Ğallaga yonğin xavf solmasin
Respublikamizda ğalla örim-yiğimi mavsumi boşlandi. Uşbu mavsum xöjaliklar rahbarlaridan tortib oddiy dehqonning ham zimmasiga katta masʼuliyat yuklaydi. Hosilni uyuşqoqlik bilan yiğiştirib oliş, saqlaş, yöl harakati va yonğin xavfsizligini taʼminlaş muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, mavsumda qatnaşadigan kombayn, yordamçi texnikalar yonğin xavfsizligi xodimlari tomonidan körikdan ötkazilib, kamçiliklari bartaraf etilgaç, dalaga olib çiqiladi. Ğallani qabul qiliş, quritiş va qayta işlaş korxonalarida işlayotgan mutaxassislar mavsum davomida texnikalar sozligi, ğalla mahsulotlari saqlanişi, işçilarning yonğin xavfsizligi qoidalariga rioya etişini qatʼiy nazorat ostiga olişlari zarur.
Ğallazorlarda yonğin sodir bölişining oldini olişda har bir fuqaro masʼul ekanligini unutmasligimiz kerak. Çunki ğalla maydonlariga yaqin joydan ötayotgan avtomobilda borayotgan baʼzi fuqarolar sigareta qoldiğini öçirmasdan taşlab yuborişadi. Buning oldini oliş uçun temir yöllar, katta yöl va dala yöllariga yaqin joylardagi ğalla maydoni çetidan 8 metr yer şudgorlanadi. Ğallazorlar orqali ötadigan dala yöllari ğalla örib olungunça yopib qöyilişi maqsadga muvofiqdir. Bundan taşqari:
- bevosita ğalla maydonlarining özida harakatlanayotgan texnikalar, transport vositalaridan çiqqan uçqun tufayli yonğin kelib çiqişi ehtimoldan xoli emas. Şu sababli, mavsumga jalb etilgan barça texnikalar (kombayn, traktor, avtomobil va boşqalar) uçqun öçirgiçlarining sozligi tekşirib körilgandan keyingina dalaga kirişga ruxsat beriladi va mavsum davomida ularning sozligi nazorat qilib boriladi;
- köpinça yoş bolalar olov yoki gugurt öynaşi natijasida yonğin kelib çiqadi. Şunday ekan, ularning ğallazor atrofida mol boqişi, öynaşi va dalaga kirişiga yöl qöymaslik, fuqarolar ğallasi örib olingan maydonlarga ikkinçi ekin ekiş maqsadida dalani somondan tozalaş uçun öt qöyib yubormasliklari zarur. Yuzaga kelgan alanga köşni dalalardagi ğallasi örib olinmagan maydonlarga ham xavf soladi. Şuning uçun ğalladan böşagan maydonlarda somon yoqiş taqiqlanadi. Maydonlarni tozalaş faqat şudgorlaş orqali amalga oşrilişi va buni joylardagi mutasaddi rahbarlar nazorat qilib borişlari talab etiladi;
- örim-yiğim paytida kombaynning aylanma mexanizimlariqizib ketişi, ularga somon öralib qolişi ham yonğinga sabab böladi. Kombayn haydovçilari öz texnikalari holatini nazorat qilib borişlari, vaqti-vaqti bilan töxtatib, öralib qolgan xas-xaşaklardan tozalab turişlari, har bir texnika birlamçi yonğin öçiriş vositalari bilan taʼminlanişi şart.
Yozning jazirama kunlarida qovjiragan xas-xaşaklar, xususan, somon tez alangalanadi. Hatto kombayn öroqlarining biror toş yoki metall qismiga tegib ketişidan ham uçqun çiqib, yonğin sodir bölişiga olib keladi. Bunday holatning oldini oliş uçun mavsum boşlanişidan oldin kombaynning özida ikkita yonğin öçirgiç, törtta belkurak, oltita supurgi, 2x2 metr hajmli kigiz yoki brezent, 40-100 litr siğimdagi suv idiş, ikkita çelak bölişi kerak. Örilayotgan ğallazor çetida esa omoçli haydov traktori şay turişi zarur.
Don saqlaş omborlari va xirmonlarida yonğin xavfi asosan elektr tarmoğining nosozligi, ğalla yuklaş-tuşiriş kiçik mexanizmini işlatiş, xirmon hududida sigareta çekiş va oçiq olovdan foydalaniş oqibatida kelib çiqadi. Buni inobatga olib, xirmon hududidagi yonğinga qarşi qalqonlarning har birida birlamçi yonğin öçiriş vositalaridan kamida ikkita belkurak, metall ilgak, bolta va qumli quti örin olişi lozim.
Qadrli yurtdoşlar! Ğalla – rizq-rözimiz, hayotimiz farovonligini taʼminlovçi aziz neʼmat. Şunday ekan, ğalla örim-yiğimi davrida tilsiz yov – yonğinga qarşi kuraşiş barçamizning burçimizdir.
Azizbek Yusupov,
tuman Içki işlar bölimining yonğin xavfsizligi bölinmasi katta inspektori, serjant.
(Foto http://daryo.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶