21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 08:27
Fan va taʼlim 👁 413

45-sonli umumtaʼlim maktabida “Kasbiy rivojlanish soati” mashgʻulotlari oʻtkazildi

45-sonli umumtaʼlim maktabida “Kasbiy rivojlanish soati” mashgʻulotlari oʻtkazildi

Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 45-sonli umumtaʼlim maktabida “Kasbiy rivojlantirish soati” loyihasi doirasida oʻqituvchilar uchun amaliy mashgʻulot — ochiq dars tashkil etildi. Bunday tadbirlar oʻqituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, yangi innovatsion taʼlim usullari bilan tanishtirish va pedagogik faoliyatni takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega. Ochiq darsda boshlangʻich sinf oʻqituvchilari faol ishtirok etdi.

Tadbirda metodik yondashuvlar va didaktik oʻyinlar orqali taʼlim jarayonining samaradorligini oshirishga eʼtibor qaratildi va zamonaviy taʼlim usullari va metodik yondashuvlar namoyish qilindi. Oʻqituvchilarga oʻz bilimlarini yangilash, innovatsion oʻquv vositalari bilan tanishish va ularni oʻz darslarida qoʻllashga ishtiyoqni oshirishga qaratilgan faoliyatlar olib borildi. Shu bilan birga, pedagogik faoliyatning samaradorligini oshirishga katta eʼtibor berildi, bu esa taʼlim jarayonida oʻquvchilarni faol va qiziqarli tarzda oʻqitish imkoniyatlarini yaratadi.

Tadbirda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, yetakchi pedagog Dilfuza Abdurahmonova oʻzining boy tajribasi va metodik yondashuvlari orqali hamkasblari bilan tajriba almashdi. Mashgʻulot davomida oʻqituvchilarga taʼlimga universal dizayn moduli asosida yondashuv namoyish etildi. Mazkur metod sinfdagi har bir oʻquvchining individual xususiyatlarini hisobga olishga qaratilgan boʻlib, nafaqat boshlangʻich sinfda, balki butun taʼlim tizimida tobora keng qoʻllanilmoqda.

Ochiq darsda, shuningdek, matematikani oʻqitishda yangi va innovatsion usullar namoyish qilindi. Dilfuza Abdurahmonova “Baliq ovi”, “Sehrli sandiq” va “Issiq choy” kabi taʼlim-tarbiya oʻyinlaridan foydalanib, taʼlim jarayonini qanday jonli va qiziqarli qilish mumkinligini koʻrsatdi. Ushbu metodlar oʻqituvchilarni oʻz darslarida didaktik oʻyinlarni qoʻllashga ilhomlantirdi. Didaktik oʻyinlar yordamida darsning samaradorligi va oʻquvchilarning mavzuga boʻlgan qiziqishi oshadi. Oʻqituvchilar shu orqali oʻquvchilarning taʼlimga boʻlgan qiziqishini qanday oshirish mumkinligini oʻrgandilar.

“Kasbiy rivojlanish soati” mashgʻulotlari pedagoglar oʻrtasidagi oʻzaro tajriba almashish, ilgʻor pedagogik usullar bilan tanishish va amaliy koʻnikmalarni mustahkamlashga xizmat qilyapti. Har haftaning shanba kuni bayramona ruhda oʻtkaziladigan ushbu tadbirlar oʻqituvchilarni yangi bilimlar bilan tanishtiradi va ularga innovatsion yondashuvlarni qoʻllash imkoniyatini yaratadi. Oʻqituvchilar oʻzaro tajriba almashib, oʻz ishlarida yangiliklardan boxabar boʻlishadi. Bu, oʻz navbatida, taʼlim tizimining rivojlanishiga, oʻquvchilar uchun sifatli taʼlimni taʼminlashga yordam beradi.

Dilfuza Abdurahmonovaning pedagogik malakasi va yangi metodlarni oʻrganishga undovchi yondashuvi, shuningdek, bolalar psixologiyasini chuqur anglashga asoslangan pedagogik yondashuvi hamkasblari uchun ibrat boʻlib xizmat qilyapti. Bu kabi tajriba almashish oʻqituvchilarning oʻz ishlariga yondashuvlarini yaxshilash, ularga metodik jihatdan yangiliklarni oʻzlashtirishga yordam beradi. Ochiq darslar pedagoglarning kasbiy rivojlanishiga va pedagogik faoliyatning samaradorligini oshirishga katta hissa qoʻshdi.

Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun tashkil etilgan bunday mashgʻulotlar oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini yanada oshirishda muhim vosita boʻlishi shubhasiz.

Sevinch Oʻmirboyeva, Oʻzbekiston jahon tillari universiteti talabasi, tahririyat amaliyotchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026