21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 14:18
Jamiyat 👁 623

Ichimlik suvi taʼminotidagi ishlar holati oʻrganildi

Ichimlik suvi taʼminotidagi ishlar holati oʻrganildi

Maʼlumki, har qanday jamiyatning farovonligi va iqtisodiy barqarorligi eng avvalo, uning kommunal infratuzilmasi qanchalik mustahkam ekanligi bilan oʻlchanadi. Ayniqsa, tabiat injiqliklari kuzatiladigan kuz va qish mavsumida aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obʼektlari va iqtisodiyot tarmoqlarining uzluksiz ishlashini taʼminlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi hisoblanadi. Bu borada Xoʻjayli tumanida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar aholining hayot sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Joriy yilda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari har yilgidan-da jiddiy va kompleks yondashuv asosida tashkil etildi. Buning huquqiy asosi sifatida 2025-yil 2-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Iqtisodiyot tarmoqlarini, ijtimoiy va energetika obʼektlari va koʻp kvartirali uy-joy fondidan 2025/2026-yillar kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 453-sonli qarorini keltirish mumkin. Mazkur strategik hujjat nafaqat muammolarni bartaraf etish, balki tizimni modernizatsiya qilish boʻyicha aniq yoʻl xaritasini belgilab berdi.

Ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻylab keng koʻlamli qurilish-taʼmirlash ishlari boshlab yuborilgan. Xususan, respublika miqyosida jami 45,2 km ichimlik suvi tarmoqlarini yangilash hamda 95 ta nasos agregatlarini texnik sozlash vazifasi qoʻyilgan. Bu borada Xoʻjayli tumanida belgilangan rejalar ham salmoqlidir. Tumanda aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash sifatini oshirish maqsadida 250 metr uzunlikdagi eskirgan suv quvurlari toʻliq almashtirilib, mukammal taʼmirlandi. Bundan tashqari, 3,5 km uzunlikdagi tarmoqlarda joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Suv taʼminotida asosiy yuklamani koʻtaradigan qurilmalar — bu nasos agregatlaridir. Tumanda 2 ta yirik nasos agregatini mukammal taʼmirlash va 4 tasini mavsumiy sozlash ishlari rejalashtirilgan boʻlib, bu tizimdagi bosimning barqarorligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Mazkur vazifalarning ijrosini nazorat qilish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspektsiyasi hamda “Qoraqalpoq suv taʼminoti” aktsiadorlik jamiyati tuman filiali mutaxassislari hamkorligida “Xoʻjayli” suv olish inshootida maxsus monitoring oʻtkazildi. Oʻrganishlar davomida aniqlandiki, tuman hududida 250 metrlik tarmoqning mukammal taʼmirlanishi natijasida mahallalardagi suv bosimi meʼyoriga kelgan va aholining suv taʼminotidagi uzilishlar sezilarli darajada qisqargan.

Inspektsiya xodimlari nafaqat qurilish sifatini, balki suvning sanitariya-gigiyena talablariga javob berishini ham chuqur tahlil qildilar. Ichimlik suvi — strategik resurs. Shu bois, tarmoqlarda suvning ifloslanishiga yoʻl qoʻymaslik, xlorlash va zararsizlantirish jarayonlarining standartlarga mosligi qatʼiy nazoratga olindi. Shuningdek, mutaxassislar obʼektda energiya tejamkor texnologiyalarning qoʻllanilishiga alohida eʼtibor qaratishdi. Zamonaviy nasoslarning oʻrnatilishi elektr energiyasi sarfini kamaytirish bilan birga, ekologik barqarorlikka ham hissa qoʻshadi.

Taʼkidlash joizki, toza ichimlik suvi — millat genofondi va aholi salomatligining garovidir. Sifatli suv taʼminoti turli yuqumli kasalliklarning oldini olishda eng samarali vosita hisoblanadi. Ayniqsa, oʻsib kelayotgan yosh avlodning jismonan sogʻlom rivojlanishida uning oʻrni beqiyos. Bundan tashqari, xonadonda suvning uzluksiz kelishi oilalarning maishiy turmush madaniyatini yuksaltiradi, ayollarning ogʻirini yengil qiladi.

Xulosa oʻrnida aytganda, Xoʻjayli tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilayotgan bunday xayrli ishlar "Inson qadri uchun" tamoyilining amaldagi yorqin ifodasidir. Ichimlik suvi tizimining barqaror ishlashi qishning sovuq kunlarida aholiga xotirjamlik va farovonlik bagʻishlashi shubhasiz.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026