Yosh bilimdonlar “Zakovat”da bellashdi

Yosh bilimdonlar “Zakovat”da bellashdi

Yurtimizda yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, bilim va dunyoqarashini kengaytirish maqsadida turli loyihalar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, zakovat, hozirjavoblik, tezkor tafakkur va bilimga chanqoqlikni kuchaytirishga xizmat qiladigan “Zakovat” intellektual oʻyini tobora ommalashib bormoqda. Bu boradagi izchil saʼy-harakatlar, davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar yoshlarimizni yanada faollikka undamoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual musobaqalarni rivojlantirishga doir qarori muhim huquqiy asos boʻldi. Qaror asosida intellektual oʻyinlar bilan shugʻullanayotgan oʻquvchi va talabalar uchun bir qator imtiyozlar belgilandi. Jumladan, respublika bosqichida gʻolib boʻlgan yoshlar oliy taʼlim muassasalariga test sinovlarisiz, bazaviy toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi.

Ana shunday ezgu maqsadlarga xizmat qiladigan navbatdagi yirik intellektual musobaqa – “Zakovat” oʻyinining Amudaryo tumani bosqichi joriy yilning 15-aprel kuni boʻlib oʻtdi. “Oltin saroy” tantanalar majmuasida tashkil etilgan mazkur musobaqa koʻtarinki ruhda, yuksak tashkiliy saviyada oʻtkazildi. Unda tumandagi 86 ta umumtaʼlim maktablarining har biridan intellektual jamoalar ishtirok etdi. Har bir jamoa gʻoliblik uchun munosib kurash olib borib, bilim, hozirjavoblik, mantiqiy tafakkur va savollarga yondashish qobiliyatini namoyon etdi.

Musobaqani “Zakovat” intellektual klubi nodavlat notijorat tashkilotining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha koordinatori Dilshod Jumaniyazov boshqarib bordi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar tarix, adabiyot, mantiq, falsafa va ijtimoiy mavzularga oid turli savollarda oʻz salohiyatlarini sinovdan oʻtkazishdi. Savollar chuqur fikrlash, xotira va bilimni birlashtirgan holda yechim topishni talab qildi. Jamoalar esa har bir savolga puxta tayyorgarlik bilan javob topishga harakat qilishdi.

Bu musobaqa nafaqat bilimlar bellashuvi, balki yoshlar orasida sogʻlom raqobat, bir-biridan oʻrganish va jamoaviy fikrlash madaniyatini shakllantiruvchi muhim maydon boʻldi. Ayniqsa, ovul va mahallalardagi iqtidorli yoshlar ushbu oʻyinda faol ishtirok etib, oʻz qiziqishlarini real natijalar bilan isbotlashdi.

Musobaqa nihoyasida hakamlar hayʼati tomonidan eng faol va bilimli jamoalar aniqlanib, gʻolib va faol ishtirokilar taqdirlandi. Gʻolib jamoa Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.

Darhaqiqat, bunday musobaqalar nafaqat yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, balki ular orasida doʻstlik, fikr almashish va jamoaviy ishlash koʻnikmalarini mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. “Zakovat” oʻyini esa bugungi yoshlarning bilimga boʻlgan qiziqishini yorituvchi, kelajak poydevorini mustahkamlovchi ijtimoiy-maʼnaviy koʻprik boʻlib xizmat qilmoqda.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026