21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 07:05
Qishloq xoʻjaligi 👁 201

Amudaryo tumanida fermer xoʻjaliklarining daromadini oshirish boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi

Amudaryo tumanida fermer xoʻjaliklarining daromadini oshirish boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda fermer xoʻjaliklarining ekin yerlaridan samarali foydalanishi, qishloq xoʻjaligida gektariga hosildorlikni ikki baravar oshirish, zamonaviy ilm-fan va yangi texnologiyalar yordamida daromadlarni koʻpaytirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda, Oʻzbekiston Fermerlar Kengashi tashabbusi bilan tuzilgan ishchi guruh 2025-yil hosili uchun amalga oshirilayotgan ishlar, xususan,   bogʻ va tok qator oralari hamda dala chetlaridan samarali foydalanish, aholi xonadonlarida mevali  daraxtlar koʻchatlarini  ekish, eksportbop mahsulotlar yetishtirish borasidagi ishlar bilan tanishish maqsadida 27-iyun kuni Amudaryo tumanida boʻldi.

Xolimbeg  ovul fuqarolar yigʻini hududida joylashgan “Usta Allayor” fermer xoʻjaligi dalalarida tashkil etilgan amaliy seminarda fermer xoʻjaliklari rahbarlari, Oʻzbekiston Fermerlar Kengashi boʻlim boshligʻi Mehriddin Muhammadiyev, “Bionavatik-agro” MChJ hududiy vakili Fathulla Teshayev,   Amudaryo  tuman Fermerlar Kengashi raisi Ilhom Polvonov hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Seminarda Mehriddin Muhammadiyev  tadbir ioʻtirokchilariga  fermer xoʻjaliklarini qiynayotgan muammolar, ularning yechimlari, fermerlar daromadini oshirish boʻyicha amaliy tavsiyalar  berdi. Shuningdek, sohadagi yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan ham atroflicha maʼlumotlar  taqdim  etildi.

Fermerlar Kengashi jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida imtiyozli kreditlar ajratish tartibi boʻyicha Jamgʻarmaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha vakili Allaniyoz Ajimov maʼlumot berdi. Aytib oʻtilganidek, mazkur kreditlar 60 ga yaqin yoʻnalish boʻyicha 3-yildan 7-yilgacha imtiyozli shartlarda beriladi.

Tadbir doirasida tumandagi fermer xoʻjaliklari rahbarlari ishtirokida “Y.Oʻrazbayev” MMTP  hududida joylashgan “Beshbayev Qurbangʻali” fermer xoʻjaligida koʻrgazmali seminar ham tashkil etildi. Unda “Bionavatik-agro” MChJ hududiy vakili Fathulla Teshayev 2025-yil hosili uchun ekilgan paxta va boshqa qishloq xoʻjalik ekinlarini parvarishlashda toʻgʻri agrotexnik tadbirlarni qoʻllash, biologik usullardan samarali foydalanish, xususan, biologik preparatlar orqali tuproq strukturasini yaxshilash va hosildorlikni ikki   hissa  oshirish imkoniyatlari haqida amaliy tavsiyalarini taqdim etdi.

Shohzod Qurbonboyev tayyorladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026