22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 00:14
Jamiyat 👁 251

Mehnat migrantlari uchun yangi imkoniyatlar

Mehnat migrantlari uchun yangi imkoniyatlar

Mamlakatimizda mehnat migratsiyasi jarayonlarini samarali boshqarish, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirgan fuqarolarni jamiyatga qayta integratsiya qilish, ularni rasmiy bandlikka jalb etish, kasbiy salohiyatini yuksaltirish va tadbirkorlik faoliyatiga kengroq qamrab olish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 2024-yil 4-aprelda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF–59-sonli Farmoni mazkur yoʻnalishdagi ishlarga mustahkam huquqiy asos boʻlib xizmat qilmoqda. Unga koʻra, mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga davlat tomonidan subsidiya toʻlanishi belgilandi.

Xususan, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan — byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari hamda ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslardan tashqari — mehnat migratsiyasidan qaytgan har bir fuqaroni ishga qabul qilgan ish beruvchiga 12 oy davomida har oy 500 ming soʻmdan subsidiya ajratiladi. Ushbu tartib 2024-yil 1-iyundan 2026-yil 1-yanvarga qadar ishga qabul qilingan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.

Subsidiya toʻlash uchun asosiy hujjat — Yagona milliy mehnat tizimida rasmiylashtirilgan mehnat shartnomasi hisoblanadi. Mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxs sifatida esa xorijda kamida uch oy davomida mehnat faoliyati bilan shugʻullangan va yashash manziliga qaytib kelganiga bir yildan oshmagan fuqarolar eʼtirof etiladi.

Reintegratsiya jarayonlarini samarali tashkil etish maqsadida Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi «Onlayn mahalla» elektron platformasiga «Reintegratsiya» moduli joriy etildi. Unga asosan, har bir mahallada “mahalla yettiligi” aʼzolari tomonidan mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslar aniqlanib, ular haqidagi maʼlumotlar mazkur modulga kiritib borilmoqda.

Shuningdek, reintegratsiya jarayonida shaxslarga koʻrsatiladigan yordam hamda ularni rasmiy ish bilan taʼminlash koʻrsatkichi — hokim yordamchilari faoliyati samaradorligining muhim mezonlaridan biri, yaʼni KPI sifatida belgilangan. Bu esa mahalliy darajada masʼuliyatni oshirish, ishlar samaradorligini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Yuqoridagi chora-tadbirlar mamlakatimizda mehnat migratsiyasi jarayonlarini tizimli yoʻlga qoʻyish, xorijdan qaytgan fuqarolarni jamiyatga toʻliq integratsiya qilish, ularni munosib ish oʻrinlari bilan taʼminlash va iqtisodiy faol aholi safida faol ishtirokini taʼminlashga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Shohzod Qurbonboyev tayyorladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026