21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 04:01
Madaniyat 👁 544

Xalq jamoalarining hisobot kontserti boʻlib oʻtdi

Xalq jamoalarining hisobot kontserti boʻlib oʻtdi

Sanʼat — bu inson qalbi va xalq ruhiyatining teran ifodasidir. U nafaqat badiiy zavq bagʻishlaydi, balki jamiyat maʼnaviyatini yuksaltirish, avlodlar oʻrtasida ruhiy-maʼnaviy bogʻliqlikni taʼminlashda ham beqiyos ahamiyat kasb etadi. Xususan, xalq sanʼati oʻzining soddaligi, samimiyligi va chuqur maʼno-mazmuniga ega boʻlgan ifodalari orqali millatning tarixi, urf-odatlari, anʼanalari va hayot tarzini oʻzida jamlagan. Kuy va qoʻshiq, raqs, sahna koʻrinishlari, ogʻzaki ijod namunalari orqali bu bebaho meros asrlar davomida avloddan avlodga oʻtib kelmoqda.

Bugungi kunda ham xalq sanʼati hayotimizda muhim oʻrin tutadi. Uning har tomonlama rivojlanishi, yosh isteʼdodlar orqali yanada boyishi va keng jamoatchilikka targʻib etilishi milliy oʻzligimizni asrab kelmoqda. Ayniqsa, hududlarda faoliyat yuritayotgan xalq jamoalari bu borada munosib hissa qoʻshib, madaniy merosimizni avloddan avlodga yetkazishda muhim rol oʻynamoqda.

24-iyun kuni Amudaryo tumani Madaniyat boʻlimi hovlisida xalq jamoalarining dastlabki 6 oylik faoliyatiga bagʻishlangan hisobot kontserti boʻlib oʻtdi. Tadbir “Uchqun” ashula va raqs xalq ansambli, “Ofarin” folklor-etnografik xalq jamoasi hamda “Jayhun moʻʼjizasi” anʼanaviy sahna tsirk xalq jamoalarining ijodiy chiqishlari bilan ishtirokchilarga xush kayfiyat ulashdi.

Xalq jamoalari tomonidan taqdim etilgan rang-barang kuy va qoʻshiqlar, nafis raqslar, xalq ijodi namunalari va sahna tomoshalari ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirdi. Tadbirda oʻzbek va qoraqalpoq xalq kuylari, Xorazm xalq musiqalari hamda Komiljon Otaniyozov, Otajon Xudayshukurov va boshqa ustoz sanʼatkorlar ijodiga mansub kuy-qoʻshiqlar ijro etildi.

Shu bilan birga, kontsertda milliy va zamonaviy estrada kuy-qoʻshiqlari ham ijro qilindi. Bu, ayniqsa, yoshlar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi.

Tadbir davomida xalqimizning madaniy merosini asrab-avaylash, yosh isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlash, ijodiy faoliyatini muntazam yoʻnaltirish va keng ommaga tanitish, shuningdek, yosh avlodni sanʼatga qiziqtirish, ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdagi samarali faoliyati uchun xalq jamoalari tuman hokimligi tomonidan “Tashakkurnoma” bilan taqdirlandi. Bu kabi eʼtirof ijodkorlar uchun katta kuch, yangi ilhom va masʼuliyat manbai boʻlib xizmat qiladi.

Kontsert dasturidan joy olgan xalq qoʻshiqlari, milliy qadriyatlarimiz aks etgan sahna koʻrinishlari barchaga birdek manzur boʻldi. Ayniqsa, yosh avlodning sanʼatga boʻlgan qiziqishini oshirish, ularni xalq ijodiga hurmat ruhida tarbiyalash, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida xalq jamoalarining oʻrni alohida eʼtirof etildi.

Tadbir yakunida tuman Madaniyat boʻlimi mudiri Murod Ibragimov soʻzga chiqib, xalq sanʼati va xalq jamoalarining milliy madaniyatimizdagi oʻrniga toʻxtaldi. Xalq ijodi millat maʼnaviyatining tayanchi ekani, bunday jamoalarning madaniy hayotimizdagi ahamiyati alohida taʼkidlandi. Shuningdek, barcha ishtirokchilarga, faol sanʼatkor va tadbir tashkilotchilarga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Xalq sanʼati — bu xalqning oʻtmishini, buguni va kelajagini bogʻlovchi maʼnaviy koʻprikdir. U orqali millat oʻz oʻziga, oʻz tarixi va qadriyatlariga yangicha nigoh bilan qaraydi. Ushbu kontsert dasturi nafaqat hisobot, balki xalq sanʼatiga boʻlgan muhabbat va ehtirom namunasi, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashga qaratilgan muhim maʼnaviy tadbir boʻldi.

Shubhasiz, bunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar yosh avlodni sanʼat orqali Vatanga muhabbat, milliy gʻurur va fidoyilik ruhida tarbiyalashda, xalqimizning yuksak madaniyati va anʼanalarini yanada keng targʻib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026