21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 07:32
Siyosat 👁 405

MTTLARDA SOGʻLOM OVQATLANIShNI TAShKIL ETISh, SAVDO ShOXOBChALARIDA SIFATSIZ MAHSULOTLAR SOTILIShINING OLDINI OLIShGA QARATILGAN NAZORAT TADBIRLARI OʻTKAZILMOQDA

MTTLARDA SOGʻLOM OVQATLANIShNI TAShKIL ETISh, SAVDO ShOXOBChALARIDA SIFATSIZ MAHSULOTLAR SOTILIShINING OLDINI OLIShGA QARATILGAN NAZORAT TADBIRLARI OʻTKAZILMOQDA

Har tomonlama sogʻlom va barkamol insonni tarbiyalash maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan boshlanadi. Chunki bolaning jismoniy, maʼnaviy-ruhiy jihatdan shakllanish jarayoni  aynan bogʻcha yoshidan shakllanadi. Shu bois, davlatimiz tomonidan maktabgacha taʼlim-tarbiya tashkilotlari  faoliyatini tubdan takomillashtirish, taʼlimiy va tarbiyaviy jarayonlarda uzviylikni taʼminlash, ayniqsa, bolalarning sogʻlom ovqatlanishini tashkil etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada hududlardagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi tizimi xodimlari tomonidan MTTlarda, oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi, shuningdek, umumiy ovqatlanish shoxobchalarida  amalga oshirilayotgan nazorat tadbirlarining ahamiyati katta. Sababi sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarining  isteʼmoli hamda  sanitariya-gigiyenik holatning  pastligi inson, ayniqsa, yosh bolalar salomatligi uchun jiddiy xavf hisoblanib, koʻpchilik holatlarda  koʻngilsiz asoratlarga olib keladi. Oʻzbekiston Respublikasining "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida"gi Qonuni talablari darajasida amalga oshirilayotgan bu kabi nazorat tadbirlari Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi tomonidan ham rejaviy jadval asosida   muntazam ravishda oʻtkazilib, aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etilmoqda.

Ayni paytda Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi  tasarrufida 52 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti mavjud boʻlib, mazkur  MTTlarda tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi tomonidan “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga asosan tarbiyalanuvchilarni sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish, sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanish darajasi, maktabgacha taʼlim tashkilotlari oshxonalarida oshxona xodimlari tomonidan sanitariya qoidalari va gigiyena meʼyorlari hamda ovqat tayyorlash texnologiyalariga rioya qilgan holda taom tayorlanishi  mutaxassislar ishtirokida oʻrganilib borilmoqda. Nazorat tadbirlari jarayonida oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanishi, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi talablarga rioya  etilishi, zaxira omborlarining holatlari ham mutaxassislar ishtirokida alohida oʻrganilayotgani oʻzining ijobiy samarasini bermoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining qoʻshma qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tuman Sanitariya-epidemiologik-osoyishtalik va jamoat salomatligi  boʻlimi mutaxassislari tomonidan tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi №4 va №5-sonli   MTTlarda tarbiyalanuvchilarning sogʻlom ovqatlanishini tashkil qilish  boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi.  Oʻrganishlar jarayonida mazkur MTTlarning oshxonalari sanitariya qoida meʼyorlari talabi boʻyicha taʼmirlanib, jihozlangani, oshxonalarda oshpazlarning oʻz faoliyatlarini ovqat tayyorlash texnologiyasi asosida amalga oshirishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgani maʼlum boʻldi. Xususan, ovqat uchun zarur masalliqlar tayyorlash xonasi, ovqat pishirish xonasi va oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash omborxonalari sanitariya-gigiyena talablariga toʻliq javob beradi. Ikkala MTTlarga ham taʼminotchi korxonalar tomonidan yetkazib berilgan oziq-ovqat mahsulotlari omborxonalarda maxsus stellajlarda, markirovkalangan idishlarga joylashtirilgan holda saqlanadi. Goʻsht, sut va tez buziluvchi  oziq-ovqat mahsulotlari uchun aloxida sovutgich va muzlatkichlar mavjud. Shunday boʻlsa-da,  MTTlarda  bolalarning sifatli va xavfsiz ovqatlanishini tashkil qilishni taʼminlash maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimining sanitariya-gigiyenik va bakteriologik laboratoriyalariga ikkala MTTda  tayyorlangan ovqatdan  tahliliy namunalari olinib, laboratoriya shifokorlari tomonidan  tekshiruvdan oʻtkazildi  hamda tekshirish natijalari yuzasidan bayonnomalar berildi.

Amudaryo tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi tomonidan belgilangan rejaviy-jadval asosida tuman MMTB tasarrufidagi MTTlarda tarbiyalanayotgan bolalar oʻrtasida yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining “Respublikada parazitar kasalliklar profilaktikasi boʻyicha tadbirlarni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi 121-sonli buyrugʻiga binoan har bir tarbiyalanuvchi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi parazitologiya laboratoriyasi laborantlari nazorati ostida gijja tuxumi bor-yoʻqligini aniqlash uchun tekshiruvdan oʻtkazib boriladi va tahlil natijasiga koʻra, zarur davolash chora-tadbir rejalari tuzilib, bajarilishi qatʼiy nazoratga olinadi.

Nazorat tadbirlari davomida №4- va №5-sonli MTTlar  tarbiyalanuvchilari orasida gijja tuxumi borligi bilan bogʻliq salbiy holatlar aniqlanmadi. Mazkur MTTlarda tarbiyalanuvchilar har tomonlama sogʻlom va tetik rivojlanmoqda.

Yoz — pishiqchilik va toʻkin-sochinlik fasli. Lekin ana shu toʻkin-sochinlikdan meʼyorida, sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda foydalanmaslik salomatlik bilan bogʻliq muammolarga sabab boʻladi. Xususan, yuvilmagan meva-chevalar isteʼmoli, bozor rastalarida, quyosh tigʻida uzoq turib qolgan, sifati buzilgan poliz va sabzavot mahsulotlarini eʼtiborsizlik bilan xarid qilib, oila aʼzolari bilan birgalikda tanovul qilish oqibatida koʻpincha yosh bolalar orasida oʻtkir oshqozon-ichak kasalliklariga chalinish holatlari koʻp uchraydi. Shunday noxush holatlarning oldini olish maqsadida Amudaryo tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi tomonidan yoz mavsumida ovqatdan zaharlanish, ayniqsa, yuqumli ichak kasalliklarining oldini olishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.  Meva-sabzavotlar va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining bozorlarda sifati buzilmagan holda sotilishini taʼminlash, shuningdek, zararlangan yoki muddati oʻtgan mahsulotlar sotilishining oldini olishga qaratilgan tahliliy nazorat ishlari tufayli tuman hududidagi bozorlarda sifatsiz mahsulotlar sotilishining oldi olinmoqda.

Shu kunlarda mavsumiy chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, oliy toifali epidemiolog-shifokor Mirzabek Amanqulov tomonidan Mangʻit dehqon bozori va savdo nuqtalarida sotilayotgan mevalar, sabzavotlar hamda boshqa oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar olinib, sifat jihatidan oʻrganish  ishlari amalga  oshirilmoqda. Shu bilan birga, aholi, mahallalar va mehnat jamoalari oʻrtasida ovqatdan zaharlanish hamda oʻtkir diareya kasalliklaridan saqlanish   yuzasidan keng qamrovli targʻibot-tashviqot ishlari  ham olib borilmoqda.

Amalga oshirilayotgan nazorat tadbirlari jarayonida mutaxassislar tomonidan Mangʻit dehqon bozoridagi savdo rastalarida poliz  va sabzavot  mahsulotlarining sifati va ularning saqlanish holatlariga eʼtibor berish,   mahsulotlarni belgilangan qoidalar asosida saqlash zarurligi boʻyicha sotuvchi-dehqonlarga batafsil tushunchalar va zarur tavsiyalar berilmoqda. Aholi salomatligini muhofaza qilish, MTTlarda tarbiyalanuvchilarning sogʻlom ovqatlanishini tashkil etish, taʼminotchi korxonalar tomonidan  yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya-epidemiologik  va gigiyena qoidalari talablariga javob berishini taʼminlashga qaratilgan nazorat tadbirlari belgilangan rejaviy-jadval asosida  davom etmoqda. Bunday tadbirlar tumandagi barcha MTTlarda, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi doʻkonlar va bozorlarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bundan koʻzlangan maqsad  xalqimiz salomatligiga xavf tugʻdiruvchi har qanday salbiy holatning oldini olish, oʻsib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama sogʻlom voyaga yetishini taʼminlashga hissa qoʻshishdir.

Kezi kelganida shuni alohida qayd etish joizki, ayni paytda, havo haroratining keskin koʻtarilishi bois, oʻtkir yuqumli ichak kasalliklarining koʻpayishi ham kuzatilmoqda. Bu kabi koʻngilsiz holatlarning oldini olish va ularni oʻz vaqtida aniqlash maqsadida joriy yil 1-maydan 31-oktyabrga qadar Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli Koʻp tarmoqli markaziy poliklinika, Oilaviy poliklinika va Oilaviy shifokorlik punktlarida jami 21-oʻrinli oral regidratatsiya punktlari tashkil etildi. Mazkur regidratatsiya punktlarida ovqatdan zaharlanish, diareya kasalliklariga chalinish ehtimoli boʻlgan bolalar va kattalarga tibbiy yordam koʻrsatilib, kasallikni barvaqt aniqlash va tashxislash choralari koʻriladi va  fuqarolar, ayniqsa, yosh bolalar oʻrtasida yuqumli oshqozon-ichak kasalliklari tarqalishining oldini olish imkonini beradi.

NIGORA  EShIMOVA, Amudaryo tumani Sanitariya- epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi sanitariya-gigiyena boʻlimi mudirasi.

 MIRZABEK AMANQULOV, Amudaryo tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik  va jamoat salomatligi boʻlimi oliy toifali epidemiolog-shifokori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026