21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 05:40
Siyosat 👁 864

Joʻqorgʻi Kenges deputati Sanobar Xoʻjamurotova saylovchilar bilan uchrashdi

Joʻqorgʻi Kenges deputati Sanobar Xoʻjamurotova saylovchilar bilan uchrashdi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Sanobar Xoʻjamurotova Qilichboy ovuli hududidagi 83-sonli maktabda oʻz saylovchilari bilan uchrashdi. Uchrashuvda Ayoqchi va Qilichboy mahallalari aholisi vakillari faol ishtirok etdi.

Deputat oʻz faoliyati yuzasidan saylovchilarga hisobot berdi, aholini qiynayotgan muammolarni tingladi va ularga yechim topish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

Deputat oʻz nutqida joriy yilning birinchi yarmi davomidagi deputatlik faoliyati, yuborilgan soʻrovlar va ularga olingan javoblar haqida batafsil toʻxtaldi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpogʻiston Respublikasiga bagʻishlangan huquqiy-meʼyoriy hujjatlari mazmuni, oilada farzand tarbiyasi, xotin-qizlar odobi kabi ijtimoiy masalalarga ham eʼtibor qaratdi. Deputat keyingi yillardagi jamiyat va insonlar hayotidagi yangilanishlar, xususan, tuman ichki yoʻllarini taʼmirlash boʻyicha qilingan ishlar yuzasidan keng tushuntirishlar berdi.

Mahalla faollari deputatning jonkuyarligini alohida taʼkidlab, uning hisobotini qoniqarli deb baholadilar. Ular, ayniqsa, Qilichboy ovulida ichki yoʻllarga qum-shagʻal aralashmasi toʻshalib, 4-R-181 "Qipchoq-Mangʻit-Turkmaniston chegarasi" avtomobil yoʻlida taʼmirlash ishlari boshlanganidan mamnun ekanliklarini bildirdilar.

Maʼlum qilinishicha, tuman mahallalarida jami 107 km ichki yoʻllar qum-shagʻal aralashmasi bilan qoplangan. Yana 100 km ichki yoʻllarga qum-shagʻal aralashmasi toʻshash rejalashtirilgan boʻlib, faqat Qilichboy ovulining oʻzida yana 13 km ichki yoʻllar taʼmirlanadi.

Uchrashuvdan keyin Xalq deputatlari Amudaryo tuman kengashi kotibiyati mudiri M.Oʻrozboyev, tuman kengashi deputati M.Rahimova, OʻzXDP tuman kengashi rahbari O.Yernafasovlardan iborat deputatlar guruhi Ayoqchi va Qilichboy mahallalarini bogʻlovchi koʻprikni borib koʻrdilar. Ushbu masala boʻyicha tegishli tashkilotlarga qayta murojaat qilishga kelishib olindi.

Shuningdek, fuqaro Jumaniyozov Maxsud Sobirovichning nogironlik nafaqasi qirqilganidan shikoyati ham koʻrib chiqildi. Ushbu murojaat tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Sh.Jumaniyozovga murojaat orqali hal qilinadigan boʻldi.

Uchrashuvdan keyin nogironligi boʻlgan ikki nafar fuqarolar holidan xabar olindi.

Deputat Sanobar Xoʻjamurotovaning saylovchilar bilan uchrashuvi ochiq muloqot va muammolarni hal etishga qaratilgan samarali tadbir boʻldi. Bunday uchrashuvlar deputat va aholi oʻrtasidagi ishonchni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026