INTERNETDAN FOYDALANIŞ ODOBLARI
Bugungi kunda internet hayotimizning ajralmas bölagiga aylandi. Internetning osonligi, arzonligi va tezligi barça sohalar rivojiga hissa qöşmoqda.
Ammo şu bilan birga, internetga boğliq muammolar, yaʼni internetning foydalari muqobilida zararlari ham köpayib bormoqda. Xususan, aqidaga putur yetkazuvçi, fohişabozlik va behayolikni tarğib qiluvçi, axloqsizlikni tarqatuvçi va şunga öxşaş inson zotiga isnod keltiruvçi işlarni tarğib qiladigan saytlar allaqaçon köplarni öziga "maftun” qilib oldi. Eng yomoni, baʼzi odamlar internet orqali bir-biriga tuhmat qilmoqda, haqoratlab, sökişmoqda, bir-birini şarmanda qilmoqda va hokazo. Aynan internet orqali nafaqat axloqiy buzuqliklar, balki siyosiy, ijtimoiy, moliyaviy, ilmiy va boşqa köpgina sohalarda ham jinoyatlar sodir etilayotir.
Demak, internet ikki taraflama – ham yaxşilikka, ham yomonlikka xizmat qilişi mumkin narsaga aylandi. Biz yoşlarning vazifamiz uni yaxşilikka xizmat qildirib, yomonlikka boşlamaslik çoralarini köriş, uning zararlaridan çetlanişga harakat qilişdir. Buning uçun esa internetdan foydalaniş odoblarini yaxşi bilmoğimiz kerak.
Avvalo şuni taʼkidlaş joizki, internetdan foydalanmoqçi bölgan odam niyatni yaxşi qilgan bölişi kerak. Yaʼni, inson faqat yaxşilikni, ruxsat berilgan narsalarga muvofiq iş qilişni niyat qilişi lozimdir. Ana şundagina bu işidan foyda topadi, köz-lagan maqsadiga erişadi. Internetdan olgan foydasiga qöşimça ravişda ilmiga amal qilgani uçun savob ham oladi. Agar ilmiga amal qilmay, niyatini yaxşilasa-yu, internetdan faqat yaxşilik yölida foydalansa, öşa olgan foydasi qoladi, ammo savob olmaydi. Çunki bu işiga ilmi asosida yaxşi niyatni aralaştirmadi. Musulmon kişi bir yaxşilikni niyat bilan qilsa, bir savob oladi, öşa niyatiga amal qilganida esa, savobi ön marta köpayadi.
Internetga kirişdan oldin vaqtni zoye qilmaslik uçun umrning qadrini esga oliş, uning har lahzasi hisobli ekanini,vaqtni bekorga isrof qilsa, keyinçalik afsus-nadomatda bölişini unutmaslik zarur.
Internetga kirişdan oldin iş rejasini yaxşilab tuzib oliş ham odoblardan biridir. Şuning uçun maqsad va közlangan foyda aniq bölsin. Kerakli narsalar va maʼlumotlarni oldindan aniqlab oliş zarur. Ötirib olib, "nima qilsam ekan”, degan xayollarni suriş vaqtning zavolidir.
Internetda işlaşni "Bismillahir rohmanir rohiym”kalomi bilan boşlaş kerak. Musulmon kişining har bir işni boşlaganda albatta "Bismillahir rohmanir rohiym” deyişi kerakligi köplab hadislarda taʼkidlangan. Internetda köriladigan, öqiladigan va eşitiladigan narsalarning barçasi taqiqlanmagan, ruxsat berilgan narsalar bölişi şart. Zotan, insonning hamma yerda, barça zamonlarda va barça vaziyatlarda gap-sözlari-yu, iş va faoliyati töğri bölişi qatʼiy talab etiladi. Çunki, uni odamlar körmasa ham, Alloh taolo körib turganini esdan çiqarmay, muntazam his etib turiş zarur. Alloh taolo bilmaydigan heç narsa yöq.
Sayt egalarining maʼnaviy-maʼrifiy huquqlariga töla rioya qilişhar bir insonning burçidir. Bunga pul tölab kiriş lozim bölgan saytlarga haq tölamasdan, öğrinça kiriş, köçirib olişga ruxsat berilmagan narsalarni köçirib oliş, köçirib olinganda manba körsatilişi lozim bölganida, körsatmaslik kabi işlar kiradi. Bu kabi işlarning barçasi gunohdir. Çunki bu birovning maʼrifiy-maʼnaviy mulkini talon-taroj qiliş hisoblanadi. Işxona yoki boşqa biror şaxsning internet tarmoğidan ruxsatsiz foydalaniş mumkin emas. Baʼzi kişilar işxonaning internetidan öz şaxsiy manfaatlari uçun foydalanişni özlariga ep körişadi. Bunda ikki taraflama mulohaza qilinadigan iş sodir böladi. Bir tarafdan – işxonaning internetga tölaydigan mablaği şaxsiy manfaat uçun sarflanadi. Ikkinçi tarafdan – işxonaning işini bajariş örniga iş vaqtida öz manfaatini közlab, masʼuliyatdan qoçiş yuz beradi.
Bolalarning internet va kompyuterdan foydalanişini oqilona va eʼtibor bilan yölga qöyiş kerak. Avvalo, bola ota-onasi va kattalarning ruxsatisiz internet va kompyuterdan foydalanmasin. Bolalarni bunday paytlarda qarovsiz qoldirmaslik, nazardan qoçirmaslik lozim. Ular foydalanadigan jihozlar hammaning köz öngida turadigan bölsin. Yöqsa, közni şamğalat qilib, istalmagan, buzuq yoki befoyda narsalarga özlarini urişlari mumkin. Bolalarning vaqti zoye bölmasligi haqida qayğuriş har bir ota-ona va tarbiyaçining vazifasidir.
Internetda çat, forum, ijtimoiy tarmoqlar kabi özaro aloqa vositalaridan foydalanişda şariat ruxsat bergan narsalarga amal qilib, man qilgan narsalardan çetda böliş zarur. Bu qoida musulmon insonning barça qiladigan işlariga ham tatbiq qilinadi. Baʼzi kişilar internetdagi muomalalarga yengil-yelpi qaraşadi, bu esa mutlaqo notöğridir. Internet orqali özgalar bilan aloqa qilişda yaxşilik va taqvoda hamkorlik qilgan holda yomonlik va duşmanlikda hamkorlik qilmaslikni şior qilib olinişi zarur. Zotan, musulmon inson hayotining barça sohalarida uşbu şiorga doimo amal qilib yaşaşga intiladi. Alloh taolo Qurʼoni karimda marhamat qiladi: "Yaxşilik va taqvo yölida hamkorlik qiling. Gunoh va duşmanlik yölida hamkorlik qilmang” (Moida surasi, 2-oyat).
Internet orqali özgalar bilan aloqa boğlaşda yolğon işlatmaslik, soxtakorlik ila uydirma xabarlar, suratlar va videolavhalar tarqatmaslik talab etiladi. Şuni unutmaslik kerakki, virtual suhbatda ham xuddi köz-közga tuşib turgandek, özini odob va axloq qoidalari doirasida tutiş lozim.
Şerzod Örozboyev, Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy nomidagi örta maxsus islom bilim yurti talabasi.
(Foto - http://zaryasurxana.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶