El xizmatidagi inson
Tumanimizda el xizmati uçun jonini fido qilişga şay insonlar juda köp. Şaxsan men şunday insonlardan biri Saʼdulla aka Davlatboyev deb bilaman.
Saʼdulla Davlatboyev 1948-yilda Qipçoq ovulida dehqon oilasida tuğildi. Otasi Davlatboy Ollaniyozov el-yurtning har bir işiga boşçilik qilib, hurmatli oqsoqol sifatida "Köka” nomi bilan maşhur edi. Onasi Qurbongul mehnatkaş, ilğor pillakor sifatida elga tanildi.
Saʼdulla Davlatboyev 1967-yilda Nukus qişloq xöjaligi texnikumining mexanizatsiya bölimini muvaffaqiyatli tamomlab, tumandagi "Uz selxoztexnika” korxonasida slesar bölib iş boşladi. U korxonada turli vazifalarda işlab, mehnatsevarligi bilan barçaning hurmatini qozondi.
1985-yilda şu korxonaning rahbari etib tayinlandi. 1987-yilda Toşkent xalq xöjaligi instituti Planlaştiriş fakultetini sirtdan bitirdi. Tajribali mutaxassisni tuman rahbariyati 1995-yilda sobiq Qipçoq şirkat xöjaligiga rais etib tayinlaşdi. U 1997-yilda tuman işlab çiqariş va taʼminot korxonasi direktori, 2003-yildan boşlab Berdaq fermerlar uyuşmasining raisi lavozimlarida işladi. 2004-yildan Qipçoq örmon xöjaligi direktori lavozimida işlab, nafaqaga çiqdi.
Mehnatkaş inson qayerda bölmasin, özidan yaxşi nom qoldirişi barçaga ayon. U "Uzselxoz-texnika” korxonasiga rahbarlik qilgan davrda qişloqda obodonlaştiriş işlari rivojlandi. Qipçoq ovuli gazlaştirildi, yordamçi xöjaliklar, yangi tsexlar barpo etildi.
U rahbarlik qilgan davrda Qipçoq şirkat xöjaligida körkam mevali boğ barpo etildi, Berdaq fermerlar uyuşmasida uyuşma maʼmuriy binosi, biolaboratoriya, bolalar boğçasi qayta taʼmirlanib, işga tuşirildi. Qipçoq örmon xöjaligida esa boğ, tutzorlar bunyod etildi.
Saʼdulla Davlatboyev bir neça bor xalq deputatlarituman Kengaşining deputati etib saylandi. Yuqori taşkilotlar tomonidan "Faxriy yorliq”lar bilan mukofotlandi.
Tumanda köplab yuqori lavozimlarda işlagan va işlab kelayotgan Maqsud Toirov (marhum) Örozboy Safarboyev, Bozorboy Otajonov, Jangaboy Eşmurodov, Soatboy Xidirboyevlar Saʼdulla akaning eng yaqin şogirdlari hisoblanişadi.
Bugungi kunda Saʼdulla aka 8 nafar farzandning otasi, 17 nevara, 4 çevaraning suyukli bobosi.
Dehqon farzandi emasmi, nafaqada bölişiga qaramay, boğ yaratişdan, sabzavot-poliz ekinlarini ekib, tarbiyalaşdan çarçamaydi. Farzandlari ham ota izidan borib, mehnatkaş bölib voyaga yetişdi. Saʼdulla aka yaqinda yana bir xayrli işga qöl urdi. Qişloq markazida yaxşi niyat bilan "Davlatboyev Faxriddin” nomli aholiga savdo va maişiy xizmat körsatiş şoxobçasi qurilişini boşladi. Şoxobça orqali aholiga oşxona, mini market, tikuv tsexi, yoşlar saloni, foto salon, poyafzal taʼmirlaş xizmatlari körsatiladi. Şu orqali Saʼdulla aka qişloq yoşlarini yangi iş örinlari bilan taʼminlaşni maqsad qilib qöygan.
Ha, Saʼdulla Davlatboyev ana şunday fidoyi odam!

Örozali REYIMOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶