21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 05:41
Siyosat 👁 791

“Qurbaniyozov Jasur” MChJ hamda bloger Hakimboy Ibodullayevlar mehr-saxovatidan “Yolgʻiz keksa” reyestridagi yurtdoshlarimiz mamnun

“Qurbaniyozov Jasur” MChJ hamda bloger Hakimboy Ibodullayevlar mehr-saxovatidan “Yolgʻiz keksa” reyestridagi yurtdoshlarimiz mamnun

Mamlakatimizda “Hamma narsa inson qadri uchun!” tamoyili asosida oʻzgalar parvarishiga muhtoj, nogironligi boʻlgan fuqarolar, shuningdek, kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyatning toʻlaqonli aʼzolari sifatida hayotdan rozi yashashlarini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar tufayli bugungi kunda minglab yurtdoshlarimiz mehr-saxovat, oʻzaro hurmat va eʼtibor ogʻushida, oʻz turmush sharoitlaridan mamnun yashamoqdalar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining Qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar natijasida mamlakatimizning barcha hududlarida faolit olib borayotgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari bu boradagi ishlarni yuqori sifat darajasiga koʻtardi.

Ayniqsa, Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” ezgu shiori ostida mahallalarda istiqomat qilayotgan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan, oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz nuroniylar, shuningdek yolgʻiz yashovchi keksalar hamda nogironligi boʻlgan shaxslarga saxovatpesha tadbirkorlar va homiylar tomonidan koʻrsatilayotgan yordamlar salmogʻi yanada oshdi. Tumanning turli hududlarida jami 115 nafar yurtdoshlarimiz “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan.

Davlatimiz, ayniqsa, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining tuman boʻlimi ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi xodimlari, saxovatpesha insonlar ularni aslo yolgʻizlatib qoʻyishmaydi. Turli bayram sanalarida, har haftaning payshanba va juma kunlarida bunday insonlar xonadonlariga borib, ularning koʻngillarini koʻtarish, turli oziq-ovqat mahsulotlari, bayramona sovgʻalar ulashish amudaryolik tadbirkorlar va mehr-oqibatni oʻzlarining hayot mazmunlariga aylantirgan saxovatpesha insonlarning ezgu amallariga aylangan.

Yaqinda tumandagi “Qurbaniyozov Jasur” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 92 nafar “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarga vaucher asosida ijtimoiy yordamlar koʻrsatiladi. Mazkur jamiyat tomonidan vaucherlar taqdim etilgan “Yolgʻiz keksa” reyestridagi fuqarolar saxovatli tadbirkordan hamisha mamnun.

Shuningdek, bloger Hakimboy Ibodullayev ham turli millat vakillari boʻlgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yurtdoshlarimiz holidan xabar olib, ularga turli koʻrinishdagi ijtimoiy yordamlar taqdim etib kelmoqda.

“Faol hayotga qadam” dasturi doirasida oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz nuroniylar va yolgʻiz yashovchi keksalar hamda nogironligi boʻlgan shaxslar muhtojlik toifasiga qarab, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya vositalari bilan beminnat taʼminlanayotgani ularning yanada ijtimoiylashuviga yordam bermoqda.

Bu esa oʻzlarining yolgʻiz emasliklarini his qilib, atrofida yaxshi insonlar borligidan mamnun, hayotdan rozi, kelajakka ishonch bilan yashashlarini taʼminlamoqda. Chunki ularni yoʻqlab keluvchilar koʻp. Saxovatli, mehr-oqibatli hamyurtlar, “Inson” ijtimoiy xizmat koʻrsatish markazining xodimlari, mahalladoshlari ularni aslo yolgʻizlatib qoʻyishmaydi va hayotlari yaxshilar bilan hamisha gavjum.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026