21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 12:05
Jamiyat 👁 322

HAR BIR INSON HAYoTDAN ROZI, ZAVQ OLIB YaShAShI UChUN MASʼULMIZ

HAR BIR INSON HAYoTDAN ROZI, ZAVQ OLIB YaShAShI UChUN MASʼULMIZ

Mamlakatimizda aholining ehtiyojmand qatlamlarini iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni alohida tizimga olgan holda ularga sifatli ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishni yaxshilash imkonini bermoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi 82-sonli Farmoniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligining tashkil etilishi bu boradagi ishlarni yangi bosqichga koʻtardi. Unga koʻra, mahallalarda kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi ijtimoiy xodimlar faoliyati yoʻlga qoʻyilib, ayni paytda 8 xil turdagi asosiy vazifalar boʻyicha aholining 12 toifasiga samarali ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish yoʻlga qoʻyilgan.

Mangʻit shahridagi Navoiy nomli mahallada ham kam taʼminlangan oilalar, texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlardan jabrlangan shaxslar, ota-onalik huquqidan mahrum etilmasdan, farzandlari olib ketilgan ota-onalar, ota-onasi xorijiy davlatga ketgan bolalar, voyaga yetmagan ota-onalar, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan hamda toʻliq boʻlmagan oilalardagi bolalar, ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolar, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni notibbiy isteʼmol qiluvchi va alkogolizm, giyohvandlik hamda zaharvandlikka yoʻliqqan shaxslar, muayyan yashash joyiga ega boʻlmaganlar, tazyiq va zoʻravonlik holatlariga uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari boʻyicha xatlov olib borilib, ushbu xatlov orqali aniqlangan, haqiqatdan ham zarur ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni tizimli ravishda qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Hozirgi kunda mahallada oʻzgalar parvarishiga muhtoj, yolgʻiz yashovchi shaxslar 6 nafarni tashkil qiladi. Nogironlik toifasi boʻyicha 157 nafar nogironligi boʻlgan shaxslar xatlovdan oʻtkazilib, individual yondashuv asosida ularning ehtiyojlari aniqlandi. Oʻtgan davr mobaynida nogironligi boʻlgan fuqarolarga tonometr, yurish moslamasi, 2 ta qoʻltiqtayoq, 2 ta tirsakli qoʻltiqtayoq, 4 ta hassa, 3 ta koʻzi ojizlar hassasi, 1 ta korset matodan tayyorlangan mahsulotlar yetkazib berildi. Shuningdek, 3 nafar nogironligi boʻlgan fuqaroning imkoniyatidan kelib chiqib, bandligi taʼminlandi.

Mahalla yettiligi bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida kam taʼminlangan oilalar aʼzolarining bandligini taʼminlash masalasi ham ijobiy hal etilmoqda. Bunday toifadagi oilalar 2024-yil oxirida 20 foizni tashkil qilgan boʻlsa, hozirga kelib 13 foizni tashkil qilmoqda.

Mahalladagi hokim yordamchisi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan soʻrovnoma asosida 58 ta oila kambagʻallik reyestriga kiritildi. Ushbu oilalarning sharoitlari oʻrganilib, ijtimoiy xodim va hokim yordamchisi tomonidan individual rejalar ishlab chiqildi va ijtimoiy xodim tomonidan belgilangan individual rejalar 95 foizga bajarildi. Ularga “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi tomonidan zarur oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Bundan tashqari, kambagʻal oila farzandlaridan 1 nafari tumanda tashkil qilingan IT markazida oʻqitilib, sertifikat olib berildi.

“Barkamol avlod” bolalar maktabida tashkil qilingan toʻgaraklarga kambagʻal oilalarning 3 nafar farzandi jalb qilinib, ayni paytda kasb-hunar oʻrganmoqdalar. Maktablarda tashkil qilingan toʻgaraklarga ham kambagʻal oilalar farzandlari jalb qilinib, ularning muntazam shugʻullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratildi. Aynan shunday oila farzandlaridan 15 nafari Toʻrtkoʻl va Ellikqalʼa tumanidagi dam olish oromgohlariga yuborildi.

Ota-onasi xorijiy davlatga ketgan, shuningdek, tashqi mehnat muhojirligidagi voyaga yetmagan bolalar boʻyicha ham hududdagi umumtaʼlim maktablari masʼullari bilan hamkorlikda ish olib borilib, 8 nafar bolani vasiylik va homiylik tarbiyasiga olishga erishildi.

Mahalladagi tazyiq va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari salomatligi va osoyishtaligini taʼminlash maqsadida tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar boʻlimining Ogʻir vaziyatga tushib qolgan oilalar bilan ishlash shuʼbasi bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.

Bu borada xatlov oʻtkazilib, mahallaning Berdaq nomli koʻchasida istiqomat qiluvchi Munavvar Jumamuratovaning oʻgʻli va qizi xorijga chiqib ketganligi tufayli onaxonning 4 nafar nevarasi vasiylikka olinmaganligi aniqlandi va ijtimoiy ish ochilib, voyaga yetmagan bolalarni qarovsiz qoldirmaslik boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi va onaxonga nevaralarini vasiylikka olishda koʻmaklashildi. Shuningdek, bolalarga beriladigan nafaqa uchun onaxonning arizasi roʻyxatga olinib, bolalarga nafaqa tayinlandi.

Mahallada yashovchi Asiya Matchonova hamda Odil Saidovlar yakka-yolgʻiz yashovchilar roʻyxatiga kiritilgan. Ularning farzandlari Toshkent shahrida yashab, davlat xizmatida faoliyat yuritishadi. Otaxon bilan onaxonga “Inson” ijtimoiy xizmatlar boʻlimining assistenti Roza Qurboniyozova belgilangan jadval asosida ijtimoiy xizmat koʻrsatadi. Bundan tashqari, Xorazm koʻchasida istiqomat qiluvchi Ochilboy Xolboyevga fuqarolik pasporti olishda koʻmaklashildi, tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, unga 1-guruh nogironlik pensiyasi tayinlandi, elektr energiyasi, tabiiy gaz toʻlovlariga kompensatsiya uchun arizasi roʻyxatga olinib, yakka-yolgʻizlar roʻyxatiga kiritildi va ijara hisobida uy, kiyim-kechaklar hamda koʻzi ojizlar hassasi bilan taʼminlandi.

Hayot goʻzal, uning har bir daqiqasidan unumli foydalangan holda, koʻngildagiday farovon va osoyishta yashashga har bir inson haqli. Bizning vazifamiz esa insonning ana shu goʻzal hayotdan zavq-shavq olib, farovon yashashiga, ularning orzu-niyatlari roʻyobi uchun maʼlum maʼnoda zarur shart-sharoitlar yaratish, davlatimiz gʻamxoʻrlik va imtiyozlaridan bahramand boʻlishlariga koʻmaklashishdir. Zero, “Hamma narsa inson uchun, uning hayotdan rozi yashashini taʼminlash uchun!” degan xalqparvar tamoyilni amalga oshirish — biz, “Inson” ijtimoiy xizmatlar boʻlimi xodimlarining zimmamizdagi masʼuliyatli burchimizdir.

Adolat Xoʻjamurotova, “Inson” ijtimoiy xizmat koʻrsatish boʻlimining Navoiy nomli MFYdagi kompleks xizmat koʻrsatuvchi xodimi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026