21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 07:30
Siyosat 👁 385

Yoshlar – taraqqiyot tayanchi

Yoshlar – taraqqiyot tayanchi

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar salohiyatini roʻyobga chiqarish, ularni qoʻllab-quvvatlash va har tomonlama kamol topishlariga sharoit yaratish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu boradagi ezgu tashabbus va islohotlarning joylardagi ijrosini, ayniqsa, yoshlar hayotiga qanday taʼsir koʻrsatayotganini amaliy misollar orqali koʻrish mumkin. Amudaryo tumanida oʻtkazilgan navbatdagi media-tur aynan mana shunday yondashuvni yoritishga qaratildi.

Amudaryo tumani hokimligining Axborot xizmati tashabbusi bilan tashkil etilgan media-turda “Amudaryo” telekanali va “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi jurnalist va muxbirlari ishtirok etib, tumanda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va bandligini taʼminlash yoʻlida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar bilan bevosita tanishdilar.

Media-tur davomida ishtirokchilar bir qator mahallalarda boʻlib, yoshlarning oʻz tashabbuslari bilan yoʻlga qoʻygan faoliyatini koʻzdan kechirdilar. Jumladan, Boy ovul mahallasida yashovchi Davron Gulmonov faoliyati barchada katta taassurot qoldirdi. Unga yoshlar yetakchisi koʻmagida yumshoq mebellar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish uchun 100 million soʻm miqdorida imtiyozli kredit ajratilgan. Bugun Davronning mehnati evaziga besh nafar yoshning bandligi taʼminlangan, bu esa nafaqat uning oilasi, balki jamiyat farovonligi uchun ham xizmat qilmoqda.

Yangiobod mahallasida yashovchi Barno Murodovaning esa pishiriq va shirinliklar ishlab chiqarish tashabbusi qoʻllab-quvvatlangan. U ham 100 million soʻmlik imtiyozli kredit asosida oʻzining tadbirkorlik faoliyatini boshlagan. Hozirda Barno 2 nafar yoshni ish bilan taʼminlagan boʻlsa, qoʻshimcha ravishda 5 nafar shogirdni tayyorlamoqda. U xotin-qizlarni nafaqat ish bilan taʼminlamoqda, balki konditerlik sir-asrorlarini oʻrgatib, kasbga yoʻnaltirmoqda.

Shuningdek, Oq oltin ovulida yashovchi Zarifa Qurolboyeva yoshlarga ajratilgan yer maydonidan samarali foydalanish orqali oilasiga qoʻshimcha daromad olib kirmoqda. Unga ajratilgan 30 sotix yer maydonining 10 sotixiga pomidor, 20 sotixiga tarvuz ekilgan. Hozirda hosil moʻl-koʻl, oilaviy mehnat natijasida xonadonning turmush farovonligi yaxshilanmoqda.

Tashrif davomida jurnalistlar yoshlar bilan muloqot qilib, ularning orzu-rejalari, kelajakdagi maqsadlari xususida suhbatlashdilar. Muloqotlar shuni koʻrsatdiki, bugungi yoshlar oʻz hayotini mustaqil qurishga, jamiyatda munosib oʻrin egallashga, oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarishga intilmoqda. Ularga zarur imkoniyat va ishonch berilsa, ular hech kimdan kam emasligini isbotlashga tayyor.

Davlat tomonidan koʻrsatilayotgan eʼtibor va koʻmak, yaratilayotgan imkoniyat va shart-sharoitlar evaziga yuzaga kelayotgan bu kabi tashabbuslar shubhasiz, kelajakda butun jamiyat taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor boʻlib xizmat qiladi. Yoshlarga berilgan imkon – kelajakka qilingan sarmoya. Amudaryolik yoshlar esa bu imkoniyatni toʻgʻri anglab, oʻz harakati, mehnati va fidoyiligi bilan farovonlik sari dadil qadam tashlamoqda.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026