Otalar jasorati - bizning faxrimiz
Prezidentimiz Islom Karimov taşabbusi bilan 9-may – Xotira va qadrlaş kuni mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nişonlandi. Bayram arafasida Qoraqalpoğiston Respublikasi va tumanimiz rahbariyatining uruş va mehnat fronti faxriylari xonadonlariga taşrif buyurib, ularga pul mukofotlari va qimmatbaho sovğalar, "Ikkinçi jahon uruşidagi Ğalabaning 70 yilligi” esdalik yubiley medali topşirilişi faxriylarimizning davlatimiz va xalqimiz tomonidan qadrlanişini hamda eʼzozlanişini yana bir bor namoyiş etdi.
Biz – yoş avlod vakillari ham bayram arafasida uşbu harakatda faol iştirok etdik. Yoş yigit-qizlar özlari yaşab turgan hududlarda istiqomat qilayotgan faxriylarning holidan xabar olib, ularni bayram bilan tabriklaşdi, sovğa-salomlar topşirişdi, hovlilarini tozalaşga va boşqa yumuşlariga yordamlaşişdi.
Keksa faxriylar yoşlarning bunday izzat-hurmatidan, mehribonçiligidan benihoya minnatdor böldilar. Faxriy ota-xonlar va onaxonlar uruş davrida xalqimiz boşidan keçirgan oğir kunlar haqida gapirişib, bugungi dorilomon zamonning qadriga yetiş kerakligi haqida öz nasihatlarini berdilar.
Biz uruş va mehnat faxriylari bilan uçraşib, ularning ötmiş haqidagi hikoyalarini eşitganimizda bir narsani – uruş davrida elimiz öğlonlarining mislsiz qahramonliklar körsatganliklarini anglab yetdik.
Şu sababdan ham Yurtboşimiz 9-may kuni poytaxtimizdagi Xotira maydonida ommaviy axborot vositalari vakillari bilan suhbatida:
- Bugun heç kimga sir emas: million-millionlab odamlar halok bölişiga sabab bölgan, mislsiz yöqotişlar, talofat va musibatlar olib kelgan bu uruş insoniyat tarixidagi eng dahşatli, eng qonli qirğin bölganini bu dunyoda heç kim unutmaydi. Va faşizm ustidan qozonilgan ğalaba naqadar qimmatga tuşganini yurtimizda yaşayotgan har qaysi oila, har qaysi odam yana va yana bir bor anglaşi, qalbidan ötkazişi tabiiydir, - dedilar.
Biz – yoş avlod Ikkinçi jahon uruşida barça xalqlar bilan birga bölib, faşizm balosi ustidan qozongan Ğalabamizni, bu uruşda xalqimiz körsatgan matonat, mardlik va qahramonlik namunalarini aslo unutmaymiz, jang maydonlarida özbek öğlonlarining nimaga qodir bölganini doimo ğurur va iftixor bilan eslaymiz. Ularning mardligi va matonati oldida bir umr boş egamiz.
Husan YÖLDOŞEV,
Amudaryo xizmat körsatiş va servis kasb-hunar kolleji "Kamolot” sardori.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶