21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 10:02
Jamiyat 👁 405

Ming oylik dovondan oshgan umrning serhosil mevalari

Ming oylik dovondan oshgan umrning serhosil mevalari

Oqar daryo misoli umrning har bir qatrasidan yaxshilik, halol mehnat ortidan sermeva bogʻlar yaratish, hayot sahifalariga goʻzal amallar, chiroyli nom yozib, asrlarga tatigulik kitob qoldirish mumkin ekan. Butun umri, mehnat faoliyati davomida halollikni shior etib, nafaqat oʻzi va oilasining manfaati uchun, balki jamiyat rivoji, xalq farovonligini taʼminlash bel bogʻlagan Hazrati Insonlar bor ekan, bugunimiz kechagi kunimizdan, ertamiz bugunimizda farovonroq boʻlib boraveradi... Ha, soʻz qudratini chuqur anglagan inson bu maʼnolarning zalvorli yukini his etgani kabi, uning mazmunidagi umrni yashab oʻtish ham oson emasligini yaxshi biladi. Shu sababdirki, hayot yoʻli va mehnat faoliyati bilan bunday sermazmun kitob bitish hammaga ham nasib etavermaydi.

Oʻzida yuksak maʼnaviyatni shakllantirgan, samarali mehnat faoliyati va insoniy fazilatlari bilan el-yurt hurmatiga sazovor boʻlgan inson — Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan kommunal, maishiy xizmat va savdo xodimi, tadbirkor Tursunboy Ahmedovning ming oylik dovondan oshgan umr sahifalarida ham ulkan bogʻning goʻzal manzaralarini koʻramiz.

Oʻtgan asrning 41-yili, bahorning ayni kunlarida Amu elining Xitoy qishlogʻida muqaddas zamin tuprogʻiga ildiz otgan koʻchat — Tursunboy ota Ahmedov bugun umrining 84-bahorida ham koʻnglidagi yoshlarga xos gʻayratu zavq bilan, hayotga ishtiyoq, muhabbat bilan yashamoqda. Bu insonning barkamol shaxs sifatida shakllanishida mehnatga boʻlgan muhabbat, halollik va masʼuliyat kabi fazilatlarning oʻrni beqiyos.

Qahramonimiz qariyb 40-yildan buyon “Mangʻit” MChJga rahbarlik qilib kelmoqda. Dastlab faqat toʻrt turdagi maishiy xizmat koʻrsatish bilan faoliyat boshlagan jamiyat, bugungi kunda aholiga keng qamrovli xizmat turlarini taqdim etayotgan zamonaviy markazga aylangan. Xususan, maishiy texnika taʼmiri, payvandlash, temirchilik, vulkanizatsiya, sartaroshlik, tikuvchilik va boshqa yoʻnalishlarda aholiga sifatli xizmat koʻrsatmoqda. Jamiyat nafaqat ishonchli xizmat koʻrsatadi, balki koʻplab insonlar uchun sevimli ish joyi, kasbga muhabbat uygʻotuvchi maskan, ustoz-shogird anʼanalarining yorqin namunasidir.

Tursunboy otaning rahbarlik fazilatlari va bilimdon tadbirkorligi tufayli mazkur korxonada faoliyat yuritayotgan har bir mutaxassis oʻz sohasining ustasi. Masalan, sartarosh Shuhrat Bozorboyev Oʻzbekiston Sartaroshlar Assotsiatsiyasi koʻrgazmasida ishtirok etib, 3-oʻringa sazovor boʻlgan. Bugungi kunda Tursunboy otaning nevarasi Asadbek ham sartaroshlik sohasida mehnat qilib, bobosi kabi xalqimizga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, Asadbek har bir ishni pishiq-puxta bajarishga intiladi va jamiyatning ijrochi direktori sifatida ham faoliyat olib bormoqda.

Tursunboy ota — hayotda soddadil, samimiy, oʻz ishining puxta mutaxassisi, masʼuliyatli va xalqchil inson sifatida yurtdoshlarimiz mehrini qozongan. U mehnatsevarlik, shukronalik va haqgoʻylikni inson tabiatidagi eng ulugʻ fazilatlar deb biladi. “Shukr qilmaydigan, mehnatdan qochadigan insonni hech qachon tushunmayman”, degan soʻzlari uning hayotga, odamlarga boʻlgan munosabatini yaqqol aks ettiradi. Yana, qahramonimiz oʻz taʼbiri bilan aytganda: “Tuyani hazm qilib ham ishtahasi bosilmaydigan kimsalarni jamiyatni kemiruvchi illat deb biladi”.

Tursunboy ota — nafaqat tadbirkor, balki sanʼat va adabiyot muxlisi, maʼnaviyat targʻibotchisi sifatida ham keng jamoatchilik orasida tanilgan. Turli davrlarda ijod etgan hofiz va shoirlarning asarlarini tinglab, ulugʻ badiiy merosni asrab-avaylash, uni yosh avlodga tavsiya etish — uning maʼnaviy dunyosida muhim oʻrin tutadi.

U inson doʻst tanlash, insonlarni qadrlash, tinglash, turli yosh va kasb egalari bilan samimiy muloqot qilish, ular bilan chuqur munosabat oʻrnatishda ham ibratli shaxs. Doʻstlari orasida hojilar, yosh sportchilar, hunarmandlar va rahbarlar ham bor. Bu uning har sohada bilimdon va samimiy inson ekanligini koʻrsatadi.

Saxovatpeshalik ham Tursunboy ota Ahmedov siymosida namoyon boʻladigan muhim fazilatlardan. Muhtoj insonlarga kishi bilar-bilmas qoʻlidan kelgan yordamini ayamaydi. 2020-yilda — koronovirus infektsiyasi keng tarqalgan davrda Umra ziyorati uchun jamgʻargan mablagʻini ehtiyojmand insonlar koʻnglini obod qilish yoʻlida ehson qilgani ham uning qalbi keng, yuragi mehrga toʻla inson ekanini tasdiqlaydi.

Tursunboy ota mamlakatda olib borilayotgan islohotlarga befarq emas. Yangiliklarni diqqat bilan kuzatadi, qoʻllab-quvvatlaydi. Zamon bilan hamnafas, xalq dardi bilan yashaydi, yurt roziligini ulugʻ maqsad deb biladigan fidoyi insonlardan biri hisoblanadi.

Tursunboy otaning halol mehnati va fidoyiligi bilan yaratgan umr bogʻi bugun oʻz mevasini bermoqda. Bu bogʻdan nafaqat farzandlari, nevara-chevaralari, shogirdlari va doʻstlari, balki butun el bahramand boʻlmoqda. Undan tarbiya olgan oʻgʻil-qizlari, taʼlim olgan shogirdlari, uning yoʻl-yoʻriqlari bilan faoliyatini yuksak choʻqqilarga olib chiqqan tadbirkorlar bu bogʻning bunyodkori va bogʻbonidan bir umr minnatdorlar. Uni tangan, suhbatidan bahra olgan, tajribasidan oʻrganish baxtiga muyassar boʻlgan har bir inson, albatta, ruhlanadi, ibrat oladi.

Shunday nurli hayotni barpo etgan, atrofidagilarga ezgulik ulashgan, oʻz umrini xalq xizmatiga bagʻishlagan Tursunboy Ahmedovga yana ming oy umr tilaymiz!

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026