21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 23:02
Jamiyat 👁 361

ChOYKOʻL OVULIDA "BIZ KORRUPTsIYaGA QARShIMIZ!" GRANT-LOYIHASI DOIRASIDA UChRAShUV OʻTKAZILDI

ChOYKOʻL OVULIDA "BIZ KORRUPTsIYaGA QARShIMIZ!"  GRANT-LOYIHASI DOIRASIDA  UChRAShUV OʻTKAZILDI

Korruptsiya — jamiyat taraqqiyotining kushandasi, demokratik islohotlar yoʻlidagi jiddiy toʻsiqdir. Bu illat —  xalqona tilda aytganda, firibgarlik, tovlamachilik, manfaatlar toʻqnashuvi, oshna-ogʻaynigarchilik, urugʻ-aymoqchilik, poraxoʻrlik kabi koʻrinishlarda namoyon boʻladi va "xufiyona iqtisodiyot"ning ildiz otishiga zamin yaratadi, jamiyatda tenglik, ishonch va adolat tamoyillariga putur yetkazadi.

Korruptsiya ildiz otgan davlatda ijtimoiy-iqtisodiy muammolar kuchayib, hatto xorijiy investitsiyalarning kirib kelishiga xavf soladi. Ijtimoiy jihatdan esa fuqarolar orasida tengsizlik muhitini yuzaga keltiradi. Ayniqsa, sogʻlikni saqlash, taʼlim sohalari hamda ijtimoiy taʼminot tizimidagi poraxoʻrlik ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan aholi qatlamlarining tibbiy, taʼlimiy va  ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini cheklaydi.

Bu kabi korruptsion holatlar davlat xizmatchilarining oʻz mansab-mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanishi bilan bogʻliq jinoyat turi hisoblanadi va bu jinoyatga qarshi kurashish har bir halol va vijdonli insonning zimmasidagi fuqarolik burchidir. Bu borada "Taraqqiyot koʻzgusi" gazetasi tahririyatining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan "Biz korruptsiyaga qarshimiz!" grant-loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tajribali huquqshunoslar, jamoat tashkilotlari faollari va loyiha koordinatorlari hamkorligida tashkil etilayotgan uchrashuvlar va ochiq muloqot tadbirlarida malakali huquqshunoslar tomonidan aholi vakillarining huquqiy bilimlarini mustahkamlash, korruptsiyaga qarshi kurashishda hamjihatlik bilan harakat qilishga moyillik uygʻotishga qaratilgan maʼruzalar oʻqilayotgani oʻzining ijobiy samarasini bermoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri yaqinda Choykoʻl ovul fuqarolar yigʻini binosida ham oʻtkazilib, unda malakali huquqshunoslar, jamoatchilik faollari, Choykoʻl OFY yettiligi aʼzolari va "Biz korruptsiyaga qarshimiz!" loyihasi koordinatorlari, jurnalistlar ishtirok etdilar.

Jamiyatda korruptsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirishga qaratilgan mazkur uchrashuvda loyiha koordinatorlaridan biri, jurnalist Shohzod Qurbonboyev tadbir ishtirokchilariga "Biz korruptsiyaga qarshimiz!" loyihasini amalga oshirishdan koʻzlangan maqsad va kutilayotgan natijalar xususida batafsil maʼlumot berdi. Shundan soʻng "Taraqqiyot koʻzgusi" gazetasi maxsus muxbiri Robiya Yoʻldosheva korruptsiyaning tarixiy ildizlari, uning ijtimoiy-iqtisodiy zararlari, manfaatlar toʻqnashuvi, ayniqsa, urugʻ-aymoqchilik, firibgarlik, tovlamachilik hamda jamiyatimizda chuqur ildiz otgan poraxoʻrlik illatlari va ularning kelib chiqish sabablari toʻgʻrisida hayotiy misollar tariqasida keng tushunchalar berib, korruptsiyaga qarshi kurashishning birdan-bir va asosiy yoʻli jamiyat aʼzolarida bu illatga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish ekanligini alohida taʼkidladi.

Uchrashuv davomida Amudaryo tumani Adliya boʻlimi Yuridik xizmat koʻrsatish Markazi boshligʻi Shavkat Vaisniyazov tadbir ishtirokchilariga 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan "Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati haqida batafsil toʻxtalib, korruptsiyaga oid huquqbuzarlik va manfaatlar toʻqnashuvi, poraxoʻrlik kabi illatlar yuzasidan keng tushunchalar berdi.

Shuningdek, mazkur Qonun ustuvorligini taʼminlash maqsadida ochiqlik va shaffoflik, tizimlilik, davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi, korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarning ustuvorligi hamda javobgarlikning muqarrarligi qonun bilan mustahkamlab qoʻyilganligi xususida batafsil maʼlumotlar taqdim etib, tumanimizda korruptsiyaga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilayotganini, bu borada tuman Adliya boʻlimining Yuridik xizmat koʻrsatish Markazi mutaxassislari aholiga huquqiy maslahatlar berish orqali qoʻllab-quvvatlab kelayotganini qayd etdi.

Uchrashuvda soʻzga chiqqan Amudaryo tuman Ichki ishlar boʻlimi katta inspektori Inobat Oʻrozmatova Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda korruptsiyaga qarshi kurashish borasida qabul qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, ayniqsa, xotin-qizlarni korruptsion tahdidlardan himoyalash borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida toʻxtalib, korruptsiyaga qarshi kurashishda ayol-qizlarning rolini yanada oshirish boʻyicha fikrlarini bildirdi.

Uchrashuvda Choykoʻl ovuli ayollari tomonidan korruptsiyaga qarshi kurashish yuzasidan tushgan huquqiy savollarga  huquqshunoslar  batafsil javoblar berdilar va bu kabi uchrashuvlar  har bir fuqaroda  korruptsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni  shakllantirish bilan birga jamiyatda huquqiy-ijtimoiy faollikni oshirishga xizmat qilishini alohida taʼkidladilar.

RAVShAN  BAHROMOV,  loyiha koordinatori.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026