21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 08:28
Fan va taʼlim 👁 336

Maktablarning maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari va amaliyotchi psixologlari uchun seminar-trening tashkil etildi

Maktablarning maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari va amaliyotchi psixologlari uchun seminar-trening tashkil etildi

Yaqinda Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 38-sonli umumtaʼlim maktabida tumandagi umumtaʼlim maktablarining maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari va amaliyotchi psixologlari uchun seminar-trening mashgʻulotlari tashkil etildi.

Prezidentning 2025-yil 3-yanvar kungi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan seminar yoshlar orasidagi salbiy xulq-atvorni bartaraf etish va ijtimoiy meʼyordan ogʻish holatlarining oldini olishga qaratilgan amaliy yoʻnalishlarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi tashxis markazi metodisti Gulbahor Yusupova, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi masʼul xodimi Erkin Nurtayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻlikni saqlash vazirligi masʼul xodimi Oyimxon Davlatmuratova, tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻash Shomurotov va boʻlim metodisti Nurbek Seytboyevlar ishtirok etdi.

Seminarda turli mavzular muhokama qilindi. Xususan, voyaga yetmagan oʻquvchi-yoshlar orasida ijtimoiy meʼyordan ogʻish holatlarini yuzga keltiruvchi omillar, bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga doir qonunchilik va salbiy xulq-atvorning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha maktab psixologi ish rejasiga muvofiq amalga oshiriladigan vazifalar qamrab olindi.

Oʻzbekiston Respublikasi tashxis markazi metodisti Gulbahor Yusupova mashgʻulot davomida voyaga yetmagan yoshlar orasidagi ijtimoiy meʼyordan ogʻish holatlarini keltiruvchi omillarni atroflicha tushuntirib oʻtdi. Ayniqsa, oilaviy omillarning — ota-onaning eʼtiborsizligi yoki zoʻravonligi, oilaviy nizolar va ajralishlarning yoshlarga qanday taʼsir koʻrsatishini taʼkidlandi. Shunga qoʻshimcha ravishda, oʻqituvchilarning eʼtiborsizligi yoki adolatsizligining ham yoshlarning salbiy xulq-atvoriga taʼsiri mavjudligiga eʼtibor qaratilib, maktab va taʼlim tizimi bilan bogʻliq muammolar ham qayd etildi.

Mutaxassis salbiy xulq-atvorning oldini olish va bartaraf etishda samarali usullarga toʻxtaldi. Mazkur usullar oila, maktab va jamoada muhabbatga asoslangan muhitni barpo etish, toʻgʻri tarbiya berish va namuna boʻlish kabi muhim omillarni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, bolalarni sport, sanʼat yoki fanga jalb qilish orqali salbiy xatti-harakatlarning oldini olish mumkinligini qayd etildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi masʼul xodimi Erkin Nurtayev tomonidan bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishning muhimligini taʼkidlandi. Bolalarni jismoniy, ruhiy, jinsiy, zoʻravonlik, ekspluatatsiya va bullingdan himoya qilish uchun mamlakatda belgilangan asosiy yoʻnalishlar koʻrsatildi.

Seminar davomida taʼlim va tarbiya sohasidagi mutaxassislar, psixologlar va masʼul xodimlar hamkorlikda yoshlar orasidagi salbiy xulq-atvorning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha amaliy tavsiyalar berishdi. Shu bilan birga, oʻqituvchilar va ota-onalar uchun maxsus treninglar tashkil etish, yoshlar oʻrtasidagi ijtimoiy faollikni oshirishga qaratilgan tadbirlar olib borish boʻyicha yangi takliflar bildirildi. Tadbirning yakunida, bolalarning huquqlarini himoya qilish, ularning hayoti va salomatligini saqlash boʻyicha yanada keng qamrovli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bu kabi tadbirlar yoshlarga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarni bartaraf etish va kelajakda hammamiz uchun barqaror va xavfsiz muhitni taʼminlash uchun muhim ahamiyatga ega. Seminarda berilgan amaliy tavsiyalar va yoʻnalishlar yoshlarning ijtimoiy muammolarini bartaraf etish va ularning kelajagini yaxshi yoʻnalishda shakllantirishga katta hissa qoʻshadi.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026