21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 03:54
Jamiyat 👁 5,274

“Biz yoşlar “ommaviy madaniyat” va mafkuraviy tahdidlarga qarşimiz!”

“Biz yoşlar “ommaviy madaniyat” va mafkuraviy tahdidlarga qarşimiz!”

Kurrai zaminimizda umrguzaronlik qilayotgan jamiki millatlar, elatlarning öz yaşaş tarzi, amal qiluvçi qonunlari, öz urf-odatlari bor.

Turli dinga, irqqa mansub, özlarining siğinar ilohlari mavjud jamiki xalqlar uçun bugungi kunda umumiy bir taşviş maydonga çiqdiki, u kun sayin aholining köproq qismini qamrab olayapti, xavfli jihatlari tobora yaqqolroq namoyon bölayapti. Bu – axborot sohasidagi globallaşuvning salbiy taʼsiridir. Millionlab aholining, ayniqsa, yoşlarning internetga boğlanib qolayotgani, turli saytlarda maʼnaviy dunyomizni ilm ziyosi ila boyituvçi maʼlumotlardan taşqari zöravonlik, bosqinçilikni tarğib qiluvçi, millatçilik, pornografik mazmundagi maʼ-lumotlar ham bisyorki, bu nomaqbul axborotlar bugungi kunda nafaqat yoşlarni, hatto, katta yoşdagi kişilarni ham öz domiga tortmoqda.

Odatda biz dunyoning biron burçagidagi noxuş voqea-hodisa haqida gazetalarda öqisak, yo televizorda körsak, albatta, sergak tortamiz va sal ötmay, könglimizga "falon yoqda-ku”, degan tasalli keladi, bizga daxli yöqday tuyuladi. Biroq bugungi kunda internet tarmoqlarida yoritilayotgan buzğunçi ğoyalar, "Ommaviy madaniyat” tarğiboti, diniy-ekstremistik, terroristik ğoyalar mamlakatimiz yoşlari uçun ham ğoyat ulkan xatarlarni vujudga keltirayotgani bor gap.

Mutaxassislarning aniqlaşiça, bugungi kunda dunyo aholisining 22 foizi ijtimoiy tarmoqlarni kuzatişar ekan.

Faqatgina odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmoği kunlik auditoriyasining 20 foizini özbekistonlik foydalanuvçilar taşkil etar ekan. "Oila davrasida” gazetasining ötgan haftadagi sonida yoritilgan, mana şu sayt zarafşonlik bir insonning ölimiga sabab bölganligi haqidagi xabarni öqigan odamning könglidagi xavotiri battar oşişi, mazkur sayt kunlik auditoriyasining 20 foizini egallayotgan yurtdoşlarimizning hayotiga ham öz salbiy taʼsirini ötkazmasmikan? – degan öy qalbida örnaşib olişi şubhasiz.

Ha, bugungi globallaşuv jarayoni, axborot-telekommunikatsiya texnologiyalarining tezkor taraqqiyoti hayotimizda özining ham ijobiy, ham salbiy qirralari bilan namoyon bölmoqda.

Ana şunday murakkab vaziyatda yoş avlod qalbida bularni yetarliça tahlil qila oliş qobiliyatini şakllantiriş, ularni asrlar sinovidan ötgan, boy maʼnaviy merosimiz, xalqimizning özigagina xos bölgan milliy urf-odatlari, anʼanalari, qadriyatlari asosida tarbiyalaş, intellektual salohiyati yuksak, qobiliyatli va ilm olişga, örganişga iştiyoqi baland, bu borada maʼlum yutuqlarga erişgan yoşlarni ularga namuna qilib körsatiş, ulardan örnak olişga undaş orqali yoşlarimizni faol va intiluvçan qilib tarbiyalaş muhim ahamiyat kasb etadi.

"Mening oilam” gazetasi ijodkorlari va "Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi tuman Kengaşi hamkorlikda globallaşuv jarayonida yoşlarni yot ğoyalardan asraş, ularni jismoniy, maʼnaviy jihatdan soğlom, çuqur bilimli va zamonaviy bilimlar egasi qilib tarbiyalaşga hissa qöşiş maqsadida qator tadbirlar ötkazmoqda.

Şu yilning 4 iyunida tuman hokimligida tumanimizda faoliyat körsatayotgan örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari va Amudaryo akademik litseyi faol öquvçilari iştirokida ötkazilgan "Biz yoşlar "ommaviy madaniyat” va mafkuraviy tahdidlarga qarşimiz” nomli davra suhbati ham ana şu maqsadga qaratildi.

Davra suhbatiga öquvçi-yoşlardan taşqari Özbekiston "Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan tuman Kengaşi deputatlari Adilboy Yusupov, Ravşan Xolmurodov va partiya faoli Rustam Rajabov, "Yusuf Eşon bobo” jomeʼ masjidi imom xatibi A.Matsapoyevlar iştirok etdilar.

Davra suhbatida yoşlar bildirgan fikr-mulohazalar ular qalbida har qanday mafkuraviy tahdidlarga, "ommaviy madaniyat” aqidalariga qarşi mustahkam va sobit maʼnaviy immunitet şakllanayotganini körsatdi. Ayniqsa, Amudaryo akademik litseyi öquvçisi Sevara Ibrohimova, Amudaryo xizmat körsatiş va servis kasb-hunar kolleji öquvçisi Husan Yöldoşev, Iqtisodiyot kolleji öquvçilari Aziza Madrahimova, Oltinoy Örinboyevalarning bu boradagi tuşunçalari teran ekanligi namoyon böldi.

Davra suhbatida "Yusuf Eşon bobo” jomeʼ masjidi imom xatibi A.Matsapoyev, tuman kengaşi deputatlari A.Yusupov, R.Xolmurodovlar mavzu doirasidagi mulohazalarini bildirib, öquvçi-yoşlarning bu boradagi bilimlarini yanada boyitdilar.

"Biz har qanday mafkuraviy tahdidlarga qarşimiz. Bizning öz tanlagan yölimiz bor: bu - avvalo ilm, kasb-hunar sirlarini mukammal egallab, bizni közi qoraçiğida asrab-avaylab ulğaytirgan, öqitib kamolga yetkazgan ota-onamizga, Vatanimizga xizmat qiliş!”

Davra suhbati iştirokçilari bölgan yoşlarning bu iqrori bizni juda sevintirdi, Vatanimiz koriga yaraydigan barkamol avlod kamolga yetayotganidan qalblarimiz iftixorga töldi.

Oygul RAJABOVA, Mahmudjon ŞOMURODOV, "Mening oilam” gazetasi maxsus muxbirlari.

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026