21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 23:01
Jamiyat 👁 389

Intellektual mulk sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy reglament tasdiqlandi

Intellektual mulk sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy reglament tasdiqlandi

Mamlakatda iqtisodiyot tarmoqlariga intellektual faoliyat natijalari va innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish, mintaqaviy brendlarni yaratish, kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining oldini olish, intellektual mulkning ishonchli huquqiy himoyasini taʼminlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-iyuldagi “Intellektual mulk sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy reglamentlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 427-sonli Qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

*   Intellektual mulk obʼektlariga oid shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti;

*   Integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti;

*   Tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti.

Intellektual mulk obʼektlariga boʻlgan huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnoma, litsenziya va sublitsenziya shartnomasi intellektual mulk obʼektlariga oid shartnomalar hisoblanadi.

Davlat xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan koʻrsatiladi.

Intellektual mulk obʼektlariga boʻlgan huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnoma, litsenziya yoki sublitsenziya shartnomasini yoxud litsenziya shartnomasiga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha arizalar shartnoma tomonlari yoki ularning biri hisoblangan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bevosita yoki vakili (patent vakili yoxud ishonchli shaxs) orqali beriladi.

Litsenziya shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha ariza, agar shartnomaning bir tarafi tomonidan berilganda, mazkur Reglamentga 2-ilovaga hamda shartnoma taraflari tomonidan berilganda, Reglamentga 2.1-ilovaga muvofiq shaklda vakolatli organga beriladi.

Intellektual mulk obʼektlariga boʻlgan huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha ariza, agar shartnomaning bir tarafi tomonidan berilganda, mazkur Reglamentga 3-ilovaga hamda shartnoma taraflari tomonidan berilganda, Reglamentga 3.1-ilovaga muvofiq shaklda vakolatli organga beriladi.

Litsenziya shartnomasiga tomonlar, shartnoma predmeti, amal qilish muddati va hududi, oʻtkazilayotgan huquqlar hajmi bilan bogʻliq kiritilgan oʻzgartirishlar vakolatli organda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.

Integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani topshirish va davlat xizmatidan foydalanish boʻyicha boshqa harakatlar nomiga roʻyxatdan oʻtkazilishi soʻralayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan bevosita yoki vakili (patent vakili yoxud ishonchli shaxs) orqali amalga oshiriladi.

Muallifning ijodiy faoliyati natijasida yaratilgan va yaratilgan sanasida integral mikrosxemalar ishlab chiquvchi yoki tayyorlovchilarga maʼlum boʻlmagan topologiya boshqacha holat isbotlangunga qadar oʻziga xos deb eʼtirof etiladi.

Yaratilgan sanasida integral mikrosxemalar ishlab chiquvchi yoki tayyorlovchilarga maʼlum boʻlgan elementlardan tarkib topgan topologiyaga, agar bunday elementlar yigʻindisi Reglamentning 6-bandi talablariga toʻliq muvofiq boʻlganda huquqiy muhofaza beriladi.

Talabnoma bitta topologiyaga oid boʻlishi lozim.

Bazaviy matritsaviy kristall topologiyasini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnoma bazaviy matritsaviy kristallning topologiyasiga oid, shuningdek, uning asosida amalga oshirilgan buyurtma topologiyaga oid materiallardan iborat boʻlishi mumkin.

Talabnoma quyidagi hujjatlarni oʻz ichiga oladi:

*   integral mikrosxemalar topologiyasini roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza (keyingi oʻrinlarda — ariza);

*   topologiyani identifikatsiyalovchi materiallar;

*   referat;

*   topologiyadan birinchi marta foydalanish sanasini tasdiqlovchi hujjat.

Avval foydalanilgan topologiyani roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma undan birinchi marta foydalanilgan sanadan eʼtiboran ikki yildan oshmagan muddatda topshiriladi.

Boshqa tilda topshirilgan materiallarning tarjimalari talabnoma bilan bir paytda taqdim etilishi lozim.

Ariza ushbu Reglamentga muvofiq shaklda topshiriladi.

Arizaning 21-kodli “Talabnomaning qayd raqami” va 22-kodli “Talabnomaning kelib tushgan sanasi” grafalari ariza vakolatli organga kelib tushgandan keyin rekvizitlarni kiritish uchun moʻljallangan.

Arizaning 71-kodli “Talabnoma beruvchi” grafasida talabnoma beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar (yuridik shaxsning rasmiy nomi (taʼsis hujjati boʻyicha) yoki jismoniy shaxsning toʻliq ismi) keltiriladi. Bunda:

*   rezidentlar uchun STIR yoki JShShIR, joylashgan yeri yoki turar joyi manzili;

*   norezidentlar uchun ism va nomlarning transliteratsiyasi hamda BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa);

*   guvohnoma bir necha shaxs nomiga soʻralayotganda yuqorida keltirilgan maʼlumotlar ularning har biri uchun alohida koʻrsatiladi.

Arizaning 54-kodli “Integral mikrosxemalar topologiyasining nomi” grafasida topologiyaning nomi va muqobil nomi (agar u mavjud boʻlsa) keltiriladi.

Arizaning “Integral mikrosxemalar topologiyasining eng yaqin analogi haqida maʼlumotlar” grafasida topologiyaning eng yaqin analogi haqida zaruriy bibliografik maʼlumotlar roʻyxati keltiriladi.

Arizaning “Integral mikrosxemalar topologiyasidan birinchi marta foydalanilgan sana va joy nomi” grafasida topologiyadan birinchi marta foydalanilgan sana va joy nomi koʻrsatiladi.

Arizaning “Integral mikrosxemalar topologiyasidan birinchi marta foydalanilgan sanaga nisbatan huquq egasi haqida maʼlumotlar” grafasida talabnoma berilgan topologiyadan birinchi marta foydalanilgan sanaga nisbatan huquq egasining ismi (nomi), joylashgan yeri (pochta manzili) koʻrsatiladi.

Arizaning “Integral mikrosxemalar topologiyasini yaratishda foydalanilgan ilgari muhofazaga olingan topologiyalar haqida maʼlumotlar” grafasida talabnoma berilgan topologiyani yaratishda foydalanilgan, muhofazaga olingan topologiyalar haqida zaruriy bibliografik maʼlumotlar keltiriladi.

Arizaning 98-kodli “Yozishmalar uchun manzil” grafasida xat oluvchining nomi (yuridik shaxslar uchun) yoki ismi (jismoniy shaxslar uchun), shuningdek, joylashgan yeri (pochta manzili), telefon raqami, elektron pochtasidan kamida bittasi koʻrsatiladi. Ushbu maʼlumotlar uchinchi shaxslar huquq egasi bilan bogʻlanishi uchun ochiq hisoblanadi.

Arizaning “Ilova qilingan hujjatlar” grafasida talabnomaga aloqador hujjatlar biriktiriladi.

Arizaning 72-kodli “Muallif” grafasida muallifning familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi koʻrsatiladi. Bunda:

*   rezidentlar uchun JShShIR, ish joyi, lavozimi va ilmiy darajasi, BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi;

*   norezidentlar uchun BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u belgilangan boʻlsa) qoʻshimcha ravishda koʻrsatilishi lozim.

Topologiya va uning identifikatsiyasini taʼminlovchi materiallar, shu jumladan, referat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tomonidan depozitga qoʻyiladi.

Integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatidan foydalanishda:

*   rezidentlar vakolatli organning maxsus axborot tizimi, Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali;

*   norezidentlar davlat xizmatidan foydalanish uchun axborot tizimi orqali vakolatli organga talabnoma topshiradi.

Talabnoma vakolatli organga pochta aloqasi orqali ham topshirilishi mumkin. Bunda talabnoma vakolatli organ tomonidan zudlik bilan axborot tizimiga kiritiladi.

Talabnoma berganlik uchun patent boji toʻlovi talabnoma axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida shakllantirilgan (kiritilgan) sanadan boshlab uch oy muddatda amalga oshirilishi kerak.

Mazkur qarorga asosan tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish belgilangan.

Mamlakat, aholi punkti, joy yoki boshqa geografik obʼektning tovarni belgilash uchun ishlatiladigan, uning alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur geografik obʼektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan nomi tovar kelib chiqqan joy nomi hisoblanadi.

Davlat xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan koʻrsatiladi.

Tovar kelib chiqqan joy nomi mazkur geografik obʼektda joylashgan, nomi oʻzlari ishlab chiqarayotgan tovarni belgilash uchun ishlatiladigan bir yoki bir necha yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.

Tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish boʻyicha boshqa harakatlar roʻyxatdan oʻtkazishni soʻrayotgan yuridik va jismoniy shaxs tomonidan bevosita yoki vakili (patent vakili yoxud ishonchli shaxs) orqali amalga oshiriladi.

Umida Saparbayeva Rimbayevna, Amudaryo tumani Adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi boʻlim boshligʻi

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026