Oçiq darslar öqituvçi salohiyatini belgilaydi
Mamlakatimizda örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimida yaratilgan şart-şaroitlar, har yili sohaga yönaltirilayotgan yangi innovatsion loyihalar bugungi davr akademik litsey va kasb-hunar kolleji öqituvçilarini doimiy ravişda öz ustida işlaşga, öqib-izlanişga undaşi tabiiy. Çunki, öz mutaxassisligi böyiça çuqur bilim va salohiyatga ega bölmagan, darslarida zamonaviy pedtexnologiyalardan unumli foydalanişning uddasidan çiqolmaydigan fan öqituvçisi Özbekiston kelajagi bölgan barkamol avlodni tarbiyalaşdek şarafli işga aslo munosib emas. Şu bois, ayni kunlarda tumanimizdagi akademik litsey vakasb-hunar kollejlarida "Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida yangi innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalaniş - hozirgi zamon boş mezoni” mavzusida öquv-amaliy seminarlar ötkazilmoqda.
Öqituvçilarning kasbiy mahoratini oşiriş, şuningdek, fan öqituvçilarining öquvçilar bilan işlaşişdagi öziga xos uslub va tajribalarini keng ommalaştiriş hamda öqituvçi mehnatini maʼnaviy rağbatlantiriş maqsadida ötkazilayotgan ana şunday öquvamaliy seminari Amudaryo xizmat körsatiş va servis kasb-hunar kollejida ham bölib ötdi. 9 ta fan yönalişi böyiça oçiq dars şaklida ötkazilgan öquv-amaliy seminarida fizika, astronomiya, kimyo, tarix, informatika va axborot texnologiyalari, ingliz tili, tikuvçilik öquv amaliyoti, töquvçilik öquv amaliyoti, çilangarlik işlari öquv amaliyoti, töquvçilik maxsus texnologiyasi fanlari böyiça tumanimizdagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridan taşrif buyurgan öqituvçilar, işlab çiqariş taʼlimi ustalari hamda öquv işlari böyiça direktor örinbosarlari iştirok etişdi.
Şuni alohida qayd etiş kerakki, 80 daqiqalik dars jarayonida fan öqituvçilari hamkasblarining öz mutaxassisliklari böyiça qay darajada bilim va salohiyatga ega ekanliklarini amalda köribgina qolmay, ilğor tajriba va dars ötiş uslublari bilan yaqindan tanişdilar. Oçiq darslar yakunidan söng, Amudaryo qişloq xöjalik kasb-hunar kollejining öquv işlari böyiça direktor örinbosari, tajribali pedagog Bekbergan Yusupov rahbarligida tumanimizdagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining direktor örinbosarlari va fan öqituvçilari tomonidan darslar tahlil qilinib, natijasi qizğin muhokama etildi va ğoliblar aniqlandi. Unga köra, töquvçilik öquv amaliyoti böyiça işlab çiqariş taʼlimi ustasi Gulmira Xudoynazarova ötkazgan öquv-amaliy darsi 1-öringa munosib körildi. Töquvçilik maxsus texnologiyasi fan öqituvçisi Qunduzoy Matyoqubova 2-örin, kimyo fani öqituvçisi Dildora Avezova 3-örin sohibalari bölişdi.
Ğoliblar Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus taʼlim Vazirligi hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boşqarmasi tomonidan 1-, 2-, 3-darajali diplomlar bilan taqdirlandilar.
Fan öqituvçilarining kasbiy malakalarini yanada oşiriş, ilğor tajribalarni ommalaştiriş, öz kasbiga fidoyi öqituvçilar mehnatini maʼnaviy rağbatlantiriş maqsadida "Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida yangi innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalaniş - hozirgi zamon boş mezoni” mavzusida taşkil etilgan öquv-amaliy seminari tumanimizdagi akademik litsey va barça kasb-hunar kollejlarida bölib ötmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶