22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 01:27
Jamiyat 👁 336

HAYoT QADRI

HAYoT QADRI

Bolaligimizda hali juda keksaymasalar-da hassaga, qoʻltiqtayoqlarga tayangan amakilar koʻp boʻlardi. Ular orasida bir oyogʻi, qoʻli yoki ikkala oyogʻi yoʻqlari, hatto koʻzlari ojizlari ham bor edi. Lekin ana shu mayib-majruh insonlar hech qachon nolimas, kindik qoni tomgan aziz Vatanlariga qaytib, yaqinlari diydorlariga musharraf boʻlganlaridan mamnun yashardilar. Biz bolalar uchun ularning hikoyalari, insonlarni ezgulikka daʼvat etuvchi shukronalarga toʻla suhbatlari, mehr balqib turgan shirin muomalalari qalblarimizda ularday jasoratli va matonatli boʻlishga moyillik uygʻotardi.

9-may – fashizm ustidan qozonilgan Buyuk Gʻalaba haqida soʻzlaganlarida yuzlari nurlanib, koʻzlari chaqnab ketar, Ikkinchi Jahon urushini qoʻzgʻaganlarni laʼnatlab, janggohlarda qahramonlarcha halok boʻlgan quroldoshlarini oʻtli sogʻinch bilan yodga olishardi. Nazarimda ular juda hayotsevar insonlar edilar.

Urushning ogʻir asoratlari, jarohatlari bilan yashab oʻtgan choykoʻllik Chorsham bobo Siytakov, Sobir bobo Shomurodov, Doʻsman bobo Xudoyberganov, Toʻra bobo Davletov, Yoʻldosh bobo Pirniyozov, mangʻitlik Sobir bobo Allamberganov, Yoʻldosh Fayzullayev, Jumamurod Chorshamov, Yoʻldosh Qurbonov, Jumamurod Rajabov, qilichboylik Hayitboy Omonov, Rajab Bobojonov... Yaqin-yaqinlargacha ular koʻpchilik edilar.

Urush dahshatlarini, ogʻir asoratlarini metin irodalari bilan yengib, umrining har bir daqiqasiga shukronalar aytib yashagan bu insonlarning bosib oʻtgan umr yoʻllari har birimiz uchun tom maʼnoda mardlik, matonat va jasorat, vatanparvarlikning buyuk timsoli sifatida aziz va tabarruk. Shuning uchun ham tabarrukki, biz, bugungi avlod vakillari ana shu fidoyi insonlar umrlarining jangovar sahifalari bilan tanishish orqali Alloh tomonidan hadya etilgan hayot qadr-qimmatini, yashash gashtini toʻlaqonli idrok etishni oʻrgandik. Ziddiyatlarga toʻla dunyoda hayotdan, salomatlik va insonlararo mehr-oqibatdan ham ulugʻroq neʼmat yoʻqligini anglab yetdik.

Ona Yurt tinchligi, xalqlar, millatlar birdamligi uchun oʻzlarining yoshligini, hatto jonlarini fido qilib yashagan Ikkinchi Jahon urushi ishtirokchilari boʻlgan, kechagina biz bilan bir havodan nafas olib, majruh vujudlar va majruh qalblari bilan hayotga intilib, hayot qadrini oshirib yashagan bobolarimiz bugun oramizda yoʻq. Ulardan bugun bizga jangovar xotiralar, suratlarga muhrlangan nurli qiyofalar, ularni sogʻinib, qoʻmsab yashayotgan avlodlar, tinch va osuda Vatan qoldi...

Mangʻit shahrining A.Navoiy nomli mahallasida millatlar, xalqlar doʻstligidan ostonasi munavvar, biri-biridan bilimdon, halol va mehnatsevar farzandlar kamolidan el-yurtga nur taratgan kamtargina, bahavo bir xonadon bor. Garchi xonadon sohibi bu yorugʻ olamdan oʻtib ketganiga ancha vaqt boʻlsa-da, bu soʻlim goʻshani mangʻitliklar hamon alohida ehtirom bilan: “Jumamurod pasportstolning xonadoni” deb atashadi.

Ikkinchi jahon urushi ishti­rokchisi, urushdan ke­yin­gi butun hayotini xalq osoyishtaligini saqlashdek sermashaqqat kasbga bagʻish­lab yashagan Jumamurod ota Rajabov, hayotliklarida bir soʻzli, choʻrtkesar, oʻz vazifasiga nisbatan nihoyatda fidoyi va halol, qatʼiyatli bu inson bilan koʻp bora muloqotda boʻlganim boisidan har gal otaxonning 9-may – Xotira va qadrlash kuni – fashizm ustidan qozonilgan Buyuk Gʻalaba bilan bogʻliq xotiralari yodimga tushadi.

Jumamurod Rajabov 1942-yilning noyabrida, 40-oʻqchilar polki safida, minomyotchi sifatida qoʻliga ilk qurol olib, urushga kirganida endigina 18 yoshga toʻlgan nav­qiron yigit edi. Koʻz oʻngida xoʻrlanayotgan begunoh ayollar, yonib, kultepaga aylangan qishloqlar, bemavrid yetim qolib, mamlakatning turli taraflariga toʻz-toʻz boʻlib ketgan bolalar, evakuatsiya eshelonlari ortidan majolsiz qoʻl silkitib qolayotgan qariyalar, dushman oʻqidan halok boʻlgan quroldosh doʻstlari haqida soʻzlaganlarida otaxonning ovozlari titrab ketardi:

– Vayronkor urushning har bir lahzasi insoniyat boshiga balo-qazo yogʻdirardi. Fashizmning dahshatli jinoyatlarini dunyo hech qachon kechirmaydi, bu dahshatlar haqida soʻzlash juda ogʻir, shuning uchun ham men bir necha marta yaralansam-da, qayta-qayta jang maydoniga qaytdim. Oʻzimga-oʻzim soʻz berdim: “toki qoʻlimda qurol tutguday holim bor ekan, fashist zotini oʻz uyida yanchmaguncha ortga qaytmayman!” – deb...

Jumamurod Rajabovning niyatini Alloh qoʻlladimi, u haqiqatdan ham Gʻalaba onlarini Germaniya tuprogʻida kutib oldi. Bungacha u matonatli minomyotchi sifatida Moskva ostonasidagi ayovsiz janglarda mardlik va jasorat namunalarini koʻrsatdi. Tarixga “Kursk yoyi” nomi bilan kirgan front okoplarida dushmanga qarshi ayovsiz janglarda ishtirok etdi.

Oʻzi aytganiday, bir necha marta qoʻlidan, oyogʻidan ogʻir yaralangan Jumamurod Rajabov maʼlum muddat davolangach, yana va yana jang maydoniga qaytdi. Janglardagi mardligi va mislsiz jasorati tufayli Oliy Bosh Qoʻmondonlik tomonidan 1- va 2-darajali Vatan urushi ordenlari, 1-2-3-darajali “Mukammal xizmatlari uchun” medallari va koʻplab jangovar medallar bilan mukofotlandi.

18 yoshida jangga kirgan navqiron yigit 25 yoshigacha, 1947-yilga qadar urush tufayli vayronaga aylangan shahar va qishloqlarni tiklash, qayta qurish ishlarida ishtirok etdi. Ona shahri Mangʻitga qaytgach, avval oʻsha paytdagi Xorazm viloyati Mangʻit tuman FHDYo boʻlimi boshligʻi, ke­yinchalik mazkur tuman IIB boshligʻining oʻrinbosari, Amudaryo tuman IIB pasport boʻlimi boshligʻi, tuman IIB qoʻriqlash boʻlimi boshligʻi lavozimlarida faoliyat olib bordi.

Hayotining bir nurli kunida u urush tufayli Oʻzbekis­tonga Qozon shahridan evakuatsiya qilingan Daniya Sayfutdinova ismli tatar millatiga mansub qiz bilan uchrashdi va nihoyatda oqila, goʻzal Daniya bilan turmush qurishdi. Oʻzaro ahil va baxt­li bu nikoh tufayli Alloh Jumamurod Rajabov bilan Daniya Sayfutdinovaga biri-biridan shirin 10 nafar oʻgʻil-qizni ato etdi.

Kasbi oʻqituvchi boʻlgan "Qah­ramon ona" Daniya Fattahovna tumandagi 1-sonli maktabda yosh avlodga taʼlim-tarbiya berish bilan birga oʻz farzandlarini ham umr yoʻldoshi bilan birgalikda el-yurtga munosib insonlar sifatida tarbiya­lab, voyaga yetkazdi. Bugungi kunda bu oiladan katta hayotga uchirma boʻlgan 10 farzand, 31 nevara, 74 chevara, 5 nafar evaralarning barchasi elda obroʻ-eʼti­borli shifokor, oʻqituvchi, davlat va jamoat xizmati fidoyilari.

– 9-may, Gʻalaba, Xotira va qadrlash kuni atamalari men uchun juda aziz va qadr­li, – deydi Jumamurod Rajabovning suyukli qizi, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi, taʼlim va mahalla faxriysi Zebo Rajabova. – Biz farzand­lar uchun otamning hayoti haqiqiy ibrat maktabi edi. Biz otamdan avvalo halollik, oilaparvarlik, Vatanparvarlik va mehnatsevarlikni meros qilib oldik. Uning butun hayoti barchamiz uchun chin maʼnodagi ibrat va toblanish maktabi vazifasini oʻtadi va doimo shunday boʻlib qoladi. Har gal Toshkent shahriga borganimda Mustaqillik maydonidagi Xotira kitobining Qoraqalpogʻiston boʻlimida otamning nomi yozilgan sahifalarini qalbimda faxr-u iftixor bilan oʻqiyman.

Suratda: Jumamurod Rajabov (pastki qatorda oʻngdan birinchi) quroldosh doʻstlari va QR IIV faollari bilan.

Jamiyatimizda shunday oilalar bor: arzimagan sabab­lar bilan jigarbandlar biri-biriga tosh otib yashashadi, pul, boylik ortidan quvib, hayot deb atalmish goʻzal xilqatning qadrini moddiyatlar bilan oʻlchashga intilishadi. Jumamurod otaning ortida chirogʻini yoqib qolgan avlodlari esa tamoman boshqacha – otalari bosib oʻtgan mashaqqatli hayot yoʻllaridan maʼno-mazmunlar topib, el-yurtga qayi­shib, mehr nurlarini ulashib yashaydilar. Chunki ular adolat va xalqlar ozodligi uchun janggohlarda qon kechib, hayot qadrini boshida baland tutib, Vatan, xalq osoyishtaligi uchun umrini baxshida etib yashagan fidoyi insonlarning avlodlari!

Azizlar, atrofingizga boqing: hayot naqadar goʻzal, insonlarning chehralari gulgun. Ana shu goʻzallik va toʻkislikni bunyod etishda fidoyilik qilgan, tinchlik uchun jonlarini tikkan, Ikkinchi Jahon urushida misl­siz qahramonlik koʻrsatgan yurtdoshlarimiz, ular qatorida mangʻitlik “Jumamurod pasportstol” bilan kechagina bir havodan nafas olib yashaganimiz, ana shu fidoyi inson suhbatlaridan bahramand boʻlganimiz ham biz uchun ibrat.

Biz urush koʻrmadik, urush koʻrganlarni koʻrdik, ularning chekkan azob-uqubatlariga sherik boʻldik va... hayot qadrini yurakdan idrok etishni oʻrgandik. Bugun esa ana shu fidoyi insonlarning farzandlari, avlodlari bilan oso­yishta, tinch zamon nafasini his etib yashash baxtiga musharrafmiz. Ilohim, Vatanda tinch­lik neʼmati mangu, osoyishta, nurli hayot qa­d­ri hamisha baland boʻlsin!

Robiya YOʻLDOShEVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026