Tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan huquqiy asoslar keng tuşuntirildi
6-may kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida tuman tadbirkorlari bilan deputatlar uçraşuvi taşkil etildi. Unda Qoraqalpoğistondagi tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida qabul qilingan Prezident Farmon va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan joriy etilgan imtiyozlar yuzasidan batafsil maʼlumotlar berildi hamda tadbirkorlarning fikr-mulohazalari, murojaat va muammolari tinglandi.
Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesiga Amudaryo tumanidan saylangan deputatlar Sanobar Xöjamurodova, Anvar Xolimbetov, Ilhom Polvonov, Ğulomjon Yeşniyozov, Alimbay Atabayev va Quvonçboy Boymurodovlar iştirok etişdi. Şuningdek, hokim yordamçilari, mahalliy tadbirkorlar hamda masʼul mutasaddilar ham yiğilişda qatnaşdilar.
Deputatlar tomonidan tadbirda işbilarmonlarga berilayotgan huquqiy va iqtisodiy imkoniyatlar, ularni amaliy hayotga tatbiq etiş mexanizmlari, şuningdek, mavjud imtiyozlardan samarali foydalaniş yöllari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Xususan, deputatlar Sanobar Xöjamurodova, Ğulomjon Yeşniyozov va Ilhom Polvonovlar öz maʼruzalarida tadbirkorlarga amaldagi hujjatlar bilan berilgan imkoniyatlar va imtiyozlar haqida atrofliça töxtalib ötdilar. Taʼkidlanganidek, köpgina tadbirkorlar uşbu imtiyozlardan töliq foydalaniş imkoniga ega bölsa-da, maʼlum sabablarga köra, ulardan xabardor emas yoki töğri foydalana olmayapti. Bu esa hududdagi tadbirkorlik faoliyatini kengaytirişga tösqinlik qilmoqda.
Uçraşuvda Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan bir qator muhim Farmon va Qarorlarda nazarda tutilgan imtiyozlar mazmunini atrofliça tuşuntirildi. Xususan, 2022-yil 31-avgustdagi Prezident Farmoniga asosan, 2028-yil 1-yanvargaça Nukus şahridan taşqari barça hududlarda faoliyat yurituvçi tadbirkorlarning foyda soliği, aylanmadan olinadigan soliq, mol-mulk va yer soliqlari stavkalari ikki barobar kamaytirilgan. Şu bilan birga, ijtimoiy soliq 1 foiz miqdorida tölanadi.
Şuningdek, qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalari elektron auktsion orqali 50 foizga kamaytirilgan boşlanğiç baholarda savdoga çiqarilişi, bu esa tadbirkorlarga yer resurslariga ega bölişni osonlaştirişi qayd etildi.
2023-yil 8-avgustda qabul qilingan Farmonga muvofiq, kiçik va yoşlar sanoat zonalarida investitsiya majburiyatlarini bajargan tadbirkorlarga yer uçastkalari, binolar xususiylaştirib berilişi mumkin. Bu orqali yoşlar va yangi biznes subʼektlari öz faoliyatini barqaror rivojlantiriş imkoniga ega bölmoqda.
Şu bilan birga, davlat mulki hisoblangan binolar 3 oy davomida sotilmagan taqdirda, ular elektron tanlov orqali eng yaxşi taklif bildirgan talabgorga investitsiya kiritiş majburiyati bilan berilişi belgilangani ham tadbirkorlar uçun katta imkoniyatdir.
2020-yil 11-noyabrdagi Prezident qaroriga asosan, Qoraqalpoğistondagi oğir şaroitdagi 45 mahallada xizmat körsatiş sohasida yangidan taşkil etilgan tadbirkorlik subʼektlari 2026-yil 1-yanvargaça bir qator soliqlardan – foyda, yer, mol-mulk, aylanma va yakka tartibdagi daromad soliğidan ozod etilgan. Bu kabi yengilliklar işsizlikni kamaytiriş va xizmat körsatiş sifatini oşirişga qaratilgan muhim qadamdir.
2022-yil 30-maydagi qarorga köra, Qoraqalpoğiston hududidagi böş turgan davlat köçmas mulk obʼektlarini 2027-yil 1-yanvargaça bölib tölaş şarti bilan xarid qiliş imkoni mavjud. Şuningdek, 3 oy içida tölov töliq amalga oşirilganda, narxning 25 foizigaça çegirma berilişi ham nazarda tutilgan. Bu esa tadbirkorlarni moliyaviy jihatdan qöllab-quvvatlaşning samarali usuli hisoblanadi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-maydagi Qaroriga muvofiq Qoraqalpoğistonda uç yulduzli toifaga ötkaziladigan mehmonxonalarning har bir xonasi uçun Turizmni qöllab-quvvatlaş fondi hisobidan 20 million söm miqdorida subsidiya ajratilişi belgilangan.
Muloqot davomida tadbirkorlar nafaqat qonuniy imtiyozlar töğrisida aniq va işonçli maʼlumotlarga ega böldilar, balki özlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar ham olişdi. Tadbir davomida köplab tadbirkorlar tomonidan amaliy takliflar berildi va ularning ijobiy hal etilişiga eʼtibor qaratildi. Deputatlar va mutasaddilar har bir murojaatni diqqat bilan eşitib, huquqiy tuşuntirişlar berdi va tegişli yönalişlar böyiça tavsiyalar taqdim etdilar.
Aytiş mumkinki, mazkur uçraşuv Qoraqalpoğistonda tadbirkorlarini qöllab-quvvatlaş, ularga yaratilgan imkoniyatlar haqida aniq va manzilli axborot yetkaziş, muhokamalar orqali amaliy yeçimlar işlab çiqişda muhim ahamiyat kasb etdi. Uşbu taşabbuslar mahalliy işbilarmonlik muhitini yaxşilaş, iqtisodiy faollikni oşiriş va hududiy taraqqiyotga hissa qöşişda katta zamin yaratadi.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶