21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 08:59
Siyosat 👁 266

Prezident Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish kontseptsiyasi tasdiqlandi

Prezident Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish kontseptsiyasi tasdiqlandi

2025-yil 23-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-98-sonli Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmon mamlakatimizda xalq hokimiyatchiligini toʻlaqonli roʻyobga chiqarish, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining rolini yanada oshirishga qaratilgan muhim hujjatdir. Yangilangan Konstitutsiyamizda belgilangan “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyilini amaliyotga tatbiq etishda bu Farmon dasturilamal boʻlib xizmat qiladi.

Farmonning asosiy maqsadi — mahalliy darajada xalq hokimiyatchiligini toʻlaqonli roʻyobga chiqarish, fuqarolarning mahalliy boshqaruvda keng ishtirok etishini mustahkamlash, ijro hokimiyati organlarining xalq vakillari oldidagi hisobdorligini oshirishdan iborat. Shuningdek, hududiy boshqaruvni aholi manfaatlariga xizmat qilish tamoyili asosida nomarkazlashtirish va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining xalqaro hamkorligini mustahkamlash ham Farmonning ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.

Farmonning asosiy maqsadlari va yangiliklariga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, unda mahalliy Kengashlarning vakolatlarini kengaytirish va ularning faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qator muhim chora-tadbirlar belgilangan. Jumladan, davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalarini belgilash, dafn etish joylarini saqlash qoidalari va xizmat koʻrsatish tariflarini tasdiqlash, ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash, yoʻllarning ayrim qismlarida harakatlanish tezligini oshirishga yoki kamaytirishga (tegishli yoʻl belgilari oʻrnatib) ruxsat berish kabi vakolatlar mahalliy Kengashlarga oʻtkazilmoqda. Bu esa mahalliy Kengashlarning hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga bevosita taʼsir koʻrsatish imkoniyatini yanada oshiradi.

Shu bilan birga, Farmonda byudjet loyihasini ishlab chiqishda mahalliy Kengash deputatlarining bevosita tashabbusi asosida xarajatlarning muayyan qismini shakllantirish amaliyoti yoʻlga qoʻyilishi alohida eʼtiborga loyiq. Bu deputatlarning oʻz saylovchilari manfaatlarini himoya qilish va hudud ehtiyojlarini qondirishdagi rolini kuchaytiradi. Oliy Majlis palatalari huzuridagi yoshlar parlamentlari tajribasidan kelib chiqib, mahalliy Kengashlar qoshida Yoshlar guruhlari va nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ilmiy doiralar vakillaridan iborat Maslahat guruhlarining tashkil etilishi jamoatchilikning qaror qabul qilish jarayonlaridagi ishtirokini kengaytiradi. Mahalliy Kengashlar kotibiyatlari faoliyatini tashkiliy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan mustaqil moliyaviy hisob-kitob tizimi joriy etilishi ularning samarali faoliyat yuritishi uchun muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, Xalq deputatlari mahalliy Kengashi raisi oʻrinbosari institutining tashkil etilishi ham mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Farmonda viloyat, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimi oʻrinbosarligiga nomzodlarni tegishli mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalarida dastlabki tarzda muhokama qilish va Kengash sessiyalarida ular tomonidan oʻz yoʻnalishlari boʻyicha hududni rivojlantirish dasturlarini taqdim etish tartibining joriy etilishi ijro hokimiyatining Kengashlar oldidagi hisobdorligini oshiradi. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining ayrim muhim ijtimoiy masalalar yuzasidan axborotlarini eshitish boʻyicha “Kengash soati” institutining joriy qilinishi ham deputatlarning nazorat funktsiyalarini kuchaytiradi. Eng muhimi, mahalliy Kengash qarorlarini qabul qilish jarayonlarining ochiqligini taʼminlash maqsadida fuqarolarning sessiya ishini bevosita kuzatish imkoniyatining yaratilishi xalqning hokimiyatga boʻlgan ishonchini oshiradi va shaffoflikni taʼminlaydi.

Farmonning yana bir muhim jihati – mahalliy Kengashlar faoliyatini toʻliq raqamlashtirish va “E-Kengash” elektron platformasini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlardir. Raqamli texnologiyalar vazirligiga “E-Kengash” elektron platformasini “qulaylik — soddalik — xavfsizlik” tamoyili asosida doimiy takomillashtirib borish vazifasi yuklatilgan. Bu platformada hujjatlarni xavfsiz elektron arxivda (blokcheyn) saqlash, katta hajmli maʼlumotlar bilan ishlashda tezkorlik va qulaylik yaratish, axborot xavfsizligini taʼminlash va kiberhujumlarning oldini olish boʻyicha ishlar amalga oshiriladi. Shuningdek, Kengash raisini biometrik identifikatsiyalash (Face ID) texnologiyalarini joriy etish, sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida qaror loyihalarini tayyorlash va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish imkoniyatlari yaratiladi.

Bundan tashqari, mahalliy Kengashlar sessiyalarini onlayn translyatsiya qilish, ularning faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlarini ishlab chiqish va “E-Kengash” platformasida elektron reyting yuritish, qarorlar ijrosini nazorat qilish jarayonlarini raqamlashtirish, elektron stenogramma yuritish va avtomatik bayonnomalarni shakllantirish kabi yangiliklar joriy etiladi. Bularning barchasi mahalliy Kengashlar faoliyatining shaffofligini, samaradorligini va xalqqa yaqinligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Ushbu Farmonning amalga oshirilishi natijasida mahalliy Kengashlar hamda mahalliy Kengashlar deputatlarining nazorat faoliyati samaradorligi sezilarli darajada oshadi. Hudud manfaatlariga oid hamda aholi tomonidan koʻtarilayotgan muhim va dolzarb masalalarni hal etish boʻyicha imkoniyatlar kengayadi. Qaror qabul qilish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflik toʻliq taʼminlanadi, mahalliy Kengashlarning norma ijodkorligi faoliyati sifati oshadi. Nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda ilmiy doiralar vakillarining mahalliy Kengash ishida faol ishtiroki taʼminlanadi. Deputatlar va kotibiyat xodimlarining malakasini tizimli ravishda oshirib borish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Raqamlashtirish orqali byurokratiyaning oldi olinadi va saylovchilar bilan munosabatlarda qulaylikka erishiladi. Eng muhimi, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining kafolatlari kuchaytiriladi, bu esa ularning oʻz vazifalarini yanada samarali bajarishiga zamin yaratadi.

Farmonda belgilangan vazifalarning ijrosi hududlarimiz rivojiga, xalqimiz farovonligining yanada oshishiga xizmat qilishiga ishonaman. Biz – deputatlar, ushbu islohotlarni toʻliq qoʻllab-quvvatlaymiz va ularni amalga oshirishga oʻz hissamizni qoʻshamiz.

Gʻ.Yeshniyozov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026