Eng namunali maslahatçi aniqlandi
Mamlakatimizda mahalla institutining nufuzini oşirişga qaratilgan keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda va uşbu noyob tuzilmaning jamiyat hayotidagi ahamiyati tobora oşib bormoqda.
Xususan, fuqarolar yiğinlari aholi farovonligini oşiriş böyiça ijtimoiy ahamiyatga ega davlat dasturlarining hayotga tatbiq etilişida ajralmas va muhim iştirokçi bölmoqda. Barkamol avlodni tarbiyalaş, soğlom turmuş tarzini şakllantiriş, oila institutini mustahkamlaş, hududlarda maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlaşda muhim örin egallamoqda.
Avvalo şuni aytiş kerakki, fuqarolar yiğinlarining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçilarining mahallalar hayotida tutgan örni ğoyat muhim.
Bu - tumanimizda ötkazilgan "Fuqarolar yiğinlarining eng namunali diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçisi” körik-tanlovida yaqqol ifodasini topdi.
Mazkur körik-tanlovda tumanimiz OFY va MFYlarida faoliyat yuritayotgan 47 nafar diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçilari faoliyati 1-şart böyiça 3 ta yönalişda tayyorlagan hujjatlari, şuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalaniş darajasi belgilangan mezonlarasosida joriy yilning 20-24-aprel kunlari taşkiliy qömita aʼzolari tomonidan bevosita joylarga borib örganilib, jami 100 ballik tizimda baholandi. Natijalarga köra, saralaş bosqiçida eng yuqori ball olgan 18 nafar diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçilar aniqlanib, tanlovning tuman bosqiçga yöllanmani qölga kiritgan edilar. Tanlovning tuman boqiçi 5-may kuni tuman Madaniyat va sport işlari bölimi binosida bölib ötdi.
Uşbu tadbirda "Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqaruvi raisi Qöjabay Yelmuratov, "Mahalla ziyosi” öquv markazi direktori Bahodir Yunusov, "Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqaruvi boş mutaxassisi Aruxan Kelimbetova, tuman taşkiliy qömitasi aʼzolari, davlat va jamoat taşkilotlarining rahbarlari, "Mahalla” fondi va hamkor taşkilotlarning masʼul xodimlari, tumanda mehnat qilayotgan mahalla faollari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnaşdi.
Hakamlar hayʼati tomonidan şartlarni baholaş oson bölmadi. Çunki, iştirokçilarning har biri nafaqat ğolib, balki mahallasining eng faol, yetakçi ayoli, taʼbir joiz bölsa fidoyi, jonkuyar onaxoni ekanligini aytib ötiş joiz. Natijalarga köra, Qangli ovul fuqarolar yiğini maslahatçisi Raʼno Ametova 3-örinni, Oybek nomli mahalla fuqarolar yiğini maslahatçisi Momojon Rahimova 2-örinni, Ayoqçi mahalla fuqarolar yiğini maslahatçisi Muborak Jumaniyozova faxrli 1-örinni egallab, tanlovning Qoraqalpoğiston bosqiçiga yöllanmani qölga kiritdi.
Gavhar ÇIMBAYÇIYeVA,
"Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi boş mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶