21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 08:27
Fan va taʼlim 👁 319

40-SONLI MAKTABDA “XAYR, BIRINChI USTOZIM!” DEB NOMLANGAN ADABIY-MUSIQIY TADBIR OʻTKAZILDI

40-SONLI MAKTABDA “XAYR, BIRINChI USTOZIM!” DEB NOMLANGAN ADABIY-MUSIQIY TADBIR OʻTKAZILDI

Insonning shaxs sifatida shakllanish jarayoni uning bolalikda olgan boshlangʻich taʼlimi sifatiga bogʻliq. Chunki yosh nihol quyosh nuriga qarab oʻsganiday, murgʻak qalbli bolajonlar ham ilm nuriga yoʻgʻrilgan ustoz taʼlimidan bahra olib ulgʻayadilar. Ustozlari suhbati ularni turli moʻʼjizalar olamiga yetaklaydi, mantiqiy fikrlashga, hayotiy xulosalar chiqarishga, oʻz oldlariga aniq maqsadlar qoʻyish va ana shu maqsadlari roʻyobi uchun intilib yashashga oʻrgatadi. Shu bois, bola qoʻliga ilk qalam tutqazib, oʻqish-yozishni oʻrgatgan, qalblarida shirin orzular uygʻotib, ularni ezguliklar sari ruhlantirgan birinchi ustozlarini ajib mehr-muhabbat bilan yaxshi koʻradilar. Ayni kunlarda umumtaʼlim maktablarida, “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari arafasida boʻlib oʻtayotgan boshlangʻich sinflar bitiruvchilarining “Xayr, birinchi ustozim!” deb nomlangan xayrlashuv kechalarida bu yaqqol namoyon boʻlmoqda.

Amudaryo tumanidagi 40-sonli maktabning 4-“v” sinfi oʻquvchilari va ularning ota-onalari uchun joriy yil 19-may sanasida boʻlib oʻtgan “Xayr, birinchi ustozim!” mavzusidagi adabiy-musiqiy kecha biri-biridan yorqin taassurotlar baxsh etdi. Xayrlashuv kechasida maktabning boshlangʻich sinflar oʻqituvchilari, 4-“v” sinf oʻquvchilariga taʼlim bergan ustozlari hamda ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

Avvalo shuni alohida aytish joizki, tadbir oʻtkaziladigan xona oʻquvchilarning toʻrt yil davomida erishgan yutuqlari, bilim va koʻnikmalarini oʻzida mujassam etgan koʻrgazmali vositalar, turfa bahor gullari, suratlar va albomlar, ustozlarni sharaflovchi jarangdor shiorlar bilan bezatilgani ishtirokchilarga joʻshqin kayfiyat bagʻishladi.

Joriy oʻquv yilida maktabning 4-“v” sinfini 33 nafar oʻquvchi bitirishmoqda. Biri-biridan iqtidorli va epchil oʻquvchilar taʼlimda ham, sportda va jamoat ishlarida ham doimo faol. Ular orasida maktab va tuman miqyosida anʼanaviy tarzda oʻtkazilib kelinayotgan turli koʻrik-tanlovlar, boshlangʻich sinf oʻquvchilari orasida boʻlib oʻtgan fanlar olimpiadalari ishtirokchilarining gʻolib va sovrindorlari bor. Ayni paytda mazkur sinfning eng aʼlochi oʻquvchilari Prezident maktabiga oʻqishga kirish uchun tayyorgarlik koʻrishmoqda.

“Xayr, birinchi ustozim!” – xayrlashuv kechasida 4-“v” sinfning barcha oʻquvchilari faol qatnashdilar. Ular jam boʻlishib, Vatan, ustoz va tinchlik-totuvlikni madh etuvchi sheʼrlar aytishdi, ilm va aql-idrokning xosiyatlari, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat koʻrsatish odamiylikning eng oliy belgisi ekanligi haqidagi ibratli maqol va hikoyalari bilan milliy-maʼnaviy qadriyatlarning ahamiyati xususida toʻlqinlanib soʻzladilar. Ona Vatan va ustozlarga bagʻishlab kuylagan qoʻshiqlari, biri-biridan goʻzal va jozibali raqslari ishtirokchilarga zavq-shavq bagʻishladi.

Ayniqsa, ota-onalari uchun alohida tayyorlangan va mahorat bilan ijro etilgan, muhtarama onalar, aziz otalarni sharaflovchi qoʻshiqlardan ularning ota-onalari juda mamnun boʻlishdi va farzandlariga munosib taʼlim-tarbiya bergan, ularning xulqini ilm va goʻzal fazilatlar bilan ziynatlagan ustozlariga chin dildan minnatdorchilik bildirdilar.

Shu kuni boshlangʻich sinf bitiruvchilari yanada yangi va ulugʻvor orzular ogʻushida birinchi ustozlari bilan xayrlashdilar. Xayrlashuv onlarida sinf rahbari Muyassar Kamolova sevimli shogirdlariga yuqori sinflarda ham ahillik va ishtiyoq bilan oʻqib, bilim olishlari, ona Vatanga munosib, yuksak salohiyatli va maʼnaviyatli insonlar boʻlib voyaga yetishlari yoʻlida ezgu tilaklar bildirdi.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026