21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 07:32
Qishloq xoʻjaligi 👁 340

Oq oltin ovuli dalalarida qut-baraka nafasi ufurmoqda

Oq oltin ovuli dalalarida qut-baraka nafasi ufurmoqda

Amudaryo tumanining Oq oltin ovuli oʻzining yam-yashil tabiati, keng va serhosil dalalari, sermeva bogʻlari, mehnatkash xalqi hamda goʻzal manzaralari bilan bir bor mehmon boʻlgan inson qalbida umrbod ajoyib xotira boʻlib qoladi. Amudaryo sohilidan esib turuvchi mayin, salqin shabada tabiatning xushboʻy ifori bilan dimogʻingizga xush yoqadi, tanangizga kuch-gʻayrat, tetiklik bagʻishlaydi. Oʻpkangizni toʻldirib, toza havodan nafas olasiz. Jumurtov va Qoratov qir-tepaliklari bir qadam masofada, xuddi qarshingizda turganday tuyiladi.

Kun yorishib, quyosh osmonga bosh qoʻymasidan oldin, mirishkor dehqonlar va tadbirkor fermerlar oʻzlarining qadrdon dalalari tomon oshiqadi. Shu bois, Amudaryo tumanida yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, ayniqsa paxta va gʻallaning ilk hosil karvoni bayrami aynan Oq oltin zaminidan boshlanishi bejiz emas. Ovul odamlari uchun qishloq xoʻjaligi tirikchilik manbai boʻlish bilan birga turmush tarzi, hayot falsafasiga aylangan.

Dastlab Amudaryo tumanida joriy yil paxta va gʻalla yetishtirish boʻyicha qilinayotgan ishlarga eʼtibor qaratsak: joriy yilda “Eco teks” MChJ paxtachilik klasteri bilan tumandagi 348 ta fermer xoʻjaliklari 13 ming gektar yer maydonida paxta yetishtirish boʻyicha kontraktatsiya shartnomalari imzolashgan. Erta bahorda ekilgan chigit ayni kunlarda bir tekis unib, baravj rivojlanmoqda. Paxta maydonlarida tuproqni chuqur yumshatish, oʻgʻitlash kabi agrotexnik tadbirlar oʻz vaqtida amalga oshirilmoqda. Har gektardan oʻrtacha 44 tsentner yuqori sifatli paxta hosilini olish va umumiy hosil xirmonini 57 ming 220 tonnaga yetkazish koʻzda tutilgan.

Ayni paytda paxta maydonlarida ish qizgʻin tus olgan. Gʻoʻza qator oralariga dastlabki ishlov berish, oziqlantirish, gʻoʻzani yaganalash kabi agrotexnik tadbirlar sifatli amalga oshirilmoqda. Keng dala uzra esayotgan mayin shamol daryo va togʻ havosini ufuradi. Uzoqda qator-qator teraklar saf tortgan, yanada olisda esa togʻlar koʻzga tashlanadi. Musaffo osmon, ona zamin va inson mehnati uygʻunlashgan bu goʻzal manzara qalblarga shukronalik va ezgulik bagʻishlaydi. Nazarimda bu dalalarda hayot nafaqat moddiy, balki maʼnaviy mazmun kasb etadi.

Tumanda paxtadan tashqari, gʻalla yetishtirishga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Amudaryolik gʻallakor fermerlar “Qipchoq gʻalla klaster” MChJ bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari asosida joriy yilgi hosil uchun 6 ming gektardan ortiq yerda bugʻdoy yetishtirmoqdalar. Yaqin kunlarda hosil oʻrim-yigʻim ishlari boshlanadi. Dehqon yuzida shodlik ifodasi. Chunki keng gʻalla dalalarida pishib-yetilayotgan boʻliq bugʻdoy boshoqlari moʻl hosildan darak beradi. Vaqtida bajarilgan agrotexnik tadbirlar oʻz natijasini koʻrsatyapti.

Oq oltin ovuli hududida faoliyat yuritayotgan 14 ta fermer xoʻjaligi tomonidan joriy yilda 850 gektar yerga paxta, 25 gektarga esa bugʻdoy ekildi. Ekish jarayonlari sifatli, agrotexnik talablarga toʻliq rioya qilingan holda amalga oshirildi.

Paxta dalalarida yerni chuqur yumshatish, suspenziya qilish, mineral va mahalliy oʻgʻitlar bilan boyitish, shuningdek, zararkunandalarga qarshi kurashish kabi agrotexnik tadbirlar belgilangan muddatlarda, aniq reja asosida olib borildi. Mehnat natijalari allaqachon oʻz samarasini bera boshlagan.

Bugʻdoyzorlarda ham agrotexnik tadbirlar puxta reja asosida amalga oshirildi. Yerni ekishga tayyorlash, urugʻlik tanlash, vaqtida sugʻorish hamda ekinni turli zararkunandalardan asrash maqsadida bajarilgan ishlar hosildorlikni oshirishga xizmat qildi.

Oq Oltin ovulidagi fermer xoʻjaliklari orasida Mahmud Yusupov raisligidagi “Saragul Yoʻldosheva” fermer xoʻjaligi 62 gektar yerda paxta va gʻalla ekib, hosildorlikni oshirish uchun barcha imkoniyatlardan samarali foydalanmoqda. Shuningdek, Gʻulomjon Allaberganov raisligidagi “Sobirova Malika” fermer xoʻjaligi ham gʻalla, kartoshka va bogʻdorchilik sohalarida faoliyat yuritib, ovul farovonligiga oʻz hissasini qoʻshmoqda. Har bir ekin oʻz vaqtida, agrotexnik talablarga muvofiq yetishtiriladi.

Aholi bandligini taʼminlash maqsadida ovul yoshlariga ajratilgan dalalarda ham ish qizgʻin. Serunum tuproq dehqon mehnatiga munosib javob qaytaradi. Qay tarafga nazar tashlamang, mehnatsevarlik bilan uygʻun goʻzal manzaralar. Kartoshka ekilgan maydonlarda qaynoq mehnat nishonasi koʻzni quvontiradi. Egatlarni toʻldirgan turli ekinlar allaqachon hosilga kirgan. Yosh dehqonlar egatlarga ishlov berib, ona yer bagʻridan oʻz mehnatlari bilan undirayotgan ziroat salmogʻidan mamnun.

Pomidor ekilgan maydonlar ham gullab-yashnamoqda. Bu goʻzal manzaralarni koʻrib, dehqonning yuzidagi tabassumni, koʻnglidagi mamnuniyatni his etmaslik mumkin emas. Dalalarning boshqa chekkasida esa yerga bagʻir bosgan qovun va tarvuz palaklari hosilga kirgan. Qalin palaklar koʻzni quvnatadi, shodlik bagʻishlaydi. Har bir egat toʻkinlik va barakadan darak beradi goʻyo.

Fayzga toʻla olmazorlar ham hosil yukidan egilib turibdi. Yaqin kunlarda ertagi olmalar pishib, oilalar dasturxonlarini bezaydi. Ha, oq oltinlik mirishkor dehqonlarning mehnati har faslda oʻz soʻzini aytadi. Ona yer fidoyi mehnatni mukofotlaydi, halol mehnatdan esa xalqimiz dasturxoniga qut-baraka yogʻiladi.

Oq oltin ovulliklar tabiatan kamtar va mehnatsevar. Qishloqda hayotning oʻziga xos ritmi bor: kun yorishmasidan uygʻonish, dalaga yoʻl olish, kun davomida samarali mehnat qilish va kechqurun oila davrasida hordiq chiqarish — bular oq oltinliklar hayotining kundalik stsenariysi, halol mehnat qilib, farovon turmush kechirish esa umrining asl mazmunidir.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026